Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ixtirolar va Kashfiyotlar
Ixtiro va kashfiyotlar tarixi.

Parovoz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Parovoz

Paravozning ixtiro qilinishi – rels yo‘llari va lokomotivning loyihalanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Aytish joizki, rels yo‘llari lokomotivdan ko‘ra ancha avvalroq paydo bo‘lgan. Relslarni dastavval qattiq pishiq yog‘ochdan yasashgan va asosan tog‘-kon ishlarida, qazilmalarni aravachalarda kon ichkarisidan tashqariga tashib chiqishda foydalanishgan. Tog‘-kon ishlarida yog‘och relslarning qo‘llanishiga oid ilk tarixiy yozuvlarni biz Sebastiyan Myunster qalamiga mansub bo‘lgan, 1541 yilda chop etilgan risolada uchratishimiz mumkin. XVIII asrga kelib, relslarni cho‘yandan tayyorlay boshlashgan. Biroq, cho‘yan bu borada o‘zini unchalik ham oqlamagan. Sababi, cho‘yan birmuncha mo‘rt metall bo‘lib, cho‘yan relslar tez qiyshayib, ko‘p buzilgan. XIX asr boshlarida esa relslarni yumshoqroq temirdan yasay boshlashgan va shu davrdan boshlab, rels yo‘llarini «temiryo’l» deb atash urfga kira boshlagan. Shunga qaramay, uzoq yillar mobaynida temiryo‘ldan faqat konlarda ruda tashish uchun foydalanilgan va undan yo‘lovchi tashishda foydalanishga o‘tish uchun ancha yillar kerak bo‘lgan.

Yangilаndi: 12.07.2016 15:59
 

Minimum qonuni (Libix qonuni)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Minimum qonuni
(Libix qonuni)

 

Yustus Libix (1803-1873)Tabiatda mavjud barcha jonivorlar, hamda, odam ham, yoki o‘simliklarni, yoki hayvonlarni yeb oziqlanadi. Boshqacha aytganda, jonivorlar o‘txo‘r va go‘shtxo‘r turlarga bo‘linadi. Lekin o‘simliklarchi? O‘simliklarning nima bilan oziqlanib, nimaning evaziga unib-o‘sishi haqidagi masala ming yillar davomida odamzotni qiziqtirib kelar edi. Ushbu masalaga oydinlik kiritilishi esa, shunchaki masalaning tagiga yetish bilan cheklanmasdan, balki, insoniyatni ochlik muammosidan xalos bo‘lishida ulkan xizmat qilgan kashfiyotlarga sabab bo‘ldi.

O‘simliklarning oziqlanishi masalasi bilan eng qadimgi faylasuflar ham qattiq qiziqishgan. O‘simlik juda kichik urug‘dan qanday qilib ulkan daraxtga aylanishi, bunda urug‘ning boshlang‘ich vazni va undan unib chiqqan o‘simlikning yakuniy vazni orasidagi farq naqadar ulkan bo‘lishi olimlar uchun jumboq bo‘lib qolavergan. Aristotel o‘simliklarning o‘sishi masalasi haqida fikr bildirar ekan, «o‘simliklar o‘ziga kerakli moddalarni tuproqdan tayyor holda oladi, shu sababli o‘simliklar tanasida moddalar almashinuvi, yoki, hazm jarayonlari bo‘lmaydi, shunchaki tuproq o‘zining bor vazni bilan o‘simlik tanasiga aylanadi» - deb hisoblagan. Aristotelning obro‘si bilan mustahkamlangan ushbu yanglish fikr o‘rta asrlargacha ilm-fanda o‘rnashib qolgan bo‘lib, ko‘pchilik bundan ortiq gap aytishga jur’at eta olmas edi.

Yangilаndi: 28.05.2016 14:10
 

Elektromagnit induksiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Elektromagnit induksiya

Maykl FaradeyErsted va Amperning kashfiyotlaridan so‘ng, elektr tokining magnit kuchiga ega ekanligi haqida aniq bilimlar yuzaga keldi. Endilikda, magnit hodisalarining elektr hodisalariga ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlash zaruriyati paydo bo‘ldi. Ushbu vazifani esa, ingliz olimi Maykl Faradey o‘ta mohirona yechish orqali, jahon ilm-fanida yana bir yuksak ilmiy kashfiyotni amalga oshirdi.

Maykl Faradey (1791-1867) Londonning eng qashshoq mavzelaridan birida tug‘ilib o‘sgan. Uning otasi temirchi usta, onasi esa ijaraga yer olib ekin-tikin qilib kun ko‘ruvchi kambag‘al dehqonning qizi bo‘lgan. Maktab yoshiga yetgach, Faradeyni o‘z hududidagi boshlang‘ich maktabga berishgan. Boshlang‘ich maktab hamma o’quvchilar qatori Faradeyga ham juda tor o‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim bergan. Ya'ni, u yerda bolalarni faqat harf tanishga va o‘qish-yozishga o‘rgatishgan xolos.

Yangilаndi: 03.05.2016 18:51
 

Paroxod

E-mail Chop etish PDF

Paroxod

O‘zi harakatlanadigan va shamol yo‘nalishiga qarshi suza oladigan kema haqidagi fikrlar, to‘g‘rirog‘i, orzular odamlarda juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Bunday kemalarga ayniqsa, daryolarda oqimga qarshi suzib qatnaydigan kema boshqaruvchilari ko‘proq intizor bo‘lishgan. Notekis o‘zan bo‘ylab yuqori tomon suzishda yelkan yoki, eshkakchilar kuchidan foydalanish juda murakkab bo‘lib, ko‘pincha bunday suzishning imkoni deyarli bo‘lmagan. Kemalarni, yoki, yuklarni oqimga qarshi tortish uchun burloqlar mehnatidan foydalanishga to‘g‘ri kelardi. Lekin burloqlar bu ishni juda sekin bajarishardi. Shunday muammolar tufayli, ayniqsa daryo transportida oqimga qarshi suzish uchun yelkan va eshkak vositasini istisno qiluvchi, lekin kemani oldinga bemalol harakatlantira oladigan yurituvchi kuchga ehtiyoj kuchli bo‘lgan. Bunday shamol kuchi va qo‘l mehnatidan mustaqil harakatlana oladigan kemaning ilk loyihasini o‘rta asrlarda yashagan mexaniklar taklif qilishgan. Taxminan 527 yilga oid bo‘lgan qadimgi qo‘lyozmalarning birida suv tegirmoni vositasida harakatlantirilishi ko‘zda tutilgan kema modeli tasvirlangan. Faqat unda suv tegirmonni kemaga o‘rnatilgach, baribir uni yoki odam, yoki hayvon kuchi evaziga aylantirib turish zarur bo‘lgan.

Yangilаndi: 04.03.2016 17:07
 

Om qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Om qonuni

Georg Simon Om «O‘tkazgich bu shunchaki elektr zanjirning passiv qismi xolos» - qabilidagi yanglish fikr XIX asrning 40-yillarigacha deyarli hamma fiziklar qat’iy ishonadigan ommalashgan fikr edi. Ular, «modomiki shunday ekan, o‘tkazgichlarni tadqiq qilishdan naf yo‘q» deb hisoblashardi.

O‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanlik xossalari yuzasidan ilk ilmiy tekshirishlar olib borgan olimlar qatoriga Stefano Marianini (1790-1866) kiradi. Stefano o‘z kashfiyotiga tasodifan to‘qnash kelib qolgan. U elektr batareykalarining xossalarini o‘rganar ekan, Volt ustunlarining soni ortgani bilan, ulardagi umumiy kuchlanishni ko‘rsatuvchi strelkaga ta’sir qiluvchi elektromagnit ta’sir sezilarli darajada oshmayotganini sezib qoldi. Shunga ko‘ra Marianini, har bir Volt ustuni, tok oqib o‘tishi yo‘liga o‘ziga xos g‘ov bo‘layotgan bo‘lsa kerak degan fikrga keldi. U ikkita faol va nofaol (ya’ni, orasi nam qog‘oz bilan to‘silgan ikkita mis plastinadan iborat Volt ustuni) yordamida tajriba qilib ko‘rdi. Marianini bu orqali, hozirgi zamon maktab o‘quvchilari ham yaxshi biladigan, ya’ni tashqi zanjirning umumiy qarshiligi e’tiborga olinmaydigan ko‘rinishdagi Om qonunining xususiy holini keltirib chiqargan edi.

Om Marianinining xizmatlarini e’tirof etib, uning izlanishlariga doim hurmat bilan qaragan. Lekin Marinini izlanishlari Om uchun qo‘llanma bo‘lmagan va Om o‘z faoliyatida Marianini tajribasiga murojaat qilmagan.

Yangilаndi: 10.12.2015 16:26
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 5 sаhifа
Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2521268

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)