Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ixtirolar va Kashfiyotlar
Ixtiro va kashfiyotlar tarixi.

Kitob bosishning ixtiro qilinishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Kitob bosishning ixtiro qilinishi

 

Ehtimolki, kitob bosish g’oyasi muhrlar orqali vujudga kelgandir. VII-VIII asrlardayoq, yaqin sharqda va yevropada bosma naqsh tushirilgan matolar tayyorlangan. Ko’p marta takrorlanadigan shakllarni bosish uchun, maxsus muhrlardan foydalanishgan. O’rta asrlarda xattotlar, nusxa ko’chiruvchi va kotiblar o’z ism shariflari yoki, muallif ism sharifini yozish uchun ham muhrdan foydalanishgan. Shuningdek, o’rta asrlarga doir qo’lyozmalarning ko’pchiligida matn satri boshidagi birinchi asosiy harf jimjimador ko’rinishda, maxsus muhrlangan tarzda namoyon bo’ladi. Buning sababi oddiy – agar matnni nisbatan tez yozish imkonli bo’lgan bo’lsa ham, ramzlar va turli shakldagi ifodalardan iborat bo’lgan ism shariflar bosh harflarini yozish va bezashga ko’p vaqt ketgan. Shuning uchun, bunday ishlarni avvaldan maxsus tayyorlangan muhrlar yordamida osongina bajarishgan. Bu ayniqsa xattot va nusxa ko’chiruvchilarga qulay bo’lgan. Katta hajmli qo’lyozmalarni ko’chirishda eng ko’p uchraydiga so’zlar, va tasvirlarni qayta qayta yozish o’rniga, muhr yordamida osongina bosib ketish, ham vaqtni tejardi, ham, sifatni oshirardi. Bosma nusxalar esa, o’yin qartalari va arzon-garov tasviriy ishlanmalar (masalan, ommabop va savdosi chaqqon bo’lgan, ikonalar), shuningdek, xaritalarni  tayyorlashda ko’proq qo’llanilgan. Bunday gravyurlar avvaliga faqat tasvirdan iborat bo’lgan. Keyinroq esa, bir necha satr matn ham qo’shib bosila boshlangan. Gravyura bosishdan  kitob bosishga o’tish uchun faqat bittagina qadam tashlash qolgan edi. Mantiqan qaralganda bu jarayon evolyutsiyasi quyidagicha bo’lgan: avvaliga taxta yoki metall doskalarga tasvirni o’yib tishirib, u orqali qog’oz yoki matoga tasvirni bosib chiqarishni yo’lga qo’yoshgan. Bunday tasvir ostidagi bir-ikki satr matn qo’lda yozib chiqlgan. Keyinroq, doskaning o’zida matnni teskari tartibda o’yib yozib, uni ham tasvir bilan birvarakayiga bosishga o’tishgan. Shu tahlit ish, doskada matnning o’zini, bezak va tasvirlarsiz teskari tartibda o’yib ishlash va uni qog’ozga yoki, matoga bosishga yetib kelgan.

Yangilаndi: 09.09.2013 09:54
 

Linza va ko’zoynak

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Linza va ko’zoynak

 

Ko'zoynakning ixtiro qilinish tarixini bayon etishdan avval, linzaning nima ekanligini va uning nima uchun ko’zdagi ko’rish bilanbog’liq nuqsonlarni bartaraf etish uchun qo’llanishi haqida suhbatlashsak.

Linza deb odatda, sferik yuzali shaffof optik asboblarni atashadi. Linzalarning aksariyatida har ikki taraf sferik bo’lib, lekin, bir taraflama sferik, ikkinchisi esa tekis bo’lgan linzalar ham uchraydi. Linzaning bizga ma’lum eng yaxshi xususiyatlaridan biri, uning tushayotgan nurlarni ma’lum yo’nalishda o’zgartirishi hisoblanadi. Nima sababdan bunday bo’ladi?

Odamlar qadim zamonlardayoq yorug’likning bir muhitdan boshqasiga o’tishida, (masalan, havodan suvga yoki, shishaga) o’z yo’nalishini o’zgartirayotganligini, boshqacha aytganda esa, sinayotganligini sezishgan. Masalan, qalamni stakandagi suvga botirsak, uning yon tomondan qaraganda huddi sinib qolgandek ko’rinishini hammamiz maktab fizika kursidan yaxshi bilamiz. Bunda yorug’likning stakandagi suv va havo chegaralaridagi sinishi tufayli, ko’zimizga shunday illyuziya namoyon bo’ladi.

Yangilаndi: 22.08.2013 11:57
 

Elektrostatikaning asosiy qonuni.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Elektrostatikaning asosiy qonuni.

 

 

Elektr hodisalari o’zining dastlabki xarakteri – tarqoq holda tadqiq qilinayotgan va alohida olingan qandaydir g’ayritabiiy hodisalar sifatidagi nuqtai nazarlardan tobora holi bo’lib borib, mavjud nazariy va amaliy bilimlarni asosiy tamoyillar bo’yicha yagona g’oya atrofiga birlashtirilayotgan vaqt XVIII asrning o’rtalari edi. Elektr hodisalarini o’rganishda va amaliy tajribalar olib borishda son o’rniga sifat asosiy ko’rsatkichga aylanayotgan vaqt yetib kelgandi.

Bunday yo’nalishdagi faoliyat Peterburglik akademik F.Epinusning (1724-1802)tadqiqotlarida yorqin namoyon bo’ladi.

Epinus o’zining tekshirishlarida quyidagi tamoyillarga tayanadi: har qanday jism, o’zining tabiiy holatida doimo ma’lum elektr miqdoriga ega bo’ladi. Elektr flyuidi zarracgalari o’zaro bir birini itarishadi va odatiy moddalarga tortishadi. Elektr effektlari, jismdagi elektr flyuidning miqdori tabiyy holatdagidan ko’proq yoki kamroq bo’lib qolganida yuzaga chiqadi.

Yangilаndi: 19.08.2013 22:06
 

Yonish nazariyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Yonish nazariyasi

XVIII asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini boshlab yubordi. Kashfiyotlar kashfiyotlarga, ixtirolar ixtirolarga ulanib ketdi. Bu davrda qator ajoyib va iqtidorli tajribakorlar – Pristli, Blek, Sheele, Kavendish va boshqalar yashab, ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishdi. Blek, Kavendish va ayniqsa Pritsli ishlarida bu o’sha vaqtgacha misli ko’rinmagan yangi kimyoviy dunyo – gazlar olami namoyon bo’la boshlaydi. Tadqiqot usullari doimiy takomillashib bordi.  Blek, Kronshted, Bergman va boshqalar ilmiy tajribaviy tahlilning yangidan yangi qirralarini ochib, kimyoviy tahlillar sifatini yangi bosqichga ko’tarishdi. Bu ulkan hajmdagi ishlar natijasida ko’plab yangi kimyoviy elementlar ochildi, birikmalar kashf etildi.

XVII va XVIII asrlar chegarasida olmon kimyogari Georg Ernts Stal (1659 – 1734) «Flogiston nazariyasi» deb ataladigan, mohiyatiga ko’ra dastlabki kimyoviy nazariyani o’rtaga tashladi. U o’z mazmuniga ko’ra xato bo’lib chiqqan bo’lsa hamki, lekin fanga boshqa jihatdan naf keltirdi. U yonish va metallarni toblash (kaltsinatsiya) jarayonlarini yagon nuqtai nazardan bog’lab o’rganib, mazkur jarayonlar bo’yicha tekshirishlarni tizimli asosga keltirishga sababchi bo’ldi.

Yangilаndi: 10.08.2013 11:49
 

Kislorodning kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Kislorodning kashf etilishi

Balki hayron qolarsiz, lekin bu fakt: kislorod bir necha marta kashf etilgan!

Kislorod haqidagi dastlabki ma’lumotlar VIII asrga tegishli Xitoylik alkimyogar Mao Xoaning risolalarida uchraydi. Xitoyliklar bu gaz («yyin») – havoning tarkibiy qismi ekanligini bilishgan va unu «boshlanish negizi» deb atashgan. Shuningdek Xitoyliklarga kislorodning pistako’mir, oltingugurt, va bir qancha metallar  bilan birikishi ham ma’lum bo’lgan. Shuningdek xitoylar kislorodni selitra kabi birikmalardan ajratib ola bilishgan.

Usbu tarixiy ma’lumotlar asta sekin unutilib ketdi. Faqat XV asrga kelib kislorod haqida Leonardo da Vinchi qisqacha eslash tariqasida ma’lumot qoldirib o’tdi.  Uni Gollandiyalik Drebbel ismli shaxs yana yangitdan qayta kashf etdi. Drebbelning shaxsi haqida ma’lumotlar deyarli yo’q. uning kuchli kashfiyotchi va yirik olim bo’lgani tayin. Aynan Drebbel suvosti kemasini loyihalagan ilk muhandislardan biri hisoblanadi. Kislorodning kashf etilishi ham aynan suvosti kemasi bilan bog’liq.

Yangilаndi: 10.08.2013 11:35
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 4 sahifasi, jami 5 sаhifа
Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2517352

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov