Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Olimlar
Olimlar

Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘gan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim» va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘imida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh - ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Tomas Iogann Zeebek

E-mail Chop etish PDF

Tomas Iogann Zeebek

Tomas Iogann Zeebek (nemischa Thomas Johann Seebeck) olmon fizigi, termoelektr hodisasini kashf qilgan hamda tarixda birinchi termoparani ixtiro qilgan olim.

Iogann Zeebek 1770 yilning 9-aprelida, osha vaqtlarda Rossiya imperiyasiga qarashli bolgan Revill (hozirgi Estoniya davlatining poytaxti Tallin) shahrida tugilgan. Boshlangich talimni Gustaf Adolf nomli gimnaziyada, oily malumotni esa Gettingen universitetida, tibbiyot yonalishida olgan. U avvaliga Yena, Bayreyt va Nyurnberg shaharlarida xususiy t5arzdagi shifokor-vrach bolib ish olib boradi. 1818 yilda esa Berlinga joylashib, ilmiy faoliyatini boshlab yuboradi. Tez orada uni Berlin Fanlar Akademiyasiga azolikka qabul qilishadi.

Zeebekning ilk ilmiy muvaffaqiyatlari optika sohasida bolgan. Xususan u farang fizigi Bio bilan deyarli bir vaqtniong ozida, bir va ikki oqli kristallardagi yoruglik qutblanishi hodisasini kashf etadi. Shuningdek uning, akustikaga doir bolgan, tovush chiqarayotgan jismning harakatining, tovush balandligiga tasiri borasidagi tadqiqotlari, hamda, Quyuosh spektridagi issiqlik nurlanishlarining taqsimlanishining tadqiqotlariga bagishlangan izlanishlari, katta shuhrat keltirgan. Bundan tashqari olim, yoruglikning jismlarga otkazadigan kimyoviy tasiri borasidagi izlanishlari ham malum.
Tomas Iogann Zeebek ochgan va hozirgi kunda ham ozining katta samaradorligi bilan afzalliklarini namoyon qilib kelayotgan eng ajoyib kashfiyot esa bu termoelektr hodisasidir. Unga kora, ikki xil turli jinsli metallar juftligidan tayyorlangan otkazgich simlardan iborat termojuftlikning ozaro kavsharlangan bir uchini issiqlik obyektiga tushirilsa, issiqlik tasirida simlarda elektr yurituvchi kuch (EYuK), simlarning erkin uchlarida esa potensiallar farqi yuzaga keladi. Ushbu farqni (kuchlanishni) olchash orqali, obyektdagi harorat haqida malum axborotga ega bolish mumkin boladi. Ushbu effekt fanda, olimning sharafiga, uning nomi bilan Zeebek effekti deb atala boshladi va Iogann Zeebek, termopara asbobining ilk ixtirochisi sifatida tarixda qoldi. Zeebek 1821 yilda yasagan ilk termopara, mis-vismut juftligidan iborat bolgan. Uning 1821 yilda Prussiya Fanlar Akademiyasiga taqdim qilgan Bazi rudalar va metallarda, haroratlar farqi yuzaga kelgan sharoitlarda paydo boluvchi magnit qutblanishi masalalari nomli asarida, ozining mazkur sohaga oid tajribalari va natijalarini bayon qilgan bolib, ushbu ish, Prussiya Fanlar Akademiyasining 1822 yildagi hisobotlarida chop etilgan.

Tomas Iogann Zeebek, 1831-yilning 10-dekabrida Berlinda vafot etgan.

 

Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman.

Bernxard Rimanning ishlari, XIX asr aniq va tabiiy fanlar sohasidagi eng buyuk ilmiy yutuqlar sirasiga kiradi. Uning ilmiy ishlari bayonini, kichik bir kitobchaga joylashtirish mumkin, biroq, ularning mazmun mohiyati, oz vaqtida ham, hozirda ham haqiqiy ilmiy hayratlarga sabab bolib kelmoqda. Riman XIX asr ilm fani samosining eng yorqin yulduzlaridan biri bolgan...

Georg Fridrix Bernxard Riman, 1826 yilning 17 sentyabrida, Germaniyaning Gannover shahri yaqinidagi kichikroq bir qishloqda tavallud topgan. U oilada 4 qiz va 6 farzandning ikkinchisi bolib, otasi Napoleon yurishlari qatnashchisi, Lyuteran cherkovi pastori, onasi esa ishlari unchalik yurishmagan advokatning qizi bolgan ekan. Ularning oilasi kamtarona hayot kechirgan. Farzandlarni maktabda oqitish uchun rozgordan pul orttira olmagan ota-ona, ularga uyda, oz qaramogida talim berishga majbur bolishgan. Rimanning arifmetikaga bolgan qiziqishi va istedodi 6 yoshidayoq yuzaga chiqib, unga bu borada dars berishga otasining bilimlari cheklanib qoladi. Shunda Rimanning otasi, taxminlarga kora, Lyuteran cherkovidagi hamkasblaridan, yoki, doimiy ibodatga keluvchi xudojoylardan biri bolgan Shults ismli kishi bilan, oglining matematika borasida oqishi yuzasidan kelishuvga erishadi. Biroq tezkorlik bilan Shultsning ham Rimanga orgatadigan narsalari qolmaydi. Shults, istedodli oquvchisining otasiga, oglining qobiliyati ozinikidan yuksakroq ekani, hamda, uni kuchliroq ustoz qaramogiga berish lozimligi haqida tan olib qaytarib kelgan ekan. Riman qolgan bilimlarni mustaqil ravishda egallashga majbur bolgan. 14 yoshida u ozi istedodi va tirishqoqligi bilan orta maktab rahbariyatini qoyilqoldiradi va uni maktabga qabul qilishadi.

Anchayin xudojoy va Lyuteran etiqodiga sodiq bolgan otasi, Rimanni ham cherkov xizmatiga kirishni va ilohiyot bilan shugullanishini istagan. Biroq, yetishib chiqayotgan yosh istedod egasining qors va yopiq xarakteri, bunday rejalarni yuzaga chiqishiga tosqinlik qilgan. U doimo, kopchilik oldida gapirishga va kishilar bilan chiqishib ketishga qiynalgan. Kopincha oz dunyosiga shongib ketib, xayolida matematik gipotezalar ustida tinmay fikrlar ekan.

Yangilаndi: 04.08.2014 08:20
 

Mendeleyev haqida 11 fakt.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Mendeleyev haqida 11 fakt.

Mendeleyev jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoshgan buyuk olimlardan biri. Kopchiligimiz uni odatda, maktab kimyo xonasidagi sersoqol portreti hamda, uning nomi bilan ataluvchi, kimyoviy elementlar davriy jadvali orqali bilamiz. Ushbu maqolamizda esa, mashhur kimyogarning hayotiga oid biz bilmagan yana boshqa qirralari haqida fikr almashamiz...

Oilada 17-chi farzand.

Dmitriy Mendeleyev, Tobol shahri gimnaziyasining direktori lavozimida ishlagan Ivan Pavlovich Mendeleyev oilasidagi 17-farzand bolgan. Osha vaqtlarda, bunchalik kop bolali oilaga ega bolish, rus ziyolilari orasida nihoyatda kam urf bolgan hodisa sifatida qaralgan. 17 ta farzand deganda, ajablanib yoki, hayratlanib qarashdan oldi, Ivan Pavlovichning Dmitriydan oldingi nechta farzandi yashab ketganiga ham etibor qaratish zarur: 17-chi farzanddan avvalgilaridan faqat ikki ogil va 5 qiz hayotda yashab ketgan. Dmitriydan avvalgi 8 ta aka-opalari chaqaloqligidayoq olib ketgan, ulardan uchtasi esa, olik tugilgan ekan...

Yangilаndi: 21.07.2014 04:05
 

Rene Dekart

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Rene Dekart

(15961650)

Men fikrlayapman, demak, men ? mavjudman!

Dekart.

Rene Dekart 1596 yilning 31-mart kuni, Fransiyaning Turen hududidagi kichik Lae shaharchasida dunyoga kelgan. Dekartlar oilasi, qadimiy, biroq kambagallashib, obrosi pasayib qolgan zodagonlar urugidan bolishgan ekan. Uning otasi Renn sharida sudya bolib ishlagani uchun, kop vaqtini osha yerda otkazgan va Laega juda kam kelgan. Tugruqning ogir kechganligi sababidan, uning onasi, bir necha kundan keyin tugruq asoratlari tufayli olamdan otgan. Rene uchun ham tabiblar soglomlik va chidamlilikni bashorat qilishmagan, sababi u ham onadan tugilganida juda nimjon bolgan ekan. U haqiqatan ham balogatga yetgunicha quruq yotal va doimiy holsizlikdan aziyat chekib, yuzi doimiy oqargan qiyofada hayot kechirgan. Uning bolalik damlarini, onasi tomondan buvisining qaramogida, iqlimi yumshoq va ajoyib bog-rogalri bilan mashhur bolgan Turenda otdi. Dekart osha yerdagi iezuitlar kollejida, 1612 yili, 8 yillik maktabni tamomladi.

Yangilаndi: 09.02.2014 09:46
 

Uilyam Garvey. Qon aylanish doirasining kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Uilyam Garvey.

Katta va kichik qon aylanish doirasi.

(15781657)

Hozirgi kunda oddiy maktab oquvchisidan tortib, deyarli barcha savodli kishilar uchun kundek ravshan bo'lgan, juda sodda tushuntiriladigan shunday ilmiy haqiqatlar borki, ularni qachonlardir odamlar umuman bilishmagani, odamlardan bazilari, yani olimlar bu haqiqatni ochib, hattoki isbotlab berishganida ham u haqida kopchilik doimiy shubhada bolganini tasavvur qilish mushkul. Shunday yaqqol ilmiy haqiqatlardan biri tirik organizmlardagi katta qon aylanish tizimi haqidagi haqiqat ayniqsa qiyinchilik paydo bo'lgan va odamlar tomonidan qabul qilinishi ham goyat mushkul kechgan.

Deyarli bir yarim ming yil davomida Galen shaxsi va uning talimoti butun tibbiyotda katta hukmronlik qildi. Unga kora, odamlar arterial va venoz qonlari mohiyatan umuman boshqa-boshqa suyuqliklar bolib, ulardan birinchisi tanaga harakat va issiqlik, ikkinchisi esa, ozuqa moddalar yetkazib berish uchun xizmat qiladi degan yanglish tushunchada edilar. Boshqacha fikrlar bolishi mumkin emas edi. Chunki bu fikrga qarshi fikrni ilgari surgan yoki, unga nisbatan shubhali va yangicha goyalarni ortaga tashlagan har qanday kishi, xoh u olim, xoh oddiy tabib bolsin ota jiddiy jazolanar edi. Galen talimoti ortida butun boshli nasroniy cherkovi turardi va orta asrlar sharoitida bu kopchilik ilgor fikrli kishilar uchun hayot-mamot masalasiga aylanardi. Masalan, 1533 yilda Ispaniyalik tabib Migel Servet cherkov ruhoniylari tomonidan dahriy deb elon qilindi. Sababi u ozi yozgan tibbiyotga oid risolasida, ozi kashf etgan kichik qon aylanish tizimi haqida bir necha sahifalik tafsilotlarni bayon qilgan edi. Oqibatda cherkov uni omma koz ongida xudo yuz ogirgan dahriy sifatida, ozining bidatchi kitobi bilan birgalikda gulxanda yondirildi. Faqat tasodif tufayligina Servet yozgan risolaning uch nusxasi Jenevada saqlanib qolgan edi. Umuman olganda, qon aylanish tizimini tadqiq qilgan ilk olimlar xuddi Migel Servet singari, tom manoda cherkovning xurofot va johiliyat alangasida qovurilib chiqishga majbur bolishgan. Ular kop emas Migel Servetdan tashqari, Bolonyalik Karlo Ruini, Pizalik Andrea Chezalpino hamda Angliyalik Vilyam Garveylar tirik organizmlarda qon aylanishi tizimlarini ilmiy tekshirgan ilk olimlar hisoblanishadi. Aynan Uilyam Garvey bu masalada oxirgi nuqtani qoygan bolib, uning xizmatlari, tibbiyotning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega boldi.

Yangilаndi: 25.01.2014 04:45
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 5 sahifasi, jami 7 sаhifа
Banner

Buyuk alloma ajdodlarimiz

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2646179

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)