Luna-1

21.07.2014 04:48 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Astronomiya
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Luna-1

«Luna-1» - Sobiq ittifoq tomonidan ishlab chiqilgan va Oy hamda koinotni tadqiq etish uchun mo‘ljallangan fazoviy apparat. 1959- yilning 2-yanvar kuni, Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, «Vostok-L» raketa-eltuvchisi yordamida uchirilgan. Maqsadi Oy sirtiga qo‘nish va u joyga SSSR tamg‘asini joylashtirish bo‘lgan. Biroq, loyihalash davomida nazardan chetda qoldirilgan ayrim xatoliklar[1] evaziga, «Luna-1»Oyga qo‘na olmadi, aksincha, u, Oy sirtidan 6000 km masofadan o‘tib ketdi va geliotsentrik orbitaga chiqib ketdi. Shunday bo‘lsa ham, «Luna-1»ning parvozini butunlay muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi. Sababi u, eng avvalo, inson qo‘li bilan yasalgan mexanik apparatlar ichida birinchi bo‘lib, ikkinchi kosmik tezlikka erishgan, hamda Quyoshning ilk sun'iy yo‘ldoshiga aylangan dastlabkifazoviy apparat bo‘lgan.

O‘z vaqtining ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti nuqtai nazaridan bu juda salmoqli yutuq hisoblangan. «Luna-1» orqali olingan ilmiy natijalar ichida, shularni alohida ta'kidlash o‘rinliki, uning bortiga o‘rnatilgan magnitometr asboblari, Yer sharining radiatsion belbog‘i mavjud ekanligini aniqlashgan edi. Shuningdek, apparat, zarrachalar tutqichi va hisoblagichi apparatlari yordamida esa tarixda birinchi marta, Quyosh shamoli parametrlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchovlarini olishga erishilgan. Apparat bortiga yuklangan 1 kg miqdordagi natriy bug‘larini ochiq koinotga bulut tarzida sochib chiqarish orqali, amaliy tajriba o‘tkazilib, sun'iy kometa effektini hosil qilish bo‘yicha ilmiy tajribalar o‘tkazilgan. Tajriba muvaffaqiyatli chiqib, natriy bulutlari, Yerdan 119500 km masofada, bir necha daqiqa davomida zarg‘aldoq rangda, 6-kattalikdagi yulduzlar singari porlab turgan.Shuningdek, aynan «Luna-1» apparati orqali, Oyda magnit maydoni mavjud emasligi aniqlangan edi.

 

Apparatning yana boshqa nomlari - «Luna-1D» va «Mechta» dastlabki davrlarda keng ishlatilgan. Apparat hozirda ham Quyosh atrofini aylanib chiqmoqda, uning aylanish davriyligi, ya'ni «Luna-1»ning 1 yili, 450 Yer sutkasini tashkil qiladi. Apotsentrda apparat Quyoshdan 1.315 a.b. masofaga uzoqlashadi va peritsentrda unga 0.9766 a.b. gacha yaqinlashib keladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 12.09.2018 13:11