Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Olimlar
Olimlar

Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘gan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim» va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘imida, ilm uyini obod qilgan buyuk olimlar, alloma vatandosh - ajdodlarimiz va jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Yan Diderik Van der Vaals

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Yan Diderik Van der Vaals

Yan Diderik Van der Vaals (gollandcha Johannes Diderik van der Waals) golland fizigi, gaz va suyuqliklarning agregat holatlarining yagona fizik tamoyilga asoslanishini tasdiqlovchi holat tenglamasini keltirib chiqarganligi bilan mashhur bolgan olim. Uning asosiy ilmiy ishlari, nazariy va molekulyar fizika sohalariga taaluqlidir. Fizika boyicha 1910-yilgi Nobel mukofoti laureati.

Yan Diderik Van der Vaals 1837 yilning 23-sentyabrida Gollandiyaning Leyden shahrida tugilgan. Orta maktabni tugatgach, Leydendagi boshlangich maktablarning birida dars berish bilan ish boshlagan. Bir vaqtning ozida, Leyden universitetiga, haqiqiy talabalik huquqlaridan farq qiluvchi - erkin tinglovchi maqomi bilan, maruzalar tinglash uchun doimiy qatnagan. Chunki, osha vaqtdagi Gollandiya davlatining ayrim qonunlariga kora, Van der Vaals oliy talim muassasasida oqish huquqiga ega bolmagan. Shunga qaramay u, 1862-1865 yillar davomida, Leyden universitetining asosiy maruza va seminarlarining barchasiga muntazam qatnagan. Shu tarzda, u ozining orta maktablarda fizika va matematikadan dars berish huquqini bruvchi sertifikatining tadbiq doirasini kengaytirishga muvaffaq bolgan. 1864 yildan boshlab u Deventer shahar orta maktabida oqituvchilik qila boshlaydi. Ikki yildan song, ya'ni 1866 yilda u Gaagadagi orta maktablarning biriga ishga otadi va keyinchalik osha muassasada direktor lavozimiga tayinlanadi. 1869-yilda, molekulalar orasidagi ozaro tasir kuchlarini kashf qildi va keyinchalik ushbu kuchlar, olimning nomi bilan vandervaals kuchlari deb yuritila boshladi.

 

Lyudvig Eduard Boltsmann

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Lyudvig Eduard Boltsmann

Lyudvig Eduard Boltsmann (nemischa Ludwig Eduard Boltzmann) Avstriyalik fizik-nazariyotchi. Molekulyar-kinetik nazariya hamda, statik mexanika asoschisi. Uning ilmiy ishlari asosan, gazlarning kinetik nazariyasi, kapilyar hodisalari, elastiklik, optika, matematika va albatta termodinamika sohalariga bagishlangan.

Lyudvig Boltsmann 1844 yilning 20-fevralida, Avstro-Vengriya imperiyasining poytaxti bolgan Vena shahrida tugilgan. Ularning oilasi avvaliga Vels, keyin esa Linz shaharlariga kochib otishgan bolib, Boltsmann boshlangich va orta talimni aynan Linz gimnaziyasida olgan. 1866 yilda Vena universitetiga oqishga kirib, mashhur fizik olimlar Loshmidt va Stefan qol ostida talim oladi. Aynan shu yili u, gazlarda tashqi potensial maydonda joylashgan ideal gazning impuls boyicha ham, koordinata boyicha ham bir tekis taqsimlanishi (Boltsmann taqsimoti) formulasini keltirib chiqargan edi. 1867 yildan boshlab, ozi oqiyotgan universitetda, fizik olim Yozef Stefanning assistenti bolib ishlay boshlaydi. Ikki yillik assistentlik faoliyatidan song, uni Grats universitetiga, matematik fizika boyicha professor lavozimiga ishga taklif qilishadi va Boltsmann ushbu oliygohda maruzalar oqiy boshlaydi.

 

Kammerling-Onnes Heyke

E-mail Chop etish PDF

Kammerling-Onnes Heyke

Heyke Kammerling-Onnes (gollandcha Heike Kamerlingh Onnes) golland fizik va kimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga erishgan olim hisoblanadi. Uning oz davri uchun rekord hisoblangan 0.9 K haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika boyicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy doiralardagi hazilomuz unvoni Janob Mutlaq nol bolgan.

Kammerling-Onnes 1853 yilning 21-sentyabr kuni, Gollandiyaning Groningen shahrida tugilgan. Orta talimni oz shahridagi maktabda tamomlagach, 1870 yilda Groningen universitetining fizika va matematika bolimiga oqishga kiradi. Keyinroq oliy talimni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qol ostida davom ettiradi. 1873 yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882 yillar davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida maruzalar oqiy boshlaydi. 1882 yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy talim muassasalaridan biri bolmish Leyden universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qilib oladi.

Kammerling-Onnesning doktorlik dissertatsiyasi oziga xos mavzuda bolib, unda olim Yerning oz oqi atrofida aylanishini gayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883 yilda himoya qilingan mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab bolib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yol ochib bergan edi.

 

Ralf Govard Fauler

E-mail Chop etish PDF

Ralf Govard Fauler

Ralf Govard Fauler (inglizcha Sir Ralph Howard Fowler) ingliz fizik-nazariyotchisi, astrofizik, matematik. Nazariy astrofizikaga tamal toshini qoygan ilk olimlardan biri. Uning ilmiy ishlari asosan, statik mexanika, kvant nazariyasi, matematika hamda, termodinamika fanlariga bagishlangandir.

Ralf Fauler, 1889 yil 17 yanvar sanasida, Buyuk Britaniyaning Esseks grafligidagi, Roydon yerida, ishbilarmon va sportchi oilasida tugilgan. Boshlangich talimni 10 yoshigacha uyda, yollanma murabbiy nazoratida olgan. Keyinchalik esa, Horris Hill orta maktabiga oqishga otgan. Orta talimni, 1902-1908 yillar davomida Vinchester maktabida tamomlagan. Ralf Faulerning istedodi, maktab yillaridayoq yuzaga chiqqan bolib, u Vinchester maktabidagi oquvchilik yillaridayoq, tabiiy fanlar va ayniqsa, matematika boyicha bir necha nufuzli mukofotlarni qolga kiritgan. U 1906 yilda, Kembrij universitetining maxsus stipendiyasiga sazovor bolib, universitetda oqish uchun yollanmaga ega bolgan. 1908 yilda maktabni bitirgach, Fauler, Kembrijga, matematika yonalishiga oqishga kiradi va mazkur oliygohni 1911 yilda bakalavr darajasi bilan tamomlaydi. 1913 yilda, uning matematika borasidagi ilmiy yutuqlari uchun Relay mukofotin bilan taqdirlanadi va universitet qoshidagi Triniti kollejiga ishga qabul qilinadi. Fauler, 1915 yilda, Kembrij universiteti magistri diplomiga ham ega boladi. Bu vaqtda u, ikkinchi darajali differensial tenglamalarni yechishning oziga xosliklari masalalarida ilmiy izlanishlarni boshlagan edi.

 

Valter Germann Nernst

E-mail Chop etish PDF

Valter Germann Nernst

Valter Germann Nernst (nemischa Walther Hermann Nernst) olmon kimyogari, kimyo boyicha 1920 yilgi Nobel mukofoti sohibi. Termodinamika fani va ayniqsa kimyoviy termodinamika sohasiga ulkan hissa qoshgan olim. Nobel mukofotini ham aynan termodinamika sohasida, aniqrogi, Termodinamika borasidagi ishlarining etirofi uchun berilgan.

Valter Nernst 1864 yil 25 iyunda Sharqiy Prussiyaning (hozirda Polsha tarkibida) Pomeraniya olkasi, Brizen sharida tugilgan. 1887 yilda Vyurtsburg universitetini tamomlagan. 1891-1902 yillar davomida Gettingen universiteti professori lavozimida ishlagan. 1902 yilda etiboran 1933 yilgacha Berlin universitetida, professor unvoni bilan faoliyat yuritgan. Nernst shuningdek, 1905-1933 yillar davomida, Berlin kimyo Instituti direktori, 1924-1933 yillar ichida esa, Berlin universiteti qoshidagi Fizika Instituti rahbarligi ishlarini ham qoshib olib borgan.

Nernstning ilmiy ishlari asosan, past haroratlar fizikasi, fizik kimyo va albatta termodinamika sohalarida bolib, u 1886 yilda Nernst-Ettingsxauzen effekti, ya'ni, jismda harorat gradienti mavjud bolgan holda, unda tashqi magnit maydoniga perpendikulyar tarzda elektr maydoni yuzaga kelishi hodisasini kashf qilgan. Olim, Uitston koprigi (olchovchi koprik, elektrotexnika atamasi) yordamida otkazgichlarning dielektrik singdiruvchanliklarini aniqlash uslubini ishlab chiqqan.

 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 7 sаhifа
Banner

Buyuk alloma ajdodlarimiz

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2646179

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)