Xalqaro birliklar tizimi - SI ning asosiy birliklari - Umumiy jadval

26.05.2013 13:56 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - SI ning asosiy birliklari
Chop etish
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Butun dunyoda ilm-fan, texnika va ta'lim yo'nalishlarida, mahsulot va hizmatlarning parametrlarini ifodalash uchun qabul qilinga Xalqaro Birliklar Tizimi - SI (System Internationale) o'z ichiga quyidagi jadvalda keltirilgan 7 asosiy birlikni qamrab oladi. SI bo'yicha qabul qilingan amaldagi boshqa barcha birliklardan keltirib chiqariladigan ushbu 7 birliklarning hosilaviy birliklardir. Jadvalda birliklarning ifodaviy belgilanishi, xalqaro qabul qilingan ta'rifi, va qabul qilingan sanasi keltirilgan.

 

 

B I R L I K L A R

Qabul qilingan vaqti

Kattalik Nomi

Birlik nomi

Belgilanishi

Ta'rifi

O‘zbekcha

Xalqaro

A S O S I Y   B I R L I K L A R

1

Uzunlik

Metr

m

m

Metr - c yorug‘likning vakuumda tarqalishining 1/299792458 soniya vaqt oralig‘ida bosib o‘tgan masofa qismiga teng

1983-yil, O‘TXQ ning XVII bosh konferensiyasi.

2

Massa

Kilogram

kg

kg

Kilogram - Kilogramm bu – atom soatidagi seziy-133 atomlari bilan bir xil chastotada ossilyatsiyalanuvchi 1,4755214∙10⁴⁰ dona fotonlarning energiyasiga teng.

2018-yil, O‘TXQ ning XXVI-konferensiyasi.

3

Vaqt

Soniya (sekund)

s

s

Soniya - Seziy 133 atomi asosiy holatining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir biriga o‘tishiga muofiq keladigan nurlanishning 9192631770 davriga teng

1967-yil, O‘TXQ ning XIII-konferensiyasi.

4

Tok kuchi

Amper

A

A

Amper - vakuumda bir biridan 1 metr masofada joylashgan ikkita parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har bir 1 metr uzunligida 2·10-7 Nyuton o‘zaro ta'sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchidir.

1946-yil, O‘TXQ ning IX-konferensiyasi.

5

Termodinamik

harorat

Kelvin

K

K

Kelvin - suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.

1967-yil, O‘TXQ ning XIII-konferensiyasi.

6

Modda miqdori

Mol

mol

mol

Mol - massasi 0.0012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, o‘z tarkibida shuncha struktur element tutgan sistemaning modda miqdoridir.

Molni tadbiq etishda struktur elementlarni o‘ziga xoslashtirish kerak. Bu o‘ziga xoslashtirish atom, molekula, ion, elektron va shunga o‘xshash zarrachalar yoki, zarrachalar guruhi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.

1971-yil, O‘TXQ ning XIV-konferensiyasi.

7

Yorug‘lik kuchi

Kandela

kd

cd

Kandela - berilgan yo‘nalishda chastotasi 540·1012 gerts bo‘lgan monoxromatik nurlanish taratuvchi manbaning yorug‘lik kuchiga teng, bu nurlanishning energetik yorug‘lik kuchi shu yo‘nalishda 1/683 Vt/sr ni tashkil etadi

1979-yil, O‘TXQ ning XVI-konferensiyasi.

 


O‘TXQ - O‘lchov va tarozilar xalqaro qo‘mitasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 10.02.2020 14:20