Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Chasar ko‘pyog‘i

E-mail Chop etish PDF

Chasar ko‘pyog‘i

Ko‘pyoqlar, yoki, poliedrlar bu - qirralari orqali o‘zaro biriktirilgan ko‘pburchaklardan tashkil topgan uch o‘lchamli jismlar bo‘ladi. Bir yog‘idagi juft uchlarini qaralganda, ular o‘zaro umumiy qirra bilan tutashadigan bo‘lib chiqadigan poliedrlar mavjudmi va ular necha xil? Albatta, bunday poliedrlar mavjud. Lekin ular atiga ikki xil (ikkita) xolos. Yoqlari uchburchaklardan tashkil topgan piramida - tetraedrni odamlar qadimdan yaxshi bilishadi. Tetraedrning istalgan ikkita uchini qarasangiz, ularni umumiy qirra tutashtirib turgan bo‘ladi. Ya'ni, uning diagonallari bo‘lmaydi. e'tibor bering, tetraedrning oltita qirrasi, to‘rtta uchi va to‘rtta yog‘i bo‘ladi.

Yangilаndi: 21.12.2017 16:55
 

χ2 kriteriysi

E-mail Chop etish PDF

χ2 kriteriysi

Ba'zan olimlar shunday muammo bilan to‘qnash kelishadi: nazariyani shakllantirish vaqtida hisob-kitob qilingan va kutilgan ehtimoliy natijalar, amaliy tajriba-kuzatuvlardagi qayd etilgan real holat bilan mos kelmaydi. Masalan, gardkam toshlarini ketma-ket tashlayvergan bilan, ehtimollar nazariyasidan kelib chiqqan hisob-kitoblardagi ehtimollik qayd etilmasligi mumkin. Ya'ni, tushayotgan toshlar bilan kutilgan natija orasidagi farq juda katta bo‘lib ketadi. Bunda turli xil taxminlar ilgari surila boshlaydi. Masalan, kimdir, o‘sha gardkam toshlarining nosimmetrik ekanini aytsa, yana boshqa odamning miyasiga, toshlarning og‘irlik markazi noto‘g‘ri ekani haqidagi fikr keladi.

Yangilаndi: 18.12.2017 16:27
 

Neyl yarim kubik parabolasining yoy uzunligi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Neyl yarim kubik parabolasining yoy uzunligi

Matematika tarixida notrivial algebraik egri chiziqning yoy uzunligini aniqlagan ilk olim Angliyalik Uilyam Neyl (1637-1670) bo‘ladi. Uilyam Neyl 1657-yilda yarim kubik parabola deb nomlanadigan va y2=ax3 tenglama orqali ifodalanadigan egri chiziq uchun yoy uzunligini hisoblashning uddasidan chiqdi. Agar tenglamani y=–bx3/2 tarzida shakl almashtirishga keltirilsa, nima sababdan egri chiziqni yarim kubik deb nomlanishi oydinlashadi va «kubning yarmi» masalaga qayerdan aralashib qolayotganini payqash mumkin bo‘ladi. Neylning ushbu yo‘nalishda qayd etgan natijalari haqida yana bir yetuk matematik - Jon Vallis (1616-1703) tomonidan 1659-yilda e'lon qilingan «Sikloida haqida» nomli asarda alohida to‘xtalib o‘tilgan va butun dunyo ilmiy jamoatchiligiga ma'lumot yetkazilgan. Qizig‘i shundaki, Neylning mazkur ishigacha matematikada faqat logarifmik spiral va sikloida singari transendent egri chiziqlarning yoy uzunligini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan xolos edi.

Yangilаndi: 18.12.2017 16:37
 

Lantan

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Lantan

Lantan – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 57. La (lotincha Lanthanum so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Lantan siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi. 1803-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius tarkibi noma’lum bir mineralni tadqiq qilgan edi. O‘sha mineral keyinchalik serit nomini olgan. Mazkur mineral tarkibida ittriyli tuproq hamda, undan tashqari yana bir noma’lum modda borligi aniqlangan. Ushbu noma’lum moddani kimyogarlar vaqtincha nom bilan «seriyli tuproq» deb nomlashgan edi. Chunki, mineralning ushbu qismidan ko‘p miqdorda seriy elementi aniqlangan edi.

Yangilаndi: 06.01.2018 15:45
 

Seriy

E-mail Chop etish PDF

Seriy

Seriy – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 58. Ce (lotincha Ceres so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Seriy siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Seriyni 1803-yilda deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan mustaqil ravishda ikkita laboratoriyada kashf qilingan. Ulardan biri olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) bo‘lsa, ikkinchi kashfiyotchilar Shvetsiyalik Yens Yakob Berselius (1779-1848) hamda, Vilgelm Xeyzinger (1766-1852) sanaladi. Berselius va Xeyzinger seriyni Shvetsiyaning Vestmanland hududidagi Bastnes shaxtalaridan olinadigan temir va mis rudasidan aniqlashgan. Yangi kashf qilingan element uchun nom sifatida avvaliga Klaport tomonidan «Sereriy» nomi taklif qilingan edi. Lekin, Berseliusga bu nom ma’qul kelmagan va uning talaffuzga qiyinligiga ishora qilgan holda, nomni qisqaroq qilib «Seriy» deb qo‘yishni taklif qilgan. Ko‘pchilik tomonidan Berseliusning taklifi ma’qullangach, ushbu elementga mazkur nom biriktirilgan.

Yangilаndi: 02.02.2018 15:51
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota oz oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni oglim tili chiqib, birinchi sozini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 788
O'qilgan sahifalar soni : 3195775

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)