Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Uranning tabiiy yo‘ldoshlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Uranning tabiiy yo‘ldoshlari

Uran ham Saturn va Yupiter singari ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimiga ega. Hozirgacha Uranning 27 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan. Uran yo‘ldoshlariga Shekspir va Aleksandr Poup asarlari qahramonlari nomi berish qabul qilingan. Ulardan dastlabki ikkitasi - Titaniya va Oberonni Uran kashfiyotchisining o‘zi - Uilyam Gershel 11-yanvar, 1787 yilda ochgan edi. Yana ikkitasi - Ariel va Umbrielni 1851 yilda Uilyam Lassel kashf etgan. Bu vaqtda Uran yo‘ldoshlariga hali nom berilmagan edi. Ular sayyoradan uzoqlashish tartibida rim raqamlari bilan Uran I - Uran IV tarzida ifodalanar edi. Lassel kashfiyotlaridan keyin, 1852 yili Uilyam Gershelning og‘li Jon Gershel o‘sha vaqtda ma'lum bo'lgan Uranning 4-ta tabiiy yo‘ldoshga nom berdi. Mirandani esa 1948 yilda Jerard Koyper kashf etgan bo‘lib, qolgan yo‘ldoshlarni 1985 yildan keyin, unga Voyajer-2 yaqinlashgandan so‘ng va yerdagi kuchli teleskoplardan foydalanilib ochilgan. Masalan 1986 yilda Voyajer-2 yuborgan tasvirlar asosida Uranning 10 ta yangi tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. 1997 yilda esa sayyoradan ancha olisda harakatlanadigan yana 9 ta tabiiy yo‘ldoshlari topildi. 2001 yilda, Voyajer-2 yuborgan fotosuratlarni qayta tahlil qilish jarayonida, ilgari nazardan chetda qolgan yana bir tabiiy yo‘ldosh - Perdita kashf etildi. Xabbl teleskopi yordamida esa 2003 yili yana ikkita kichik yo‘ldosh - Kupidon va Mab aniqlangan bo‘lsa, 2003 yilning o‘zida, Uranning hozirgacha ma'lum tabiiy yo‘ldoshlaridan oxirgisi - Margarita qayd etildi.

Yangilаndi: 18.12.2017 18:08
 

Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari

Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari mavjudligi haqida 1609 yilda dastlabki bo‘lib uni teleskop orqali kuzatgan Galileo Galiley fikr yuritgan edi. Uning kuzatishlarida Saturn yagona yaxlit osmon jismi emas, balki o‘zaro tutashgan jismlardek taassurot uyg‘otganini yozadi. Lekin Galileyning o‘zi Saturnning yo‘ldoshlarini topa olmadi. 1659 yilda Xristian Gyugens yanada kuchliroq teleskop yordamida, Galiley kuzatgan hodisa aslida Saturnning halqalari ekanligini aniqlaydi. Shu yilning o‘zida u Saturnning eng yirik tabiiy yo‘ldoshi - titanni ham kashf etdi. 1675 yildan boshlab Kassini ham Saturnni jiddiy o‘rganishga kirishdi. U Saturn halqasi yaxlit bo‘lmay, balki o‘zaro bir-biridan aniq ajralib turuvchi alohida halqalardan iborat ekanligini aniqladi. Shuningdek Kassini Yapet, Tefiya, Diona va Reya tabiiy yo‘ldoshlarini kashf qildi. 1789 yilda U.Gershel Saturnning yana ikkita tabiiy yo‘ldoshini aniqladi - Mimas va Enselad. Keyinchalik Britaniyalik bir guruh olimlar tomonidan Giperion kashf etildi. 1899 yilda esa, Uilyam Pikering yana bir tabiiy yo‘ldosh - Febani kashf qildi. Febaning o‘ziga xosligi shunda ediki, u Saturn bo‘ylab, sinxron aylanmasdan balki 500 kundan ziyod muddatda, teskari yo‘nalishda harakatlanadi. 1944 yilda Jerard Koyper Saturnning tabiiy yo‘ldoshi - Titanda atmosfera mavjudligini aniqladi. Bu Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar orasida atmosferaga ega bo'lgan yagona va noyob yo‘ldosh hisoblanadi. XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida Saturnga yetib borgan kosmik apparatlar yordamida ushbu gaz gigantining yana bir necha o‘nlab tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. 2009 yilda sayyoraga eng yaqin tabiiy yo‘ldosh, diametri 300 metrlik S/2009 S-1, halqaga tashlagan soyasi orqali sezib qolindi. 2013 yilda Saturnning hozircha so‘nggi tabiiy yo‘ldoshi - Egeon tasnifga kiritildi. U 2008 yilda «Kassini» fazoviy apparatini tomonidan G halqasini o‘rganish vaqtida kashf etilgan edi. Keyinchalik uni ancha avvalgi tasvirlarda ham mavjud bo‘lib, faqat nazardan chetda qolganligi qayd etildi. Hozirgi kunda Saturnning jami 62 ta tabiiy yo‘ldoshi ma'lum.

Yangilаndi: 31.01.2018 15:18
 

Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari:

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari:

 

Hozirda Yupiterning 67 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga - ichki va tashqi yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini - Io, Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610 yilda Galileo Galiley kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar va sayyoraga eng yaqin masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi fazoda harakatlanishadi.

Yupiterning eng katta, ya'ni, Galiley yo‘ldoshlari ichida, eng qiziqarlisi bu - Yevropa hisoblanadi. Chunki bu yo‘ldoshda, xuddi yerdagi kabi ulkan ummon mavjud bo‘lib, uning chuqurligi 90 km gacha yetadi. Yevropa ummonining hajmi, Yerdagi dunyo okeani hajmidan ancha katta. Olimlarning fikricha, Yevropadagi ummonda, bir hujayrali organizmlar uchun yetarli darajada hayot sharoiti mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Yevropaning sirti qalin muz qatlami va undagi keng yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan o‘ziga xosdir.

Io esa, astronomlarni o‘ta faol vulqonlari bilan o‘ziga jalb etadi. Ioda butun quyosh tizimidagi eng faol vulqonlar mavjud bo‘lib, yo‘ldosh sirti, vulqon chiqindi jinslari bilan qoplangan.

Gannimed esa, nafaqat Yupiterdagi, balki, butun quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida eng kattasi hisoblanadi. Uning sirti kraterlar bilan qoplangan va ulkan yoriqlar - daralar mavjud.Hozirda Yupiterning 67 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga - ichki va tashqi yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini - Io, Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610 yilda Galileo Galiley kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar va sayyoraga eng yaqin masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi fazoda harakatlanishadi.

 

Yangilаndi: 15.01.2018 22:09
 

Elementlarning nisbiy atom massalari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Elementlarning nisbiy atom massalari

Nazariy va amaiy fizika xalqaro ittifoqi va nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqlarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, avval qo‘llanilib kelgan fizik shkala bo‘yicha «atom massasi» hamda, kimyoviy shkala bo‘yicha «atom massasi» tushunchalari o‘rniga, yagona, «nisbiy atom massasi» tushunchasi bilan almashtirildi. Fizik shkala bo‘yicha atom massasi asosiga 16O kislorod izotopining atom massasi qabul qilinib, u 16 ga teng qilib belgilangan edi. Kimyoviy shkala bo‘yicha atom massasi uchun, kislorodning tabiiy izotoplarining aralashmasining 16O (99.759%), 17O (0.037%), 18O (0.204%) atom massasi - u ham 16 ga teng qilib belgilangan edi. Kimyoviy shkala bo‘yicha atom massasining son qiymatlari, fizik shkalaga nisbatan, 1.000275 marta kichikroq edi.

Nisbiy atom massasi uchun asos qilib, 12C uglerod atomining massasi qabul qilingan bo‘lib, u 12 ga teng. Bu ba'zan uglerod shkalasi bo‘yicha atom massasi ham deb yuritiladi. Uglerod shkalasi bo‘yicha atom massasining qiymatlari, kimyoviy shkaladagiga nisbatan 1.000043 marta kichik.

Quyidagi jadvalda, yer sharoitida mavjud elementlarning, shuningdek, sun'iy usulda olingan elementlarning ham nisbiy atom massalarining tavsiya etiladigan qiymatlari keltirilgan. Ko‘plab elementlarning atom massaslarining qiymatlari, natijaviy moddaning kelib chiqishi yoki, uning qayta ishlash usuliga bog‘liq. Shu sababdan, «izoh» ustunida quyidagi harfiy belgilar qo‘llanildi:

Yangilаndi: 16.03.2018 10:00
 

Cho'ktirish.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Cho'ktirish.


Moddalarni eritmalarda uch xil yo'l bilan: siqib chiqarish, vodorod ko'rsatkichni (vodorod ionlar konsentratsiyasini) o'zgartirish, yoki, erimaydigan birikmalarni hosil qilish bilan cho'ktirish mumkin. Agar ikki moddaning har biri alohida olinganida mazkur erituvchida erisa, bir-birida esa qiyin erisa, yaxshi eriydigan tegishli konsentratsiyada yomon eriydigan moddani siqib chiqaradi. Siqib chiqarishning ikki usuli: suvli eritmalarda organik yoki anorganik tuzlarni ishlatib, tuzga tushirish va ikki yoki undan ortiq o'zaro aralashuvchi erituvchilarni ishlatib cho'ktirish yuqorida aytilgan tamoyilga asoslangan.
Tuzga tushirish uchun anorganik yoki organik tuzni kukun yoki eritma holida modda eritmasiga qo'shiladi. Bu usul yordamida suv bilan qisman aralashadigan erituvchilar (spirtlar, efirlar, va ho kazo), organik kislotalar, aminokislotalar, peptidlar suvli eritmalardan ajratib olinadi. Cho'ktiruvchining tabiati yoki miqdorini o'zgartirib, eriydigan moddalarni erituvchilar aralashmasida qoldirib, moddalarni eritmadan tanlab cho'ktirish mumkin.
Erituvchilar bilan cho'ktirish moddaning yuqori haroratga sezgirligi tufayli kristallanishi mumkin bo'lmaganda yoki uning kristallanuvchanligi yomon bo'lganda qo'llaniladi (masalan polimerlarni cho'ktirishda).

"Yosh kimyoga"r ensiklopedik lug'atidan olindi

Yangilаndi: 23.09.2014 17:38
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 9 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 788
O'qilgan sahifalar soni : 3195769

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis