Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ixtirolar va Kashfiyotlar
Ixtiro va kashfiyotlar tarixi.

Aerostat

E-mail Chop etish PDF

Aerostat

Juda qadim zamonlardanoq odamlar xuddi qushlar kabi parvoz qilishni, osmonu falakka kotarilishni, oddiyroq aytganda esa uchishni orzu qilishgan. Ammo, lekin, biroq... Qushlarnikiga oxshatib suniy yasalgan qanotlardan foydalanib bajarilgan kop sonli urinishlar doimo bir xil natijani beravergan har qancha urinmasin, odamzot yerdan oyoq uzib uchib keta olmagan, qaytanga yiqilib mayib majruh bolganlari ham bisyor bo'lgan.

Orta asrlarga kelib, iliq havoning yengil jismlarni yuqoriga kotara olishi xususiyati ochilganida, undan odamni yuqoriga kotarish uchun foydalanish haqidagi goyalar paydo bola boshladi. XVI-XVII asrlar davomida, turli olimlar tomonidan aerostatning bir necha xildagi konstruksiyalari taklif etildi. Lekin amalda bu goyalar faqat XVIII asr oxiriga kelib royobga chiqa boshladi.

1766 yilda Kavendish vodorodni kashf etdi. Vodorod havodan 14 marta yengil edi. 1781 yili italyan fizigi Kavello vodorod bilan toldirilgan sovun pufakchalari ustida tajribalar o'tkazdi. Shunday qilib aerostatning ishlash mohiyati ishlab chiqildi. Endilikda uning qobigi uchun munosib material topish zarur edi. Bu oson bolmadi. Ananaviy matolarning kopi aerostat uchun ogirlik qilardi, yoki ozidan vodorodni otkazib yuborar edi. Muammoni Parijlik professor Sharl yechishga muvaffaq boldi. u aerostat uchun qobiqni kauchuk bilan toyintirilgan (yani kauchukka botirib olingan) shoyi matodan tayyorlash loyihasini amalga tadbiq qildi. Lekin, Sharl ozining aerostatini havoga kotarishidan avvalroq, Anone shahrilik qogoz ishlab chiqaruvchi fabrika xojayining oglilari, aka-uka Jozef va Etyen Mongolfyelar oz aerostatlarini osmonga chiqarishga muvaffaq bolishdi.

Yangilаndi: 23.01.2014 03:57
 

Elektrodinamika. Andre-Mari Amper.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 17
Juda yomon!A'lo! 

Elektrodinamika

Erstedning kashfiyotidan keyinroq, fiziklarda, o'tkazgichdan elektr toki otganida u magnitga aylanib qoladi degan tasavvur paydo boldi. Bunday tushuntirishni Arago hamda Bio tomonidan qabul qilingan edi.

Bio 1820 yilda quyidagicha taklif kiritdi: To'g'ri chiziq boylab harakatlanayotgan tok, magnit molekulasiga tasir korsatganida, bu tasir kuchining tabiati, o'tkazgich yoniga malum yonalishda qoyilgan magnitlangan strelkaga bolgan tasir kabi, volt toki yonalishiga nisbatan doimiy bo'ladi .

Bio va uning tarafdori bo'lgan boshqa fiziklar, elementar magnitlarning ozaro tasirlashuvining elektrodinamik xususiyatlarini tushuntirishda, tok otayotgan har qanday o'tkazgich magnit trubkasiga aylanib qoladi degan yanglish fikrni ilgari surganlar.

Tamomila boshqacha taklifni Amper tavsiya qildi... Keling avval uning tarjimai-holi bilan tanishib olamiz:

Andre-Mari Amper (17751836) Lion yaqinidagi otasiga qarashli, katta bolmagan Polemye yer-mulkida tavallud topdi. Amperning istedodi ancha erta namoyon bola boshlagan. U hali maktabga bormay turib ham oqish va arifmetikani mustaqil ozlashtirib olgan ekan. U otasining kutubxonasida nimaiki topsa, bir boshdan oqib chiqavergan. 14 yoshida esa Farang ensiklopediyasining barcha 28 jildini oqib bolgan. Amper fizika va kimyo fanlariga alohida qiziqish bilan yondoshgan. Lekin aynan shu fanlarga oid kitoblar otasining kutubxonasida mavjud emas edi. Shu sababli Andre Amper Lion kollejining kutubxonasiga borib, osha yerda buyuk fizik va matematiklarning asarlarini mutolaa qilishga kirishdi. Bolajak olimning tengsiz iqtidoridan shu narsa ham dalolat berib turibdiki, manbalarda qayd etilishicha Andre-Mari Amper 13 yoshidayoq Lion akademiyasiga ozining matematikaga oid ilk ishlarini taqdim qilgan ekan.

Yangilаndi: 23.12.2013 17:20
 

Gey- Lyussak qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Gey- Lyussak qonuni

Gazlarning hajmiy nisbatlarining qonuniyatlarini ifodalovchi, Jozef Lui Gey-Lyussak tomonidan ochilgan va uning sharafiga atalgan qonun, nazariy kimyo fanining yanada ilg‘or qadam tashlashiga katta turtki berdi. Gey-Lyussak qonuni, o‘sha vaqtlarda endigina kashf qilingan Dalton qonuni bilan birgalikda kimyoviy birikmalar nazariyasining asosini tashkil qildi.

Gey-Lyussak, XIX asrning birinchi yarmida, mumtoz kimyo fanining poydevorini qurgan, buyuk kimyogar olimlar sirasiga kiradi. Jozef Lui Gey-Lyussak (1778-1850) Farangistonning Limuzen grafligiga qarashli kichik San-Leonar shaharchasida tug‘ilgan. Bolaligida, qat'iy intizom va tartib-qoidalarga asoslangan katolik maktabida ta'lim olib, 15 yoshida esa Parijga ko‘chib o‘tadi. Parijda Gey-Lyussak San-sye pansionida o‘qishni davom ettirib, tez orada ajoyib matematik iqtidori bilan bachaning nazariga tushadi. 1797-1800 yillarda u Parij politexnika maktabida ta'lim oladi. Politexnika maktabida kimyo fanidan iste'dodli kimyogar, o‘qituvchi va olim Klod Lui Bertole dars berar edi. Aynan Bertole, yetishib chiqayotgan yosh olimning kimyo faniga bo'lgan qiziqishlariga va keyingi ilmiy yo‘nalishini tanlashiga katta ta'sir o‘tkazgan. Ta'lim jarayoni va undan keyingi hayotlarida ham bu ikki inson juda qalin do‘st bo‘lib, ilmiy mulohaza va fikrlarini doimiy o‘zaro muhokama qilib borishgan. Politexnika maktabida o‘qishni tamomlagach, Gey-Lyussak bir qancha kimyo korxonalarida mehnat qilib chiqdi. 1802 yildan e'tiboran esa, u yana o‘zining jonajon o‘quv yurti - Parij politexnika maktabiga qaytib, u yerda assistent bo‘lib ishlay boshladi.

Yangilаndi: 18.12.2017 17:05
 

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Bug mashinasi.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga qadar odamlar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosan suv dvigatellaridan foydalanishar edi. Lekin, suv gildiragidan mexanik harakatni uzoq masofalarga uzatish imkoni bolmaganligidan, barcha fabrikalarni daryo qirgoqlariga qurishga majbur bolinar edi. Bu har doim ham qulay bolmagan. Bundan tashqari, suv dvigatelining samarali ishlashi uchun, togonlar yoki suniy havzalar qurish, katta hajmdagi qol mehnati va anchayin qimmatga tushadigan tayyorgarlik ishlari talab qilinar edi. Suv gildiraklarida boshqa kamchiliklar ham yetarlicha bolib, masalan ular kam quvvatli, sozlash murakkab va yil fasllariga bogliq holda ishlardi. Asta sekinlik bilan, kop quvvatli, arzon, oson boshqariladigan va inson aralashuvisiz ozi ishlay oladigan dvigatelga bo'lgan ehtiyoj ortib bordi. Aynan shunday dvigatel sifatida esa, sanoat uygonishi davri ibtidosida bug dvigateli katta sahnaga chiqdi.

Yangilаndi: 23.12.2013 17:07
 

Elektr va Magnetizm hodisalalrining bog'liqligi. Ersted qonuni.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Elektr va Magnetizm hodisalalrining bog'liqligi. Ersted qonuni.

Elektr va magnetizm hodisalarining o'zaro uzviy bogliqligi, parranda pati va hayvon junining qahraboga, temir qirindilarining magnitga tortilishi kabi oddiy fizik jarayonlar orqali,butun Yevropaning eng yuksak zehn zakovat egalarining farazlarida mavjud edi. Ilmiy adabiyotlarda polat ignaning elektr uchqunlari bilan magnitlanib qolganligi hamda, kompas magnit strelkasining chaqmoq tasirida magnit xususiyatidan mosuvo bo'lganligi haqida faktlar allaqachon mavjud edi. Galvanizm boyicha risolasida (1804 yil) Aldini, Volt ustuni tufayli magnitlanib qolgan polat igna haqida, Romanozi esa, magnit strelkasining Volt ustuni tasirida magnitsizlanib qolganligi haqida yozgan edi. Lekin, bu faktlarning barchasi tasodifiy kuzatuvlar shaklida bolib, ular umumlashtirilmagan va mufassal yoritilmagan edi.

Bu hodisalarning mohiyati va ahamiyatini birinchi bolib, Daniyalik fizik olim, Hans Xristian Ersted angladi va unga butun dunyo olimlarining diqqatini jalb etdi.

Daniyalik olim, professor, - deb yozgan edi Amper, - ozining buyuk kashfiyoti bilan fiziklar uchun yangi tadqiqotlar yolini ochib berdi. Bu tadqiqotlar oz samarasini bermay qolmadi; ular, taraqqiyotning keyingi yonalishiga befarq bolmagan insonlar uchun etiborga molik bo'lgan koplab faktlarning ochilishiga turtki bo'ldi.

Hans Xristian Ersted (1777 1851) Daniyaga qarashli Langeland orolidagi kichik Ryudkobing shaharchasida, ortahol dorixonachi oilasida tugildi. Oilaning moliyaviy holati, Hans va uning akasi Anderslarga boshlangich talimni uzluksiz olishga imkoniyat bermagan. Shu sababli, ularning oqishi betartib ravishda, to'g'ri kelgan joyda davom etgan. 12 yoshidan boshlab Hans, otasining dorixonasida sotuvchi bolib ishlay boshlagan. Aynan shu davrda uning istiqboli uchun tibbiyot birinchi oringa chiqib, adabiyot, kimyo, tarix va boshqa sohalarni ikkinchi darajaga surib qoygan edi. U Kopengagen universitetiga kirganida, aynan tibbiyot sohasining mutaxassisi bolishni reja qilgan edi. Lekin u talabalik yillaridayoq, tibbiyot bilan birgalikda, birvarakayiga fizika, astronomiya, falsafa va sheriyat sohalarini ham puxta ozlashtirib bordi.

Yangilаndi: 25.11.2013 15:30
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 5 sаhifа
Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 768
O'qilgan sahifalar soni : 2756182

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov