Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Haumea

E-mail Chop etish PDF

Haumea

Haumea (136108 Haumea) kattaligi jihatdan tortinchi orinda turuvchi karlik sayyora. Transneptun obyekt va Plutoid hisoblanadi. Uni ilk marta, bir biridan mustaqil ravishda Andalusiya Astrofizika instituti olimi Xose Luis Ortis hamda talaba Pablo Santos-Sanzlardan iborat Ispaniyalik ilmiy guruh, hamda, Kaliforniya Texnologiya universiteti olimlari Maykl Braun, Chedvik Truxilo va Devid Rabinovitslardan iborat ilmiy guruhlar kashf qilishgan. AQSHlik guruh Haumeani 6-may, 2004 yildagi fotosuratlar asosida, 2004 yilning 28-dekabrida kashf qilgan edi. Biroq, ilmiy guruh rahbari Maykl Braun, avvaliga tola ishonch hosil qilish uchun, qoshimcha dalillarni organishga kirishdi. U 2005 yilning 7-iyuliga yangi osmon jismining kashf qilingani haqida maruza-elon tayyorlagan edi. Lekin Oilaviy sabablarga (shu kuni Braun qiz farzand korgan edi) kora bu chiqishni keyinga surishga majbur bolgan. Bu orada, Ispaniyalik astronom olim va talaba, Kaliforniyadagi tadqiqotlardan mutloq bexabar holda, Serra-Nevada rasadxonasidagi 36-santimetrli teleskop yordamida Haumeani kashf etishdi. Ular olgan malumotlar Malyorka universitetida qayta tekshirib, tasdiqlangach, ispanlar oz kashfiyotlari haqida 2005 yilning 29 iyul kuni elon qilishdi.

Yangilаndi: 24.02.2014 02:47
 

Makemake

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Makemake

Makemake (136472 Makemake) kattaligi jihatdan uchinchi orinda turuvchi karlik sayyora. Transneptun obyekt va Plutoid hisoblanadi. Uni ilk marta Kaliforniya Texnologiya universiteti olimlari Maykl Braun, Chedvik Truxilo va Devid Rabinovitslardan iborat ilmiy guruh tomonidan, 2005 yilning 31-mart kuni, aniqlangan. 2005 yilning 29-iyul kuni, uning kashf etilganligi haqidagi xabar rasman elon qilindi. Unga dastlabki shartli nom 2005 FY9 Tarzida biriktirilgan edi. Uni ochgan ilmiy guruh rahbarining taklifiga kora, yangi obyekt Pasxa oroli mahalliy aholisi afsonalariga asoslanib Makemake deb nomlandi. XAI uni 136472 raqam bilan, 7-sentyabr 2006 yilda karlik sayyoralar turkumiga kiritdi. Makemake nomi esa rasman 18-iyul, 2008 yilda tasdiqlangan.

Makemake orbitasi arxiv fotosuratlari orqali 1955 yilgacha qayta tekshirilgan. Makemake orbitasi ekstsentrisiteti 0,162, katta yarim oqi esa 45,44 a.b. (6,8 milliard km). Makemake orbitasi ekliptika tekisligiga nisbatan 29 burchak ostida oggan. Quyoshga eng yaqinlashganda 38,05 (5.69 milliard km) va eng uzoqlashganda 52,82 a.b. (7.9 milliard km) masofada boladi. Yani Makemake Quyoshga Plutondan ham yaqinroq masofaga kelishi mumkin, biroq u hech qachon Neptun orbitasi ichiga kirmaydi.

Yangilаndi: 24.02.2014 02:44
 

Erida

E-mail Chop etish PDF

Erida

Erida (136199 Eris) karlik sayyoralar ichida eng yirigi. U kashf etilgan 2005 yilda, Quyosh tizimining 10-sayyorasi sifatida ham baholangan. Biroq 2006 yildan boshlab u karlik sayyoralar turkumiga kiritildi. Erida Transneptun obyekt va Plutoid hisoblanadi. Uni ilk marta Kaliforniya Texnologiya universiteti olimlari Maykl Braun, Chedvik Truxilo va Devid Rabinovitslardan iborat ilmiy guruh tomonidan, 2005 yilning 5-yanvar kuni, Samuel Oushin teleskopidan olingan 21-oktyabr 2003 yilga tegishli fotosuratlarni tahlil qilish jarayonida aniqlangan. Bir necha oylik kuzatuv va tahlillardan song, kashfiyot haqida 2005 yilning 29-iyul kuni elon qilindi.

Unga dastlab 2003 UB313 shartli nomi berilgan edi. Erida dastavval 10-sayyora deb hisoblangani uchun, unga astronomiya ananalariga muvofiq, qadimgi Rim va Yunon mifologiyasiga oid nom berishga qaror qilishdi. Ilmiy guruh rahbari Maykl Braunning ozi unga Prozerpina - Plutonning xotinining ismini berishni taklif qilgan. Undan tashqari Zena, Persefona va Lailo variantlari ham korib chiqilgan. Oxir oqibatda, Braunning ozi, qadimgi yunon janjal va adovat mabudasining nomi Eridani (????) tanlashni maqul kordi. XAI bu nomni 2006 yilning 6-sentyabr kuni rasman etirof etdi va ertasi kuni 7-sentyabrda Eridani karlik sayyoralar safiga kiritdi.

Yangilаndi: 24.02.2014 02:41
 

Serera

E-mail Chop etish PDF

Serera

Serera (1 Ceres) Asteroidlar belbogida joylashgan, Yerga eng yaqin karlik sayyora. Serera 1801 yilning 1-yanvar tunida Italiyalik astronom, Palermo universiteti olimi Juzeppe Piatssi tomonidan kashf qilingan. Mars Yupiter orasida biror bir sayyora mavjud bolishi haqidagi goya ilk marta olmon astronomi Iogann Elert Bode tomonidan bildirilgan bolib, u Titsius-Bode qonuniyatiga asoslangan edi. 1781 yilda Uilyam Gershel Uranni kashf etgach, uning orbital radiusi mazkur qonuniyatga mos bolib chiqdi. shunga kora astronomlar, Quyoshdan 2.8 a.b. masofada ham biror sayyora bolishi kerak degan fikr bilan, qidirish ishlarini boshlab yuborishdi. Buning uchun, Frans Ksaver fon Tsax boshchiligida, 24 nafar astronom mutaxassisdan iborat guruh tuzilib, ular tinimsiz kuzatuvlar olib borishga kirishishdi. Biroq, ularning barcha urinishlari zoe ketdi. Ulardan mustaqil ravishda, Palermo rasadxonasida kuzatuv olib borayotgan Piatssi, burj yulduzlari katalogidagi 87-yulduzni qidirish ishlari davomida, tasodifan korib qoladi. Piatssi avvaliga uni kometa deb oylaydi va bu haqida Berlinga, Iogann Bodega xat orqali malum qiladi. Tez orada, Piattsining ozi, bu osmon jismi, aynan Mars va Yupiter orasidagi sayyora ekanligini fahmlab qoldi va bu haqida, endilikda, tolaroq malumot va qiymatlar bilan batafsil xat yozib, ham Bodega, ham, Parijlik olim Jerom Lalandga yolladi. Piatssining malumotlaridan kelib chiqib, mashhur matematik olim Karl Fridrix Gauss, Sereraning orbitasini hisoblab chiqdi. uning natijalariga kora, 1801 yilning dekabr oyida fon Tsax, rasmiy ravishda yangi sayyora Sereraning kashf etilganligini elon qildi.

Yangilаndi: 24.02.2014 02:37
 

Koyper belbog‘i

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Koyper belbog‘i

Pluton kashf etilganidan so‘ng, ko‘plab olimlar, uning o‘zi joylashgan hududdagi yagona osmon jismi emasligi va Neptun orbitasidan narida, yana ko‘plab shu kabi kichik o‘lchamlardagi jismlar mavjud bo‘lishi ehtimolini ta'kidlashgan. Ulardan biri, Leonard Frederik, 1930-yilning o‘zidayoq, Pluton - bu hududdan topiladigan osmon jismalri seriyasidan faqat dastlabkisi bo‘lishi mumkin degan edi. 1943 yilda Britaniyalik astronom Kennet Edjvort, o‘zining Quyosh tizimining paydo bo‘lishi haqidagi farazlari yuzasidan, uning chetki qismi juda tarqoq bo‘lib, sayyoralar hosil bo‘lishi uchun yetarli zichlikka ega bo‘lmaganligi va shu tufayli, bu hududda nisbatan kichik o‘lchamlardagi osmon jismlari hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb ta'kidladi. 1951-yilda astronom Jerard Koyper, Quyosh tizimining ilk paydo bo‘lish bosqichlarida, uning chetki qismida, mayda osmon jismlaridan iborat o‘ziga xos disk hosil bo‘lganligini, biroq u hozirgacha saqlanib kelgan bo‘lishi ehtimoli juda kam deb baholagan edi. 1992-yilning 30-avgustida astronomlar Devid Juitt va Jeyn Lu Gavay universitetidagi Mauna-Kea teleskopi orqali, ilk marta KBO larni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangilаndi: 09.03.2018 11:21
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3056873

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis