Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Uglerod zanjirlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Uglerod zanjirlari

Organik birikmalarning xilma xilligi Uglerod atomining boshqa atomlar bilan o‘zaro bog‘lanib, zanjir hosil qila olishi tufaylidir. Bunday zanjirlarning uzunligi hech narsa bilan cheklanmaydi va ular o‘ta murakkab yo‘nalishlarda tarmoqlanishi mumkin.

Eng sodda organik birikmalar faqatgina uglerod (C) va vodorod (H) atomlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday bog‘lanishga ega moddalar uglevodorodlar deyiladi. Uglevodorodlar juda foydali moddalardir. Ular aralashma holatida neft mahsulotlari va tabiiy gaz tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Bundan tashqari uglevodorodlar turli tuman mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy hom-ashyo hisoblanadi.

Yangilаndi: 18.03.2018 12:45
 

Meteoritlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Meteoritlar

Meteoritlar Yerga sayyoralararo fazodan qulab tushuvchi tosh yoki temir jinslaridan tarkib topgan osmon jismlarining parchalaridir. Meteoritning yerga tushishi yorug'ik ajralib chiqishi, tovish va meaxnik effektlari hamrohligida kechadi. Osmonda yorqin olovli shar hosil bo'ladi va uning dumi, undan har tarafga tarqalayotgan uchqunlari kuzatiladi. Tunda bolid yuz kilometrgacha bo'lgan yon atrofni yoritishi mumkin. Meteorit kelib urilishi natijasidagi zarba to'lqini, gurunt va inshootlarning sezilarli darajadagi tebranishlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Eng katta Meteorit - temir jinsidan tarkib topgan Gobi deb nomlangan bo'lib, u g'arbiy afrikadan 1920-yilda topilgan, massasi 60 tonnani tashkil qiladi. Odatda Meteoritning massasi bir necha yuz grammlardan ortmaydi, nisbatan kattalari 1-2 kilogramm atrifida bo'ladi. Meteorit yerda mavjud kimyoviy elementlardan tarkib topgan bo'ladi. Bu elementlar, huddi yerdagi singari o'zari birikmalar hosil qilishi mumkin.

Yangilаndi: 14.02.2025 08:10
 

Kometalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Kometalar

Kometalar - Quyosh tizimidagi eng g‘aroyib obyektlardan bo‘lib, odatda yorqin yumaloq yadro - kalla qismi va unga ergashuvchi dumi bor bo‘lgan osmon jismi sifatida gavdalanadi. Kometalar Quyoshga 4-5 a.b. masofagcha yaqinlashganidagina kuzatilishi mumkin bo‘la boshlaydi. Kometaning yadrosi, ya'ni kallasi muzlagan holatda bo‘lib, u quyosh atrofida davriy, lekin, juda ajoyib orbita bo‘ylab aylanadi. U davriy ravishda quyoshga juda yaqin keladi va undan o‘ta uzoqlashadi. Kometa yadrosi Quyoshga 4 a.b. masofaga yaqinlashib kelganida, uning muzlagan jismini quyosh nurlari qizdira boshlaydi. Undan, gaz va changlar ajralib chiqib, quyoshning yoritishi natijasida, qorong‘u osmonda ko‘zga yaqqol ko‘rina boshlaydi. Kometa atmosferasi quyosh shamoli, quyosh yorug‘ligi bosimi va kometaning ilgarilanma harakati ta'sirida uzliksiz ochiq fazoga sochilib boradi va bu kometaning dumini keltirib chiqaradi. Kometa kallasi va dumi aniq chegaralarga ega bo‘lmaydi. U yadroning hajmi va kometaning quyoshga yaqinlashish darajasiga ko‘ra, kattalashib boradi. Kometa kallasi va dumining o‘lchamlari ajralib chiqayotgan gaz va changlarning intensivligiga chambarchas bog‘liq.

Kometa kallasining ko‘ndalang kesimi bir necha yuz kilometrlargacha bo‘lishi mumkin. 1680 yilgi kometa va 1811-yilgi yorqin kometada bu ko‘rsatkich 1000000 km dan ham ziyod bo‘lgan. Dum uzunligi esa 300 million kilometrgacha cho‘zilgan bo‘lib, bu yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofdan 2 barorbar kattadir!

Yangilаndi: 19.03.2018 08:28
 

Asteroidlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Asteroidlar

Asteroidlar - juda kichik o'lchamlardagi sayyoralardir. Ular asosan Mars va Yupiter orbitalar orasidagi fazoda harakatlanadilar. Asterodlarning o'lchamlari bir necha yuz kilometrlargacha bo'lishi mumkin. Eng kichik asteroidlarning diametri 1 km atrofida bo'ladi. Asteroidlarda atmosfera mavjud bo'lmaydi.

1781-yilda Uilyam Gershel Uran sayyorasini ochdi. Uranning Quyoshdan uzoqligi Titsius-Bode qonuniyatiga muofiq kelardi. Agar haqiqatan ham Titsius-Bode qonuniyati butun Quyosh tizimida amal qilsa, demak, Mars va Yupiter oralig'ida ham qandaydir sayyora bo'lish zarur edi. Shuni inobatga olib, XVIII-asrning 90-yillarida Frans Ksaver, 24 nafar astronom olimdan iborat ishchi guruh tuzib, Quyoshdan tahminan 2.8 a.b. masofada, ya'ni, Mars va Yupiter oralig'idagi sayyorani qidirish ishlarini olib bordi. Biroq fan tarixidagi dastlabki asteroid - "Serera" tasodifan, 1801-yil, 1-yanvarda, Ksaver ishchi guruhiga mutlaqo aloqasi bo'lmagan Ilatliyalik astronom Piatssi tomonidan kashf etildi. Bu yangi yuz yillikning birinchi tuni edi. Keyingi uch asteroid, Pallada, Vesta, va Yunona 1801-1807 yillar orasida kashf etildi. Vestadan keyin uzoq vaqt astronomik kuzatuvlar besamar ketib, boshqa asteroid koinotda yo'q degan fikrga ham kelib qolindi. Keyingi, navbatdagi asteriod topilgunicha esa 38 yil vaqt o'tdi. Uni Karl Lyudvig Xenke topdi va "Asteya" deb nomladi. Xenke sal kam 2 yildan so'ng "Gebu" asteroidini ham aniqladi. Shundan so'ng astonomlar yana faol ravishda yangi asteroidlarni qidirishga tushdilar. Shundan so'ng, ya'ni, 1845 yildan boshlab, har yili kamida bitta asteroid kashf etib kelinmoqda. Bu jarayonda faqat 1945 yil istisno bo'lib, mazkur yilda fanda birorta ham yangi asteroid qayd qilinmagan.

Yangilаndi: 05.02.2025 15:29
 

Uran

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 26
Juda yomon!A'lo! 

Uran

 

Uran - Quyosh tizimidagi tartib bo'yicha yettinchi, hajmi bo'yicha esa Yupiter va Saturndan keyingi uchinchi sayyoradir. Uran sayyorasini tungi osmonda qurollanmagan ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi va shu tufayli uzoq asrlar davomida mazkur sayyora haqida odamlar bilishmagan. Uranni 13-mart, 1781-yilda ingliz astronomi Uilyam Gershel kashf etdi. Gershelning kashfiyotiga qadar ham Uranni boshqa olimlar ham kuzatishgani ma'lum, lekin ular har safar bu sayyorani oddiy yulduz sifatida qabul qilaverishgan. Masalan, uni 1690-yilda Jon Felmstid 6 marta kuzatib, biroq uni Buzoq yulduz turkumiga mansub 34-yulduz sifatida qayd etadi. 1750-1769 yillar orasida farang astronomi Pyer Sharl le Monyer ham Uranni 12 marta kuzatib, baribir uni yulduz sifatida qabul qiladi. Umuman olganda Gershelgacha bo'lgan vaqtda Uran 21 marta astronomlarning teleskopi obyektivida namoyon bo'lgan. biroq uning quyosh tizimidagi tartib bo'yicha yettinchi sayyora ekanligini aynan Uilyam Gershel hammadan avval fahmladi.

Yangilаndi: 13.02.2025 08:09
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 11 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12379209

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis