Makemake

24.02.2014 02:41 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Astronomiya
Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Makemake

Makemake (136472 Makemake) – kattaligi jihatdan uchinchi o‘rinda turuvchi karlik sayyora. Transneptun obyekt va Plutoid hisoblanadi. Uni ilk marta Kaliforniya Texnologiya universiteti olimlari Maykl Braun, Chedvik Truxilo va Devid Rabinovitslardan iborat ilmiy guruh tomonidan, 2005 yilning 31-mart kuni, aniqlangan. 2005 yilning 29-iyul kuni, uning kashf etilganligi haqidagi xabar rasman e’lon qilindi. Unga dastlabki shartli nom 2005 FY9 Tarzida biriktirilgan edi. Uni ochgan ilmiy guruh rahbarining taklifiga ko‘ra, yangi obyekt Pasxa oroli mahalliy aholisi afsonalariga asoslanib Makemake deb nomlandi. XAI uni 136472 raqam bilan, 7-sentyabr 2006 yilda karlik sayyoralar turkumiga kiritdi. Makemake nomi esa rasman 18-iyul, 2008 yilda tasdiqlangan.

Makemake orbitasi arxiv fotosuratlari orqali 1955 yilgacha qayta tekshirilgan. Makemake orbitasi ekstsentrisiteti 0,162, katta yarim o‘qi esa 45,44 a.b. (6,8 milliard km). Makemake orbitasi ekliptika tekisligiga nisbatan 29° burchak ostida og‘gan. Quyoshga eng yaqinlashganda 38,05 (5.69 milliard km) va eng uzoqlashganda 52,82 a.b. (7.9 milliard km) masofada bo‘ladi. Ya’ni Makemake Quyoshga Plutondan ham yaqinroq masofaga kelishi mumkin, biroq u hech qachon Neptun orbitasi ichiga kirmaydi.

Makemakening mutloq yulduz kattaligi ?0,44m; ko‘rinadigan yulduz kattaligi 2012 yilda 16,9m ni tashkil etdi. Makemake Quyosh atrofini 306 yilda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Uning o‘lchamlari va boshqa fizik xususiyatlari aniq ma’lum emas. Uning sirtidagi o‘rtacha harorat, albedoga ko‘ra aniqlangan va u 29 ? (?244 °C) atrofida deb taxmin qilinadi. Makemakening tabiiy yo‘ldoshlari mavjud emas (aniqlanmagan).

Kashf etilishi

Kashf etgan olim

Maykl Braun, Chedvik Truxilo, Devid Rabinovits

Kashf etilgan joy

Kaliforniya, AQSH

Kashf etilgan sana

31-mart, 2005 yil

Makemakening orbital ko‘rsatkichlari

Perigeliy

38,050866 a.b.

Afeliy

52,82173 a.b.

Katta yarim o‘q (?)

45,436301 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,16254481;

Siderik aylanish davri

111867 kun;  306,28  yil.

Orbital tezligi (v)

4,419 km/soniya;

Peritsentr argumenti

296,534594°

Og‘ishi

29,011819 °

Yo‘ldoshlari

Yo‘q (aniqlanmagan)

Makemakening fizik ko‘rsatkichlari

Sirt yuzasi (S)

~6 300 000 km2;

Massasi (m)

~3·1021 kg;

O‘rtacha zichligi (?)

1,7±0.3 g/sm3;

Ikkinchi kosmik tezlik

~0,75 km/soniya;

Albedo

0,77±0,03

Ko‘rinadigan yulduz kattaligi

16,7;

Mutloq yulduz kattaligi

?0,44

Sirtidagi o‘rtacha harorat

30—35 ?

Yangilаndi: 24.02.2014 02:44