|
Mitti sayyoralar
XX-asrning oxirgi yillarida va XXI-asrning boshida Quyosh tizimining chetki qismida ko‘plab yirik osmon jismlari kashf etildi. Ular orasida Kvavar, Sedna va ayniqsa Erida alohida diqqatga sazovordir. 2005 yilning 5-yanvar kuni kashf qilingan Eridaning massasi, shu choqqacha Quyosh tizimining eng chetki sayyorasi hisoblanib kelinayotgan Pluton massasidan ham ≈21% ga yirikroq bo‘lib chiqdi. Shu tufayli XAI sayyoralar va asteroidlarning tasniflanishini qayta ko‘rib chiqish masalasiga duch keldi. 2006 yil Pragada bo‘lib o‘tgan XAIning XXVI Bosh Assambleyasida "sayyora", "asteroid" tushunchalariga rasmiy ta'rifni tasdiqladi va shuningdek, fanga yangi "Mitti sayyora" tushunchasini kiritdi. Unga ko‘ra, Quyosh atrofida davriy aylanadigan; gravitatsiya kuchlari ta'sirida gidrostatik muvozanatani saqlab tura oladigan; va shar shakliga yaqin shaklga ega bo‘lgan; ayni vaqtda, biror bir katta sayyoraning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmagan; o‘z orbitasida hokimlik qila olmaydigan (ya'ni, tevarak-atrofini boshqa osmon jismlaridan "tozalay"[1] olmaydigan) osmon jismi Karlik sayyora deb ataldi.
Yangilаndi: 09.10.2019 08:29
|
Pluton
OCHILISHI TARIXI
Nyuton mexanikasi qonuniyatlariga ko‘ra izlanishlar olib borgan astronom olim Urban Leverye, Uran orbitasidagi anomaliyalarga asoslanib, o‘sha vaqtlarda hali noma'lum bo‘lgan sayyora - Neptunning mavjud ekanligini ilmiy bashorat qilgan edi. 1846-yilda Neptun Leverye ko‘rsatib bergan joyda haqiqatan ham kashf qilindi. Biroq, keyingi kuzatishlar, Uranning orbital trayektoriyasiga Neptundan boshqa yana bir osmon jismi ham jiddiy ta'sir qilayotganligini ko‘rsatardi. Bu esa olimlar va jamoatchilik orasida yirik Transneptun osmon jismi, ya'ni to‘qqizinchi sayyoraning ham mavjud ekanligi haqidagi fikrlarning rivojlanishiga olib keldi. Natijada, 1906 yilda, Bostonlik millioner Persival Louell tomonidan, shartli ravishda "X-sayyora" deb nomlangan keng ko‘lamli loyiha ishlab chiqilib, to‘qqizinchi sayyorani qidirish ishlari boshlab yuborildi. Persival Louellning o‘zi 1894-yilda "Louell" Rasadxonasini tashkil etib, uni shaxsiy mablag‘i evaziga moliyalashtirib kelayotgan edi. 1909-yilda Louellning o‘zi hamda astronom Uilyam Pikeringlar tomonidan, "X-sayyora"ning joylashuvi taxmin qilingan ba'zi hisob kitoblar ishlab chiqildi. Qidiruv ishlari Persival Louellning vafoti yuz bergan 1916-yilgacha davom etdi. Aslida, Louell rasadxonasi 1915-yilning 15-mart kunida ilk marta Plutonning fototasvirini olishga muvaffaq bo‘lgan ekan. Biroq, tasvirning sifatining o‘ta yomonligi tufayli, rasadxona xodimlari bu haqida o‘zlari bilmay qolishgan.
Yangilаndi: 19.12.2018 07:57
Elektronlarning atomlardagi taqsimalnishi
Elektronlar atomlarda ma'lum qatlamlar - qobiqlar bo‘ylab taqsimlanadi va bu qobiqlar K, L, M, N, O, P, Q harflari bilan belgilanadi. Bu qobiqlar mos ravishda, asosiy kvant soni n=1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ga muofiqlikni ta'minlaydi. Yadroga eng yaqin qobiq bu - K qobig'i. Har bir qobiqdagi elektronlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdori 2n2 ifoda orqali aniqlanadi. Shu tarzda, biq kvantli qobiqda, (eng kichik radiusli qobiq - K da) ikkitadan ko‘p elektronlar bo‘lishi mumkin emas, ikkinchi, ikki kvantli qobiqda (L-qobiqda) 8 tadan ko‘p, M, N, O, hamda P, qobiqlarda esa mos ravishda 18, 32, 50, 72, va 98 tadan ortiq elektron bo‘lishi mumkin emas
Yangilаndi: 04.01.2019 12:13
Uranning tabiiy yo‘ldoshlari
Uran ham Saturn va Yupiter singari ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimiga ega. Hozirgacha Uranning 27 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan. Uran yo‘ldoshlariga Shekspir va Aleksandr Poup asarlari qahramonlari nomi berish qabul qilingan. Ulardan dastlabki ikkitasi - Titaniya va Oberonni Uran kashfiyotchisining o‘zi - Uilyam Gershel 11-yanvar, 1787-yilda ochgan edi. Yana ikkitasi - Ariel va Umbrielni 1851-yilda Uilyam Lassel kashf etgan. Bu vaqtda Uran yo‘ldoshlariga hali nom berilmagan edi. Ular sayyoradan uzoqlashish tartibida rim raqamlari bilan Uran I - Uran IV tarzida ifodalanar edi. Lassel kashfiyotlaridan keyin, 1852-yili Uilyam Gershelning og‘li Jon Gershel o‘sha vaqtda ma'lum bo'lgan Uranning 4-ta tabiiy yo‘ldoshga nom berdi. Mirandani esa 1948-yilda Jerard Koyper kashf etgan bo‘lib, qolgan yo‘ldoshlarni 1985-yildan keyin, unga Voyajer-2 yaqinlashgandan so‘ng va yerdagi kuchli teleskoplardan foydalanilib ochilgan. Masalan 1986-yilda Voyajer-2 yuborgan tasvirlar asosida Uranning 10 ta yangi tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. 1997-yilda esa sayyoradan ancha olisda harakatlanadigan yana 9 ta tabiiy yo‘ldoshlari topildi. 2001-yilda, Voyajer-2 yuborgan fotosuratlarni qayta tahlil qilish jarayonida, ilgari nazardan chetda qolgan yana bir tabiiy yo‘ldosh - Perdita kashf etildi. Xabbl teleskopi yordamida esa 2003-yili yana ikkita kichik yo‘ldosh - Kupidon va Mab aniqlangan bo‘lsa, 2003-yilning o‘zida, Uranning hozirgacha ma'lum tabiiy yo‘ldoshlaridan oxirgisi - Margarita qayd etildi.
Yangilаndi: 22.11.2018 14:58
Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari
Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari mavjudligi haqida 1609-yilda dastlabki bo‘lib uni teleskop orqali kuzatgan Galileo Galiley fikr yuritgan edi. Uning kuzatishlarida Saturn yagona yaxlit osmon jismi emas, balki o‘zaro tutashgan jismlardek taassurot uyg‘otganini yozadi. Lekin Galileyning o‘zi Saturnning yo‘ldoshlarini topa olmadi. 1659-yilda Xristian Gyugens yanada kuchliroq teleskop yordamida, Galiley kuzatgan hodisa aslida Saturnning halqalari ekanligini aniqlaydi. Shu yilning o‘zida u Saturnning eng yirik tabiiy yo‘ldoshi - titanni ham kashf etdi. 1675-yildan boshlab Kassini ham Saturnni jiddiy o‘rganishga kirishdi. U Saturn halqasi yaxlit bo‘lmay, balki o‘zaro bir-biridan aniq ajralib turuvchi alohida halqalardan iborat ekanligini aniqladi. Shuningdek Kassini Yapet, Tefiya, Diona va Reya tabiiy yo‘ldoshlarini kashf qildi. 1789-yilda U.Gershel Saturnning yana ikkita tabiiy yo‘ldoshini aniqladi - Mimas va Enselad. Keyinchalik Britaniyalik bir guruh olimlar tomonidan Giperion kashf etildi. 1899-yilda esa, Uilyam Pikering yana bir tabiiy yo‘ldosh - Febani kashf qildi. Febaning o‘ziga xosligi shunda ediki, u Saturn bo‘ylab, sinxron aylanmasdan balki 500 kundan ziyod muddatda, teskari yo‘nalishda harakatlanadi. 1944-yilda Jerard Koyper Saturnning tabiiy yo‘ldoshi - Titanda atmosfera mavjudligini aniqladi. Bu Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar orasida atmosferaga ega bo'lgan yagona va noyob yo‘ldosh hisoblanadi. XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida Saturnga yetib borgan kosmik apparatlar yordamida ushbu gaz gigantining yana bir necha o‘nlab tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. 2009-yilda sayyoraga eng yaqin tabiiy yo‘ldosh, diametri 300 metrlik S/2009 S-1, halqaga tashlagan soyasi orqali sezib qolindi. 2013-yilda Saturnning hozircha so‘nggi tabiiy yo‘ldoshi - Egeon tasnifga kiritildi. U 2008-yilda "Kassini" fazoviy apparatini tomonidan G halqasini o‘rganish vaqtida kashf etilgan edi. Keyinchalik uni ancha avvalgi tasvirlarda ham mavjud bo‘lib, faqat nazardan chetda qolganligi qayd etildi. Hozirgi kunda Saturnning jami 62 ta tabiiy yo‘ldoshi ma'lum.
Yangilаndi: 21.11.2018 17:40
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
Maqolaning 10 sahifasi, jami 27 sаhifа |