Albert Eynshteyndan iqtiboslar

07.06.2015 04:37 Muzaffar Qosimov Olimlar - Horijiy olimlar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 30
Juda yomon!A'lo! 

Albert Eynshteyndan iqtiboslar

Albert Eynshteyn o‘zining teran, chuqur ma'noli iqtiboslari bilan nafaqat ilm-fan, balki umuman jahon ijtimoiy-madaniy tarixda ham o‘ziga xos yorqin iz qoldirgan. Unga tegishli qanotli iboralar ba'zan kishini o‘ylashga, fikrlashga majbur qilisa, boshqa safar quvnoqlik, xushnudlik bag‘ishlaydi. Quyida jahon fiziklarning dohiysi tilidan saralangan eng mashhur va ma'nodor iqtoboslarni havola etamiz.

Agar hayotda baxtli yashab o‘tishni istasang, uni muayyan odamlar yoki buyumlarga emas, biror ulkan maqsad sari bag‘ishla.

* * *

Men ikkita jahon urushi boshdan kechirganim va ikki marta uylanganimni e'tiborga olsak, hozirda yomon yashayotganim yo‘q...

* * *

Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.


* * *

Agar omadni A bilan belgilasak, uning formulasi quyidagicha bo‘ladi: A=x+y+z. Bunda x -mehnat, y - hordiq, z - tilni tiya bilish.

* * *

Agar uch soatdan keyin o‘lishimni bilganimda, men ushbu uch soatni ham eng foydali deb hisoblagan ishga sarflashni o‘ylagan bo‘lardim.

* * *

Inson hayotining asl qadri - uning boshqalar hayotini yanada go‘zal va farovon qilishga qanchalik darajada yordam bera olayotgani bilan ma'no kasb etadi. Hayot - muqaddasdir; ta'bir joiz bo‘lsa, hayot - boshqa barcha narsa bo‘ysunadigan eng oliy qadriyatdir.

Hayotda omadga erishish uchun intilma. Hayoting mazmunli bo‘lishi uchun intil.

* * *

Inson faqat jamiyat bilan uzviylikdagina hayot mazmunini anglashi mumkin.

* * *

Odam faqat o‘zini yengib o‘tgandan keyingina haqiqiy ma'noda yashay boshlaydi.

* * *

Insonga biror nima o‘rgatishning eng maqbul usuli - unga shaxsan o‘rnak ko‘rsatishdir.

* * *

Uzoq umrli hayotim davomida shunga amin bo‘ldimki, biz egallagan bilimlarimiz - haqiqiy ilm oldida juda jo‘n va bolalarcha sodda ekan. Shunga qaramay, u biz ega bo‘lgan eng nodir xazinamizdir.

* * *

Maktab ta'limining asosiy maqsadi - mutaxassis tatyorlash emas, balki, ma'nan barkamol shaxs tarbiyalash bo‘lmog‘i kerak.

* * *

Ilmni faqat amaliyot uchun xizmat qilishga bo‘ysundirilsa, u turg‘unlikka yuz tutadi.

* * *

Ilmni juda yaxshi mashg‘ulot. Faqat u orqali tirikchilik qilishni istamasangiz shunday...

* * *

Matematika - burnidan narini ko‘ra boshlash uchun eng yaxshi usul.

* * *

Diniy e'tiqodsiz lm-fan - cho‘loq, ilm-fansiz din esa - so‘qir.

* * *

Bilimning o‘zida ko‘ra, tafakkur qila olish muhimroqdir.
Bilim cheklangan, tafakkur esa butun olamni qamray oladi.

* * *

Aksariyat o‘qituvchilar savolni shunday qo‘yishadiki, u o‘quvchining bilimsizligini fosh etishga qaratilgan bo‘ladi. Asl ustoz esa, savolni o‘quvchining nimani bilmayotgani va uning uquvi nimalarni bilishga yetishini aniqlashga qaratadi.

* * *

Ta'lim bu - maktabda o‘tilganlarni yoddan chiqarganingdan keyin miyangda qoladigan narsadir.

* * *

Ilmiy kashfiyotlar jarayoni bu - mohiyatan mo‘jizalarni ochishdir.

Olamda faqat koinot va odam axmoqligi cheksizdir. Lekin, koinot borasida ishonchim to‘liq komil emas.

* * *

Agar nisbiylik nazariyasi isbotlansa, Germaniyada meni olmon deb e'lon qilishadi, faranglar esa meni bashariyat farzandi deb ta'riflashadi; lekin, mabodo mening nazariyam noto‘g‘ri bo‘lib chiqsa, unda nemislar meni - yahudiy, faranglar esa nemis deb atashadi.

* * *

Meni boshi berk ko‘chaga olib kiradigan savol: men jinnimanmi yoki boshqa hamma jinniyu, men sog‘manmi?

* * *

Hammasi juda oddiy. Odamlar nimanidir imkonsiz deb hisoblaydilar. Lekin bir dovyurak odam chiqadi-da, bunga ko‘nmyadi...

* * *

Bolaligimda men oyoq panjasining bosh barmog‘i ertami, kechmi baribir paypoqni yirtib qo‘yishini bildim. Keyin paypoq kiymay qo‘ydim.

* * *

Hamma bolalikdanoq nimaningdir umuman imkonsizligini bilib katta bo‘ladi. Lekin buni bilmaydigan biror odam har doim topiladi. Aynan o‘sha odam kashfiyot qiladi.

* * *

Bizni yaxshi amallarni bajarishga undaydigan eng yaxshi narsa - ma'nan pok bo‘lgan buyuk shaxlarning hayotidan o‘rnak olishdir.

* * *

Sog‘lom fikr - o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha egallangan tushunchalarning yig‘indisidir.

* * *

Faqat adolatparvarlik va ma'suliyat hissining o‘zi bilan biror nimaga erishib bo‘lmaydi. Qadr topish uchun, odamlarga nisbatan samimiyat, hamda mehr va voqe'likka nisbatan real qaray olish ham zarur.

* * *

Odamning asl qadr-qimmati, uning o‘z manfaatparastligidan qanchalik darajada holi bo‘lgani va bunga qanday erishgani bilan aniqlanadi.

* * *

Mening hayot yo‘llarimni yoritgan va menga jur'at bag‘ishlagan ideallar - samimiyat, haqiqat va go‘zallik bo‘lgan.

* * *

Bilimsizlik juda xavfli narsa. Shu jumladan haddan ziyod ko‘p bilish ham...

* * *

Insoniyatning haqiqiy taraqqiyoti, uning ixtirochilik darajasiga emas, balki onglilik ko‘rsatkichiga bog‘liqdir.

* * *

Millatchilik bu - bolalar kasalligi. U butun bashariyat uchun qizamiq misolidir.

* * *

Haqiqat nimadaligini anglash oson emas. Lekin odatda yolg‘on juda tez ilg‘anadi.

* * *

Yerda hayotning saqlanib qolishi imkoniyatlarini oshirish va inson salomatligiga foyda keltirish borasida hech nima vegetarianlik singari bo‘lmolmaydi.

* * *

Yaxshi xulq - barcha insoniy qadriyatlarning poydevoridir.

* * *

Xudoning huzurida biz hammamiz teng darajada aqllimiz. Aniqrog‘i teng darajada noqismiz..

* * *

Tartib tentaklar uchun kerak. Daho esa betartiblik ustidan ham hukmronlik qila oladi.

* * *

Zamonaviy dunyodagi inson erkinligi huddi krossvord yechayotgan kishini eslatadi: krossvord yechayotgan shaxs, nazariy jihatdan kataklarga mos keluvchi istalgan so‘zni yozishi mumkin. Lekin u to‘g‘ri yechish uchun faqat bitta, to‘g‘ri so‘zni topishi kerak.

* * *

Doim bir narsani takrorlab, lekin har safar turlicha natija kutish eng katta ahmoqgarchilikdir.

* * *

Texnika taraqqiyoti - patalogik bemor qo‘lidagi bolta kabidir.

* * *

o‘z xatosini payqagan olim mimoza kabidir, boshqa olim xatosini bilib qolgan olim sher kabi na'ra tortadi.

* * *

Men qanchalik ko‘p gapirsam, aqlim shunchalik o‘tmaslashib boradi. Umumiy qoidalar ham shunday.

* * *

Baliq o‘zi butun hayoti davomida suzib yurgan suv haqida nima ham bila olardi?

* * *

Kishining axloqi - ma'rifatga va ijtimoiy munosabatlaga suyanishi kerak.

* * *

Bu juda oddiy mening qadrdonlarim. Chunki siyosat fizikadan ko‘ra murakkabroqdir.

* * *

Hayot bu huddi velosiped haydashdek gap. Yiqilib ketmaslik uchun sen doim harakatda bo‘lishing kerak.

* * *

o‘z chegaralarini bir marta kengaytirgan tafakkur, bu chegaralarga boshqa hech qachon qaytmaydi.

* * *

Faqat tuban axloqli kishilargina doim kuch bilan ish tutadilar.

* * *

o‘z chegaralarini bir marta kengaytirgan ong, bu chegaralarga boshqa hech qachon qaytmaydi.

* * *

Yaxshi g‘oyalar odam miyasiga faqat yoshlik chog‘ida keladi. Keyin esa odam tajribaliroq, mashhurroq va anqovroq bo‘lib boradi.

* * *

Yolg‘onga uchmaydigan odam - haqiqiy baxt nimaligini bilmaydigan odamdir.

* * *

Qo‘zi podaning eng yaxshi a'zosi bo‘lishi uchun, birinchi navbatda u eng avvalo qo‘zi bo‘lishi kerak.

* * *

Savol berishdan to‘xtamaslik juda muhim narsa. Qiziquvchanlik odamga bejiz berilgan sifat emas.

* * *

Pastkash usullarni qo‘llab yetishiladiga hech qanday maqsad byuk maqsad bo‘lolmaydi.

* * *

o‘yin qoidalarini yaxshi o‘rganish kerak. Shundagina siz hammadan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaydigan bo‘lasiz.

* * *

o‘tmishdan ibrat oling, bugun bilan yashang va kelajakka umid qiling. Eng asosiysi esa, savollarga javob izlashdan to‘xtamaslikdir. Qiziquvchanlik ne'matini yo‘qotmang...

* * *

Imkon qadar sodda va oson bo‘ladigan qilish keark. Lekin undan nari emas.

* * *

Hech qachon adashmagan odam, hech qachon yangilikka urinib ko‘rmagan odamdir.

* * *

Xalqaro me'yorlar faqat xalqaro me'yorlar to‘plamida mavjuddir.

* * *

Sog‘lom fikr - o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha egallangan tushunchalarning yig‘indisidir.

* * *

Yadro qurolining yaratilishi bizga yangi muammolarni taqdim etdi. U bizdagi avvaldan mavjud ixtiloflardan tezroq murosaga kelishni talab qilmoqda.

* * *

Agar men nemislar atom bombasini yasashga ulgurmasliklarini bilganimda, men bomba haqida boshqa hech kimga ham aytmagan bo‘lardim.

* * *

Platon zamonasida, hatto Jefferson davrida ham, demokratiya va axloqni, hamda ziyoli oqsuyaklarni uyg‘unlikda tasavvur qilsa bo‘lardi. Lekin hozirgi demokratiya boshqacharoq tamoyillarga suyanadi. Ya'ni, masalan mendan yaxshiroq bo‘lmagan narsalarga...

* * *

Harbiy sanoat bu - butun insoniyat uchun juda ulkan xatardir. U har yerda tarqalayotgan qora kuch - millatchilikning harakatlantiruvchi omilidir.

* * *

Harbiy marsh musiqasi ostida huzur bilan urushga ketayotgan odam qiyofasi allaqachon mening nafratimga uchrab bo‘lgan. Unga miya xatolik tufayli berilib qolgan. Uning uchun umrtqaning o‘zi kifoya qilardi. U butun tamaddun uchun nomus keltiradi va bunday oriyatdan qutilish kerak. Vatanparvarlik niqobiga o‘ralgan buyruqbozlik, ko‘r-ko‘rona qahramonlik ko‘rsatish, mazmunsiz g‘azab, manfur battollik - men bularning barchasidan qanchalik jirkanaman. Urush qanchalik tuban va razildir. Men bunday qabih ishlarga aralashgandan ko‘ra, bo‘laklarga bo‘linib ketishni afzal ko‘raman.

* * *

Atom yadrosi energiyasining erkinlikka chiqarilishi ko‘p narsani shubha ostiga olib qo‘ydi. Shu jumladan bizning turmush tarzimizni ham. Agar biz dunyoga yangicha nigoh bilan yondoshuvni boshlamasak, biz oxir-oqibatda, falokatga yo‘liqishimiz aniq.

* * *

Tinchlikka kuch bilan erishib bo‘lmaydi. Tinchlikka faqat o‘zaro bir-birini tushunish bilangina erishish mumkin.

* * *

Ba'zi mamlakatlarning hatto olimlari ham, o‘zlarini huddi bosh miyasi amputantlangan maxluqlardek tutmoqdalar.

* * *

Tinchlikka kuch bilan erishib bo‘lmaydi. Tinchlikka faqat o‘zaro bir-birini tushunish bilangina erishish mumkin.

* * *

Urush yutib chiqildi. Tinchlik emas...

* * *

Agar qizigan pechka ustiga otirib qolsang, bir daqiqa ham bir soatdek o‘tadi. Quchog‘ingda go‘zal jonon bir soat o‘tirsa ham, atiga bir daqiqa o‘tgandek bo‘ladi. (Eynshteynning o‘z nazariyasi haqida hazilomuz aytgan gapi).

* * *

Nisbiylik nazariyasi odamlarga ma'qul kelayotgani sababli, Germaniyada meni olmon olimi deyishmoqda. Angliyaliklar uchun esa men Shveytsariyalik yahudiyman. Agar mabodo men qoralansam munosabatlar o‘rin almashadi: Angliya uchun men ' nemis olimiga; Germaniya uchun esa - Shveytsariylik yahudiyga aylanaman.

* * *

Nisbiylik nazariyasi bu - Syurix poyezdga kelib to‘xtashidir. (Eynshteynning nisbiylik nazariyasi haqida hazilomuz aytgan gapi)

* * *

Eynshteyn va Charli Chaplinning yozishmalaridan:

- Sizning "Oltin vasvasasi" filmingiz butun dunyoga tushunarli bo‘ldi. Siz albatta buyuklikka erishasiz.

- Men Sizdan yanada kuchliroq ilhomlanaman. Sizning nisbiylik nazariyangizni dunyoda hech kim tushunmadi. Lekin Siz allaqachon buyuklikka erishib bo‘ldingiz.

* * *

Tabiatni anglash bu dramadir. g‘oyalar dramasi.

* * *

Murakkab foizlar bu - koinotdagi eng qudratli kuchlardir.

* * *

Anglash uchun eng murakkab narsa bu - daromad solig‘idir.

* * *

Ilm-fan, din va san'at - bitta daraxtning tarmoqlaridir.

* * *

o‘ylashimcha, har bir odam, dunyodan qancha olgan bo‘lsa, kamida shuncha qaytarishga majbur.

* * *

Buyuklik tomon faqat bitta yo‘l bor. U mehnat va mashaqqat orqali o‘tiladi.

* * *

Agar men biror narsani kitobdan qarab bilib olishim mumkin bo‘lsa, men uni nima uchun doim yodda tutishim lozim?!

* * *

Sovunning ikki xil navi bu - menga juda murakkablik qiladi.

* * *

Siz haqiqatan ham Oy faqat biz unga qaraganimizdagina mavjud bo‘ladi deb hisoblaysizmi? (Geyzenbergning noaniqliklar nazariyasiga qarata aytilgan xitob).

* * *

Olamning asl sir-asrori - uni anglash mumkinligidadir... Anglash ne'matining o‘zi mo‘jizadir.

* * *

Qulay fursat - mashaqqatlar va muammolar orasida yashirinib yotadi.

* * *

Men kelajak haqida umuman o‘ylamayman. U juda tez kirib keladi.

* * *

Men uchun tenglamalar siyosatdan ko‘ra muhimroqdir. Chunki siyosat hozir mavjud xolos. Tenglamalar esa abadiy!

* * *

Ishonchsizlikdan ko‘ra, e'tiqod yaxshiroqdir. Chunki e'tiqod bilan, barcha narsa imkonli bo‘ladi.

* * *

Vaqt mavjudligining yagona sababi - hamma narsa bir vaqtda sodir bo‘la olmasligidandir.

* * *

Olamning asl sir-asrori - uni anglash mumkinligidadir... Anglash ne'matining o‘zi mo‘jizadir.

* * *

Men o‘limga, kun kelib albatta qaytarish shart bo‘lgan qarz singari qaray boshladim.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.12.2018 11:02