Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Silashi ko‘pyog‘i

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Silashi ko‘pyog‘i

Ko‘pyoq deb, yoqlari tekisliklardan va qirralari to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan uch o‘lchovli jismlarni aytiladi. Kub, to‘g‘ri tetraedr singari ko‘pyoqlarni deyarli hamma yaxshi taniydi. To‘g‘ri tetraedr bu - teng yonli uchburchaklardan yasalgan to‘rt tomonli piramidadir. Ko‘pyoqni «to‘g‘ri ko‘pyoq» deb atash uchun, ushbu ko‘pyoqning hamma yoqlari teng bo‘lishi kerak.

Silashi ko‘pyog‘ini 1977-yilda vengr matematigi Layosh Silashi tomonidan aniqlangan. Silashi ko‘pyog‘i geometriyada geptaedr, ya'ni, yettiyoq deb yuritiladi (ya'ni, uning yettita yoqlari mavjud). Yetti yoqlarning har biri oltiburchaklardan iborat bo‘lib, 21 ta qirra va 14 uchga va bitta tirqishga ega. Silashi ko‘pyog‘i 180º lik simmetriyaga ega. Yoqlarning uch jufti o‘zaro kongruentdir. Ya'ni, ular bir xil o‘lcham va shaklga egadirlar. Qolgan yoqlar esa o‘zaro simmetrik oltiburchaklardan iborat.

Yangilаndi: 21.12.2017 16:57
 

Tribolyuminessensiya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Tribolyuminessensiya

Tasavvur qiling, siz haqiqiy Amerika vestern muhitiga tushib qoldingiz. Aytaylik, Yuta shtatida yashovchi hindu qabilalaridan birining sardori bilan, odam bo‘yi keluvchi kaktuslar o‘sib yotgan cho‘ldan kvarts qidirmoqdasiz. Kvarts kristallarini birqanchasini yig‘ib olib, ularni bizon terisidan tikilgan maxsus shaqildoq ritual marjonga joylaysiz va qabila yeriga qaytib, maxsus diniy marosimda ishtirok etasiz. Qabila sardori maxsus raqs va harakatlar vositasida go‘yoki, o‘lib ketgan insonlarning ruhini chaqirmoqchi bo‘ladi. Tun oqib, atrof qop-qorong‘u bo‘lgani uchun, siz boya sahrodan yig‘ib kelgan kvarts bo‘laklari solingan shaqildoqni shaqillatib ritual harakatlarni bajarayotgan shaman qo‘lidan qandaydir sirli yog‘dular, chaqnashlar bilan o‘qtin-o‘qtin nur chiqib turadi. Hozir qandaydir mo‘jiza yuz beradigandek....

Yangilаndi: 15.12.2017 11:22
 

Episikloidalar

E-mail Chop etish PDF

Episikloidalar

Episikloida bu qozgalmas aylana atrofida harakatlanuvchi boshqa bir aylanada joylashgan nuqtaning harakat trayektoriyasini ifodalovchi egri chiziqdir. Giposikloida singari, episikloidada ham a va b radiuslarning nisbatiga bogliq holda episikloida turli shakllarga ega bolishi mumkin:

Yangilаndi: 28.09.2016 08:57
 

Giposikloidalar

E-mail Chop etish PDF

Giposikloidalar

Giposikloida - qo‘zg‘almas aylana ichida joylashgan, radiusi ushbu aylanadan kichikroq bo‘lgan ikkinchi aylanaga tegishli nuqtaning harakati chizadigan trayektoriyalarning umumiy nomidir. Bunda ichkaridagi kichik aylananing, ya'ni harakatlanuvchi aylananing radiusi b bilan; tashqi katta aylana, ya'ni, qo‘zg‘almas aylananing radiusi a bilan belgilanadi. Shuni e'tiborga olish muhimki, giposikloidada har doim a radiusdan b radius kichik (b<a) bo‘lishi shart. Ushbu radiuslarning o‘zaro nisbati, ya'ni, a/b ning qiymatiga qarab, giposikloidalarning shakli ham turlicha bo‘ladi. Masalan, a radius b radiusdan ikki barobar katta bo‘lsa, unda kichik aylanadagi nuqtaning harakatidan, katta aylananing diametrini ifodalovchi kesma hosil bo‘ladi. Diametr esa to‘g‘ri chiziq ekanini inobatga olsak, aynan shu holatda, ushbu giposikloida misolida biz to‘g‘ri chiziq (kesma) ham egri chiziqning xususiy holi ekanini ko‘rishimiz mumkin. a/b nisbatning kattalashishi bilan, borgan sari yangi-yangi turdagi egri chiziqli giposikloida shakllar hosil bo‘la boshlaydi. Ushbu giposikloidalarning a/b=n nisbatda, uchlari ham doimo n ga teng bo‘ladi. Quyidagi tasvirlarda ushbu fikrni tasdiqlovchi misollarni ko‘rishingiz mumkin:

Yangilаndi: 05.02.2018 17:07
 

Sikloidalar

E-mail Chop etish PDF

Sikloidalar

Sikloidalar to‘g‘ri chiziq bo‘ylab aylanma harakat qilayotgan aylanadagi aniq bir nuqtaning trayektoriyasi sifatida ta'riflanadi.

Sikloidalarni ko‘plab mashhur matematiklar o‘rganishgan. Ushbu egri chiziqlarni mufassal tekshirgan dastlabki olimlardan biri mashhur olim, zamonaviy fizika fanining otasi bo‘lmish Galileo Galileydir (1564-1642). Biroq, Galileyning bu borada omadi chopgan deyish qiyin. Xususan u, sikloida va tekislik orqali chegaralangan yuzani hisoblashga ko‘p bora urinib, buni uddalay olmagan. U hatto metall plastinadan xuddi shunday egri chiziqli shaklni yasab, uning yuzasini sof fizik o‘lchashlar orqali ham hisoblamoqchi bo‘lgan, lekin baribir maqsadiga yeta olmagan. Ushbu shaklning yuzini aniq hisoblashni birinchi bo‘lib Rene Dekart (1598-1650) uddalagan.

Yangilаndi: 05.02.2018 17:08
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3056874

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!