O‘ta o‘tkazgich metallarning kritik haroratlari - Tk

10.06.2013 00:00 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Fizika
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

O‘ta o‘tkazgich metallarning kritik haroratlari - Tk

Metall

Tk

Metall

Tk

Niobiy

9.28

Alyuminiy

1.19

Texnetsiy

8.2

Galliy

1.09

Qo‘rg‘oshin

7.19

Molibden

0.95

Lantan

5.9

Rux

0.91

Vanadiy

5.3

Uran

0.80

Tantal

4.46

Osmiy

0.71

Simob

4.152

Sirkoniy

0.56

Qalay

3.72

Kadmiy

0.56

Indiy

3.37

Ruteniy

0.47

Talliy

3.38

Titan

0.4

Reniy

1.69

Gafniy

0.35

Toriy

1.39

Iridiy

0.14

 

Izoh: hozirgi vaqtda 500 turdan ortiq o‘ta o‘tkazgich materiallar aniqlangan. Yuqori kritik haroratlar Niobiy asosidagi qotishmalarda kuzatiladi; masalan, Niobiyning Qalay bilan birikmasi (Nb3Sn) Tk=18.06 K kritik haroratga ega. Lekin, bu birikmalar anchagina mo‘rt va zaif. Hozirda texnikada keng ko‘lamda qo‘llaniladigan birikmalar asosan Niobiyning Sirkoniy bilan birikmasi (66% Nb + 34% Zr ) va Niobiyning Titan bilan birikmasi (60% Nb + 40% Ti) bo‘lib, NbZr ning kritik harorati Tk=10.8 K, NbTi ning kritik harorati esa, Tk=9.7 K. Bu qotishmalarning ahamiyati, ularning texnologik sifat ko‘rsatkichlari tufayli yuqori bo‘lib, ularga ishlov berish: sayqallash, chig‘irlash, hamda presslash nisbatan oson.

Hozirgi vaqtda aniqlangan nisbatan yuqori kritik haroratga Simob-Bariy-Kaltsiy-Mis-Kislorod birikmasi (HgBa2Ca2Cu3O8+x) ega bo‘lib, uning qiymati Tk=135 K ga teng, bu birikmani 1993 yilda Rossiyalik olimlar Antipov va Putilniylar ochishgan.

Yangilаndi: 18.02.2019 09:36