Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


«Hind hisobi haqida kitob»

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

«Hind hisobi haqida kitob»

920-980 yillarda Damashqda yashab o‘tgan arab matematigi Abul Hasan Ahmad ibn Ibrohim, o‘zi yozib qoldirgan ilmiy qo‘lyozmalarda al-Uqlidisi taxallusi bilan imzo chekkan. Xususan, uning muallifligida 953 yilda yozib bitirilgan «Kitob al-fusul fi al-hisab al-Hindi» kitobi arab tilida bitilgan matematik asarlar ichida eng birinchilaridan biri hisoblanadi. «Al-Uqlidisi» taxallusi arab tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda «Yevklidning kotibi», «Yevklid xattoti» degan ma'noni beradi. Bu bilan muallif, Yevklid asarlarini qadimgi yunon tilidan arab tiliga tarjima qilganligiga ishora qilmoqchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Haqiqatan ham, IX-XII asrlarda musulmon sharqida ko‘plab musulmon olimlar tomonidan antik davr ilm-faniga oid ko‘plab muhim asarlar arab tiliga o‘girilgan va xattotlar tarafidan ko‘p nusxalarda ko‘paytirilgan. Lekin, al-Uqlidisining nomi yuqorida zikr etilgan asari qadimgi yunon, yoki, Misr mualliflarining asarlarining tarjimasi bo‘lmay, balki, nomidan ham ko‘rinib turgandek, Hindiston matematikasi, aniqrog‘i, pozitsion raqamlash tizimidan foydalanish haqida bo‘lgan. Ushbu kitob biz hozirda arab raqamlari deb nomlaydigan odatiy o‘nli sanoq tizimidagi 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bilan sonlarni ifodalash usuli haqida mufassal ma'lumot keltirilgan ilk ilmiy manba sanaladi.

Yangilаndi: 21.12.2017 16:52
 

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

1054 yilda shimoliy yarimsharda istiqomat qiluvchi ko‘plab xalqlar osmon sferasida ilgari hecham kuzatilmagan g‘alati yorqin obyektning paydo bo‘lishiga guvoh bo‘lishdi. Buzoq yulduz turkumida yangi, nihoyatda yorqin yulduz paydo bo‘lgandi. Yangi paydo bo‘lgan yulduz keyingi ikki yil davomida asta-sekinlik bilan xiralashib, so‘ngra yana ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. o‘sha voqea haqida eng mufassal ma'lumotlarni Xitoy munajjimlari yozib qoldirishgan. Zamonaviy astronomlar tilida o‘ya yangi yulduz (supernova) chaqnashi deb yuritiladigan mazkur hodisadan keyin, koinotning o‘sha qismida eng o‘tkir ko‘z ham arang ilg‘aydigan juda xira tarqoq gaz buluti qolgan. Keyinchalik ushbu gaz bulutini astronomlar «Qisqichbaqasimon tumanlik» deb atay boshlashgan.

Yangilаndi: 15.01.2018 22:00
 

To‘rt yuz yillik teorema (Ferma teroemasi haqida)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

To‘rt yuz yillik teorema (Ferma teroemasi haqida)

Pifagor uchligi, ya'ni, x2+y2=z2 shartni qanoatlantiruvchi x, y va z butun sonlardan iborat uchliklar cheksiz ko‘pdir. Misol keltirish uchun uzoqqa borish shart emas:

32+42=52

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, ushbu nisbatni eng qadimgi Misrliklar ham yaxshi bilishgan va amalda keng qo‘llashgan.

Ferma 1630 yilda Diofantning «Arifmetika» kitobni o‘qib chiqadi va kitob hoshiyasida quyidagicha qayd qoldiradi: «bu kabi ifoda qolgan barcha daraja ko‘rsatkichlari, ya'ni,

x3+y3=z3

x4+y4=z4

x5+y5=z5


va ho kazolar uchun butun yechimlarga ega bo‘lmaydi. Kubni boshqa ikkita kublarning yig‘indisi tarzida tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘rtinchi, beshinchi, va boshqa istalgan darajani ham bunday tasavvur qilishning iloji yo‘q».

Yangilаndi: 18.12.2017 16:40
 

Vostok-1

E-mail Chop etish PDF

Vostok-1

«Vostok-1» - Vostok seriyasidagi, fazogir-uchuvchili fazo kemasi. Insoniyat tarixida birinchi marotaba, bortida inson - fazogirni Yer tevarak-atrofi orbitasiga olib chiqqan tarixiy kosmik kema. 1961-yilning 12-aprel kuni soat 09:07 da Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, Vostok 8K72K raketa-eltuvchisi yordamida koinotga uchirilgan. Start vaqtidagi massasi 4725 kg. Korpus diametri 2.2 m, uzunligi 4.4 m. Chaqiruv-taxallusi «Qaldirg‘och». Ekipaj 1 kishidan iborat: kosmik kema uchuvchisi - Yuriy Alekseevich Gagarin, chaqiruv-taxallusi «Kedr». Startdan keyin, belgilangan barcha mexanizmlar to‘g‘ri va o‘zaro muvofiq ishlab, 2-soniydan so‘ng, ikkinchi bosqich dvigateli ajralib chiqdi va «Vostok-1» muvaffaqiyatli ravishda orbitaga chiqarildi. Biroq, «Vostok-1» uchun hisoblangan apogey nuqtasi, nazariy hisoblashlardan jiddiy farqqa ega bo‘lib, u hisob-kitoblardagidan 100 km balandroqda, ya'ni, 302 km bo‘lib chiqdi, perigey esa, 175 km ni tashkil etgan. Orbitaga chiqib olgach, fazo kemasini ma'lum nuqtada to‘xtatish va Yer atrofi orbitasi bo‘ylab aylanishga yo‘naltirish zarur edi. Buni amalga oshirish uchun, avvaldan rejalashtirilgan ravishda, uchinchi bosqich dvigatelini o‘chirishga berilgan radiosignalli buyruq bajarilmay qoldi.

Yangilаndi: 07.07.2018 13:52
 

Katta adron kollayderi.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Katta adron kollayderi

Ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Bill Brayson shunday yozadi: «Elementar zarralar fizikasida Koinot sir-asrorlarini o‘rganish juda oson: olimlar zarrachalarni bir-biri bilan to‘qnashishga majbur qilishadi va oqibatda nima yuz berishini kuzatishadi. Soddaroq quyidagicha o‘xshatish keltirish mumkin: ikkita odam bir-birga Shveysariyaning o‘ta aniq yuradigan mexanik soatlarini otib yuboradi. Soatlar albatta yerga tushib, yoki devorga urilib chil-chil bo‘ladi. Keyin ular soat parchalarini yig‘ib olib, aslida bu soatlar qanday ishlagan ekan? - deb qiziqib o‘tirishadi».

Jeneva yaqinidagi Yevropa Yadro Tadqiqotlari Instituti (CERN) tomonidan qurib ishga tushirilgan Katta adron kollayderi (Large Hadron Collider - LHC) mohiyatiga ko‘ra zarrachalarni eng yuksak energiya ko‘rsatkichlarigacha tezlatish imkonini beradigan, jahondagi eng katta tezlatkichdir. U o‘zaro qarama-qarshi kelib to‘qnashadigan protonlar oqimiga yuksak energiyali tezlanish beradigan qilib loyihalangan. Adron kollayderi deyilishiga sabab, ushbu tezlatkichda elementar zarralarning adronlar sinfiga mansub bo‘lgan va kuchli yadroviy o‘zaro ta'sirlarda ishtirok etadigan zarrachalar ustida tajribalar o‘tkaziladi. Ulkan quvvatli elektromagnit kuchlarning ta'siri ostida protonlar kollayder halqasi bo‘ylab, ichki vakuum kanalida shiddat bilan aylanadi. Aylanishlarning har birida protonlarning energiyasi borgan sari yana va yana ortib boradi. Katta adron kollayderi magnitlarida o‘ta o‘tkazgichlardan foydalaniladi. Ularni ishlatish jarayonida esa katta termodinamik amaliyot bajarish kerak bo‘ladi. Ya'ni o‘ta o‘tkazgich xossalaridan foydalanilganda favqulodda qizib ketishi tufayli magnitlarni suyuq geliy bilan to‘xtovsiz sovitib turiladi. o‘ta o‘tkazgich holatidagi materiallarda elektr qarshilik deyarli nolga tenglashadi.

Yangilаndi: 19.02.2018 08:57
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 4 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 788
O'qilgan sahifalar soni : 3195769

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!