Haumea

24.02.2014 02:44 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Astronomiya
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Haumea

Haumea (136108 Haumea) – kattaligi jihatdan to‘rtinchi o‘rinda turuvchi karlik sayyora. Transneptun obyekt va Plutoid hisoblanadi. Uni ilk marta, bir biridan mustaqil ravishda Andalusiya Astrofizika instituti olimi Xose Luis Ortis hamda talaba Pablo Santos-Sanzlardan iborat Ispaniyalik ilmiy guruh, hamda,  Kaliforniya Texnologiya universiteti olimlari Maykl Braun, Chedvik Truxilo va Devid Rabinovitslardan iborat ilmiy guruhlar kashf qilishgan. AQSHlik guruh Haumeani 6-may, 2004 yildagi fotosuratlar asosida, 2004 yilning 28-dekabrida kashf qilgan edi. Biroq, ilmiy guruh rahbari Maykl Braun, avvaliga to‘la ishonch hosil qilish uchun, qo‘shimcha dalillarni o‘rganishga kirishdi. U 2005 yilning 7-iyuliga yangi osmon jismining kashf qilingani haqida ma’ruza-e’lon tayyorlagan edi. Lekin Oilaviy sabablarga (shu kuni Braun qiz farzand ko‘rgan edi) ko‘ra bu chiqishni keyinga surishga majbur bo‘lgan. Bu orada, Ispaniyalik astronom olim va talaba, Kaliforniyadagi tadqiqotlardan mutloq bexabar holda, Serra-Nevada rasadxonasidagi 36-santimetrli teleskop yordamida Haumeani kashf etishdi. Ular olgan ma’lumotlar Malyorka universitetida qayta tekshirib, tasdiqlangach, ispanlar o‘z kashfiyotlari haqida 2005 yilning 29 – iyul kuni e’lon qilishdi.

Dastavval, bu obyektga shartli nom sifatida 2003 EL61 biriktirildi.  AQSh guruhi bu obyektga «Santa» (Santa Klaus) degan om berishgan. Chunki u nasroniylarning milod bayramidan keyin kashf qilingan edi. Ispanlar esa unga, ibeiriya bahor ma’budasining nomi -  «Ataetsina»ni taklif qilishdi. 17-sentyabr, 2008 yilda, Devid Rabinovits taklif etgan nom – Haumea (Gavay orollari xalqlarining hosildorlik ma’budasi) rasman tasdiqlandi va Haumea Quyosh tizimining karlik sayyoralari safiga kiritildi.

Haumea orbitasi ham arxiv fotosuratlari asosida 1955 yilga qadar qayta tekshirilgan. U ekliptikaga nisbatan 28,2° burchak ostida og‘gan. Orbita ekstsentrisiteti 0,1975. Orbitasining katta yarim o‘qi, 42,98 a.b. (6,43 milliard km). Haumeadan Quyoshgacha eng uzoq masofa 51,47 (7.7 milliard km), eng yaqinlashganida esa, 34,49 (5.16 milliard km).  Haumeaning Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri  281,8 yil.

Haumeaning massasi uning tabiiy yo‘ldoshlariga ko‘ra aniqlangan va u (4,004±0,040)·1021 kg ni(Pluton massasining taxminan 38% qismi) tashkil qiladi. O‘rtacha zichligi taxminan 2,6-3,34 gr/sm3 atrofida. Haumeaning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri va orbita tekisligiga nisbatan og‘ish burchagi hozircha noma’lum.

2005 yilda Haumeaning ikkita tabiiy yo‘ldoshi – Xiiaki ((136108) Haumea I Hi?iaka) va Namaka ((136108) Haumea II Namaka) aniqlangan. Ular haqida ma’lumotlar juda taqribiy va hozircha Xiiaki ~350 km diametrga ega va Haumeadan 49,9 ming km masofada, 48,9 kunda aylanib chiqishi hisoblangan. Namaka esa, 18 kunda Haumeani aylanib chiqadi va uning o‘lchamlari Xiiakiga nisbatan deyarli ikki barobar kichik.

Kashf etilishi

Kashf etgan olim

Maykl Braun, Xose Luis Ortis

Kashf etilgan joy

Kaliforniya, AQSH / Andalusiya, Ispaniya

Kashf etilgan sana

28-dekabr, 2004 yil / 25-iyul 2005 yil.

Haumeaning orbital ko‘rsatkichlari

Perigeliy

34,494401 a.b.

Afeliy

51,475447 a.b.

Katta yarim o‘q (?)

42,98492 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,1975233;

Siderik aylanish davri

102937 kun;  281,83 yil.

Orbital tezligi (v)

4,484 km/soniya;

Peritsentr argumenti

240,582838°

Og‘ishi

28,201975°

Yo‘ldoshlari

2 (Xiiaki, Namaka)

Haumeaning fizik ko‘rsatkichlari

Sirt yuzasi (S)

2·107 km2;

Albedo

0,84

Massasi (m)

~(4,006±0,04)·1021kg;

Ko‘rinadigan yulduz kattaligi

17,3m;

O‘rtacha zichligi (?)

~2,6-3,3 g/sm3;

Mutloq yulduz kattaligi

0,02m;

O‘rtacha radiusi

~718 km;

Sirtidagi o‘rtacha harorat

50 ? (-223 °C)

YangilĐ°ndi: 24.02.2014 02:47