Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Nil Armstrong

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Nil Olden Armstrong

Nil Armstrong

Nil Oldin Armstrong (inglizcha: Neil Alden Armstrong) 1930 yilning 5 avgustida AQSHning Ogayo shtati, Ualakoneta shahrida tug‘ilgan. AQSH astronavti, insoniyat tarixida Oyga qadam qo‘ygan birinchi inson, sinovchi-uchuvchi, kosmik muhandis. Ualakoneta shahridagi o‘rta maktabni 1947 yilda tamomlagach, shu yilning o‘zida, Indiana shtati, Vest-Lafayet sharidagi Perdyu universitetining aviatsiya sanoati yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. Universitetdagi o‘qishni, oraliq tanaffuslar bilan, 1955 yilgacha davom ettirgan va yakunda, 1955 yili, aviatsiya texnikasi fanlari bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, u harbiy xizmatga chaqirilgan va AQSH harbiy havo kuchlari tarkibida, Koreys urushida qatnashgan. Koreys urushidan ikkita oltin yulduz va «Aviatsiya» medali bilan qaytgach, 1958 yilda, tajribaviy kosmik apparati - American X-15 da uchish uchun tanlov bo‘yicha, sinovchi-uchuvchilar safiga kiritildi. Ushbu turkumdagi raketalardagi ilk parvozini 1960 yilda amalga oshirgan Armstrong, 1962 yilga qadar 7 marta, atmosferaning yuqori qatlamlariga raketa parvozlarini amalga oshirdi. 1962 yilda, raketalardagi uchishlarning muvaffaqiyatsiz loyiha ekanligini ta'kidlagan holda loyihani tark etdi va NASAning koinotga uchish uchun olib borayotgan fazogirlar tanloviga ishtirok etish uchun hujjat topshirdi. Shu yili Armstrongni, kosmik parvozlar uchun tayyorlanuvchi kosmonavtlar ro‘yxatining 2-guruhiga qabul qilishdi. Nil Armstrong NASAdagi ilk kosmik parvozini, 1966 yilida, «Ajena-8»fazoviy kemasida amalga oshirdi. Biroq, parvoz, fazo kemasining yo‘nalish belgilovchi tizimlarida kelib chiqqan jiddiy nosozliklar tufayli, ekipaj muddatidan avval yakunlanib, yerga qaytishga majbur bo‘lgan. Ushbu parvoz davomida, Armstrong fazo kemasi kapitani bo‘lib, ikkinchi uchuvchi - Devid Skott bilan birgalikda, ilk bora ikkita fazo kemalari - «Ajena-8» hamda, uchuvchisiz «Jemini» apparatlarining o‘zaro tutashtirish operatsiyasini amalga oshirishgan edi.

Yangilаndi: 04.01.2018 11:58
 

Apollon-11

E-mail Chop etish PDF

Apollon-11

«Apollon-11» - Apollon seriyasidagi, uchuvchili kosmik kema. 1969 yilning 16-24 iyul kunlari, tarixda ilk marta, bortida inson bilan Oyga parvoz qilgan va Oy sirtiga qo‘nish amalga oshirilgan ilk fazo kemasi. Ikkita asosiy moduldan - boshqaruv moduli - «Kolumbiya» va Oy moduli «Burgut»dan iborat bo‘lgan. 1969 yil, 16-iyul kuni, Floridadagi, Kennedi kosmik markazining 39A kompleksidan, «Saturn-5» raketa eltuvchisi yordamida fazoga uchirilgan. Start vaqtidagi massasi - 43901 kg. Parvozning umumiy davomiyligi - 8 kun, 3 soat, 18 daqiqa va 8 soniyani tashkil etgan. Kema kapitani - Nil Armstrong, ekipaj a'zolari - Edvin Oldrin (Oy moduli uchuvchisi) va Maykl Kollinz (boshqaruv moduli uchuvchisi). Startdan (13:32) 11 daqiqa, 42 soniyadan so‘ng, «Apollon-11», yer sirtidan 190.8 km balandlik masofasida, 7.79 km/soniya tezlikka ega bo‘lgan tarzda, Yer tevarak aylana orbitasiga muvaffaqiyatli chiqishga erishdi. Yer atrofida 1.5 aylanish bajarilganidan so‘ng, Tinch okeani ustidan uchish vaqtida, «Apollon-11» ikkinchi kosmik tezlikka erishdi va Oyga uchish trayektoriyasiga yo‘naldi. Parvozning to‘rtinchi kuni, startdan 75 soat 41 daqiqa o‘tgan vaqtda, «Apollon-11» Oydan 572 km masofada, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan teskari tomoniga o‘tdi va 8 daqiqadan so‘ng, u 114.1 km aposeleniy va 313.9 km pereseleniyga ega bo‘lgan, Oy tevarak-atrofi orbitasiga chiqishga erishdi. Keyinchalik, Oy atrofidagi aylanish orbitasiga tegishli tuzatishlar kiritilganidan so‘ng, 13-marta aylanishning so‘ngida, «Burgut» va «Kolumbiya»o‘zaro ajraldi va «Burgut», astronavtlar bilan birga Oyga qo‘nishni amalga oshirishga kirishdi.

Yangilаndi: 04.01.2018 12:02
 

Luna-1

E-mail Chop etish PDF

Luna-1

«Luna-1» - Sobiq ittifoq tomonidan ishlab chiqilgan va Oy hamda koinotni tadqiq etish uchun mo‘ljallangan fazoviy apparat. 1959 yilning 2-yanvar kuni, Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, «Vostok-L» raketa-eltuvchisi yordamida uchirilgan. Maqsadi Oy sirtiga qo‘nish va u joyga SSSR tamg‘asini joylashtirish bo‘lgan. Biroq, loyihalash davomida nazardan chetda qoldirilgan ayrim xatoliklar[1] evaziga, «Luna-1»Oyga qo‘na olmadi, aksincha, u, Oy sirtidan 6000 km masofadan o‘tib ketdi va geliotsentrik orbitaga chiqib ketdi. Shunday bo‘lsa ham, «Luna-1»ning parvozini butunlay muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi. Sababi u, eng avvalo, inson qo‘li bilan yasalgan mexanik apparatlar ichida birinchi bo‘lib, ikkinchi kosmik tezlikka erishgan, hamda Quyoshning ilk sun'iy yo‘ldoshiga aylangan dastlabkifazoviy apparat bo‘lgan.

Yangilаndi: 04.01.2018 12:05
 

Oy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Oy

Oy - Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi. Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida kattaligi bo‘yicha 5 o‘rinda turadi. Yerdagi kuzatuvchi uchun Oyning ko‘rinadigan yulduz kattaligi –12,71m, ya'ni Oy, ravshanligi bo‘yicha Quyoshdan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi osmon jismidir. Oyning yerni yoritish ko‘rsatkichi 0,25 - 1 lyuksni tashkil qiladi. Oy Yerdan tashqaridagi inson qadami yetgan yagona astronomik obyektdir.
Oyda atmosfera deyarli yo‘q. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan tarafidagi yuza qismida, gazlar miqdori 2,0·105 zarracha/m3 dan ortmaydi. Quyosh chiqib, sirtni qizdira boshlagach, Oy guruntining qizishi natijasida undan gazlarning ajralib chiqishi sodir bo‘ladi va zarrachalar miqdori biroz ko‘payadi. Atmosferaning mavjud emasligi, Oy sirtida keskin haroratlar farqiga sabab bo‘ladi va u kunduzi +120 °C gacha isiydi. Kechasi esa –170 °C gacha tushib ketadi.
Oy sirti esa, fanda Regolit deb yuritiladigan jismlar - yupqa chang qatlami va meteorit zarbalari natijasida hosil bo‘ladigan tog‘ jinslari parchalarining aralashmalaridan iborat bo‘lgan moddadan iborat. Regolit qalinligi bir necha santimetrlarda, o‘nlab metrlargacha bo‘lishi mumkin. Oyning ichki tuzilishi esa, taxminan 68 - 107 km qalinlikdagi qobiq (yoki po‘stloq), tashqi va o‘rta mantiya, quyi mantiya (atenosfera), hamda, yadrodan iborat.
Oyda magnit maydoni mavjud emas.
Oydan turib Yerning ko‘rinishi, Yerdan Oyning ko‘rinishiga nisbatan, 13.5 marta kattaroq ko‘rinadi. Yerdan qaytgan nurlarning Oyni yoritish darajasi esa Oydan qaytgan nurlardan Yerning yoritilganligidan deyarli 50 marta kuchli bo‘lib, Yerning Oydan ko‘rinadigan Yulduz kattaligi –16m ni tashkil qiladi. Oy, Quyoshdan kelayotgan yorug‘likning atiga 7% ni qaytaradi (akslantiradi xolos).
Atmosfera yo‘qligi sababli, hatto Quyosh gorizontdan balandda bo‘lgan ya'ni, Oydagi kunduz vaqtida ham, osmon qorong‘u bo‘ladi. Oy kunduzida ham yulduzlar va boshqa sayyoralarni kuzatish mumkin.

Yangilаndi: 04.01.2018 12:34
 

Indiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Indiy

Ushbu 2014 yildagi Kimyogarlar kuni kasb bayrami, an'anaga ko‘ra, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalidagi kimyoviy elementlarning joylashuv tartibiga ko‘ra, 49-element - INDIY nomi ostida nishonlanadi. Chunki, ushbu muhim kasb bayrami, joriy 2014 yilda, ta'sis etilgan 1965 yildan buyon, 49-marta nishonlamoqda. Shu sababli saytimizda, mazkur element haqida batafsil ma'lumot berishni maqsad qildik.

Indiy - Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalining V-davr, uchinchi guruhchasida joylashgan kimyoviy element. Atom raqami 49. In (lotincha Indium) ramziy ifodasi bilan belgilanadi. Nomlanishining kelib chiqishi, mazkur elementning yorqin emission ko‘k-havorang (Indigo rangi) spektral chizig‘i tufaylidir. Oddiy modda sifatidagi Indiy - kumushsimon-oqish rangdagi, oson eriydigan, oson ishlov beriladigan, juda yumshoq metall. Kimyoviy xossalariga ko‘ra Alyuminuy va Galliyga, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra esa Ruxga o‘xshashib ketadi.

Yangilаndi: 04.01.2018 12:45
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3056872

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)