Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Olimlar
Olimlar

Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo’lgan mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o’tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu – to’g’ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo’lmasligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o’z sohasining asl bilimdoni bo’lgan tafakkur sohiblari – olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o’zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar – kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. “Olim” va “Ilm” so’zlari bir-biriga o’zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo’limida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh – ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo’shgan hissasi haqida ma’lumotlar almashinamiz.



АHMАD АL-FАRG’ОNIY

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

АHMАD АL-FАRG’ОNIY

Аbul Аbbоs Аhmаd ibn Muhаmmаd Qаsir аl-Fаrg’оniy 798 yiln Fаrg’оnа vоdiysidа tаvаllud tоpgаn, lеkin vоdiyning qаysi shаhаr yoki qishlоg’idа tug’ilgаnligi аniq mа’lum emаs. Uning tug’ilgаn jоyi hаqidа аtоqli Shаrqshunоs оlim Аshrаf Ахmеdоv bundаy yozаdi: «O’rtа аsrlаrdаgi Fаrg’оnа vоdiysining mаrkаziy shаhri Ахsikаtni hаm Fаrg’оnа dеyishgаn. Shuning ushun аl-Fаrg’оniy   Fаrg’оnа   vоdiysining  istаlgаn   qishlоg’idаn yoki Ахsikаtdаn bo’lishi hаm mumkin. Shunisi mа’lumki, аl-Fаrg’оniy Xаlifа Хоrun аr-Rаshidning Shаrqiy yеrlаrdаgi nоibi, o’g’li Аbdullоhning (bo’lаjаk хаlifа аl-Mа’munning) Mаrvdаgi оlimlаri dоirаsigа kirgаn, ehtimоl Аbdullоh yoshligndаn bilimgа chаnqоq bo’lgаni uchundir, 806 yili Mаrvgа nоib bo’lib tаyinlаngаnidа, Mоvоrаunnаhr, Xurоsоn, Хоrаzmdаn оlimlаrni vа istе’dоdli yoshlаrni o’z yonigа to’plаy bоshlаgаn Bu оlimlаrning аsоsiy ko’pchiligi Аbdullоh u yеrgа kеlgаnidаn аvvаlrоq to’plаngаn bo’lishi hаm ehtimоldаn хоli emаs. Chunki Mаrv аvvаldаn, Sоsоniylаr dаvridаnоq, yirik ilmiy mаrkаz hisоblаigаn. Kеyingi tеkshirishlаrdаn mа’lum bo’lishichа, Аhmаd аl-Fаrg’оniy Quvаdа tаvаllud tоpgаn ekаn.

Yangilаndi: 25.08.2013 18:28
 

Barbara Mak-Klintok.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Barbara Mak-Klintok.

(1902 - 1992)

Barbara Mak-Klintok genetika sohasining eng yuksak ilmiy salohiyatga ega olima va tadqiqotchisi bo’lib, u genetika sohasidagi ilmiy izlanishlari natijasda 1983 yilda fiziologiya va tibbiyot yo’nalishlaridagi  Nobel mukofotiga loyiq topilgan.

 

 

Barbara Mak-Klintok 16 mart 1902 yilda AQSHning Konnektikut shtati, Xartford shahri datavallud topgan. Keyinchalik ularning oilasi Nyu Yorkka ko’chib o’tdiva Barbara Bruklindagi o’rta maktabda o’qiy boshladi. Uning onasi Barbaradigi tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishni ma’qullamas edi. Lekin baribir, uning 1919 yilda Nyu York shtatidagi Itake shahri, Kornell universitetiga o’qishga kirishiga to’sqinlik qilmadi. U mazkur universiteda Botanikadan chuqur ta’limoldi. 1923 yili bakalavr diplomini qo’lga kiritdi. Bir yil avval u genetika bilan jiddiy qiziqib qolgan edi. 1927 yilga kelib Barbara Mak-Klintok fan doktori ilmiy unvoniga sazovor bo’ldi. Lekin, o’sha vaqtda Kornell universitetida ayollarning genetika bilan shug’ullanishi qat’iy ta’qiq ostida bo’lgani uchun, Barbara Mak-Klintokning ilmiy unvoni rasman Botanika yo’nalishida qayd etilgan edi. Shuyildan e’tiboran olima ayol, o’zi ta’lim olgan universitetda Botanikafanidan o’qituvchi bo’lib ishlay boshladi. Olimaning mazkur o’quv yurtidagi O’qituvchilik faoliyati 1931 yilgacha davom etdi.

Yangilаndi: 21.08.2013 07:39
 

TEOFAST PARATSELS

E-mail Chop etish PDF

TEOFAST PARATSELS

(1493—1541)

XVI asrda g’arb tibbiyot va alkimyogarlik fanlari uchrashgan nuqtada yangi arbob: Teofast Paratsels – ajoyib jarroh hakim va alkimyogar, fe’liga ko’ra tajang va qo’rs kishi, jarrohlik tig’i hamda jang hanjarini bir xilda mahorat bilan ishlata oladigan ko’p qirrali shaxs  paydo bo’ldi.

«Haqiqiy kimyo oltin qidirishda emas, odamlar uchun dori – malhamlar tayyorlashda namoyon bo’ladi!» — deb e’tirof etgan edi Paratsels, va bu so’zlar uning hayotiy shiori bo’lib qoldi.

Filipp Aureol Teofast Bombast fon Gogengeym, taxallusi – Paratsels, 1493 yilning 10 noyabr kuni Sheytsariyaning Shvits kantoni, Eynzideln shaharchasida tug’ildi. Erta yoshlaridanoq tibbiyot fanlariga qiziqish bilan o’qishga kirishib, Germaniya, Fransiya va Italiyadagi ko’zga ko’ringan hakimlardan tahsil oldi. O’qish yillaridayoq Paratsels kimyo bilan jiddiy shug’ullana boshlagan. U faqatgina tajribalar o’tkazish bilan cheklanib qolmay, konlarda, shaxta va to’g-kon sanoati zavodlarida ishlab, amaliy ish tajribasini ham orttirib bordi. Paratsels o’z faoliyatida eng katta e’tiborni kimyo yutuqlarini tibbiyotga tadbiq etishga qaratdi. Uning bu sa’i harakatlari natijasida, yangi fan yo’nalishi – yatrokimyo[1] paydo bo’ldi.

Yangilаndi: 14.08.2013 19:20
 

Nikolay Kopernik

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Nikolay Kopernik

(1473—1543)

Nikolay Kopernik

Nikolay Kopernik 1473 yilning 19 fevralida Polshaning Torun shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo’lib, bu shaharga Germaniyadan ko’chib kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to’rtinchi farzand bo’lgan. O’n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to’qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo’lajak olim roppa rosa o’n yoshga to’lgan vaqtda to’satdan qayg’uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o’lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o’zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keying taqdiri, uning o’qishi va tarbiyasi muammolari tog’asi Lukash Vachendore zimmasida qoldi.

1491 yilning oktaybr oyi ikkinchi yarmida Nikolay Kopernik akasi Anjey bilan birgalikda Karkov shahriga keladi va mahalliy universitetning san’at fakultetiga yoziladi. Bu fakultetni tugatib, Kopernik 1496 yilda Italiya bo’ylab uzoq safarga otlandi.  O’sha yilning kuzida u akasi Anjey bilan Bolonyaga yetib keldi. Bolonya bu vaqtda Rim Papasiga bo’ysinuvchi hudud bo’lib, uning mahalliy universiteti juda mashhur edi. Bu universitetning  yuridik fakulteti mamlakatdagi cherkov huquqlari, muqaddas huquqlar va fuqaro huquqi bo’limlarida bilim olish uchun eng nufuzli dargohlar sanalgan. Nikolay Kopernik shu fakultetda ta’lim ola boshladi.

Yangilаndi: 10.08.2013 11:26
 

Arximed

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Arximed

(eramizdan avvalgi 287 — 212 yillar)

«..bu Sitsiliyalik odam, tabiatan imkonsiz bo’lgan aqliy qobiliyat egasi!»

Sitseron.

Arximed eramizdan avvalgi 287 yilda Yunonistondagi Sirakuza shahrida tug’ilgan va butun hayotini mazkur shaharda yashab o’tgan. . Uning otasi Fidiy ismli munajjim bo’lib, shahar hokimi Gieron huzuridagi ko’zga ko’ringan arboblardan biri bo’lgan. Arhimed ham ko’plab zmondoshlari singari, Misrdagi Ptolomeylar sulolasi tomonidan asos solingan ilg’or  ilm-fan,  yetuk mutafakkirlar olimlar va eng katta kutubxonalar  maskani – Iskandariyada ta’lim oldi.

Iskandariyadagi ta’lim yakunlanganidan so’ng, Arximed Sirakuzaga qaytdi va o’z otasining xizmat vazifasini davomchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Yangilаndi: 10.08.2013 11:56
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 7 sаhifа
Banner

Buyuk alloma ajdodlarimiz

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog’liq bo’lmasa, u matematika,

agar bog’liq bo’lsa u – buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 761
O'qilgan sahifalar soni : 2498077

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov