Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Ma'lumotnomalar
Ma'lumotnomalar bo'limi


Xlor

E-mail Chop etish PDF

Xlor

Xlor – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr VIIA guruh elementi. Atom raqami 17. Cl (lotincha Chloros – «yashil» so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi.

Oddiy modda ko‘rinishidagi xlor ikki atomli (Cl2), och sarg‘ish-yashil tusdagi zaharli, havodan og‘ir gaz bo‘ladi. Galogenlar turkumiga kiradi.

Kashf etilishi tarixi va atama etimologiyasi.

Xlorning vodorod bilan birikmasi – xlorovodorod birinchi marta 1772-yilda Jozef Pristli tomonidan olingan edi. Xlorni alohida element holatida olinishi esa 1774-yilda shved kimyogari Karl Vilgelm Sheele tomonidan amalga oshirilgan. U pirolyuzit minerali va xlor kislotasini o‘zaro ta’sirlashishi natijasida quyidagicha reaksiya keltirib chiqargan va natijada xlorni alohida holda ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan:

Yangilаndi: 08.11.2017 08:59
 

Kopernikiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kopernikiy

Kopernikiy – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII davr IIB guruh elementi. Atom raqami 285. Cn (lotincha Copernicium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. IUPAC ushbu nomni tasdiqlashidan avvalroq mazkur elementni ununbiy deb ham nomlangan (aynan tarjimasi «bir yuz o‘n ikkinchi» - degani).

Kopernikiy – sun’iy olingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi. U simob, kadmiy va rux bilan bir guruhdan joy olgani bois, xossalari ham o‘xshash bo‘lsa kerak deb ilmiy taxmin yuritiladi.

Aniqlangan izotoplari ichida nisbatan barqarori 285Cn ning yadrosida 112 ta proton va 173 ta neytronlar mavjud bo‘ladi va uning yarim yemirilish davri taxminan 29 soniyani tashkil qiladi. Nuklidining atom massasi 285,177(4) m.a.b. ni tashkil qiladi.

Yangilаndi: 09.06.2017 12:22
 

Alyuminiy

E-mail Chop etish PDF

Alyuminiy

Alyuminiy – Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr IIIA guruh elementi. Atom raqami 13. Al (lotincha Aluminium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Alyuminiy yengil metallar turkumiga mansub bo’lib, metallar ichida eng keng tarqalgan metall sanaladi. Yerda tarqalganligi bo’yicha alyuminiy kimyoviy elementlar ichida 3-o’rinni egallaydi (kislorod va kremniydan keyin).

Oddiy modda shaklidagi alyuminiy – kumush rangiga ega, yengil, paramagnitik metall bo’lib, uni quyush, qayta ishlash va umuman mexanik ishlov berish oson. Alyuminiy issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr o‘tkazuvchanlik ko’rsatkichlariga ko’ra eng yaxshi metallardan biridir. Sirtida juda tezkorlik bilan mustahkam yupqa oksid qatlami hosil qilish xossasi tufayli, alyuminiy metali zanglashga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega bo‘ladi.

Yangilаndi: 12.04.2017 18:02
 

«Apollon» loyihasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

«Apollon» loyihasi

1961-yil 12-aprelda ilk marta inson koinotga parvoz qildi. Bu rus yigiti Yuriy Gagarin edi. Ushbu buyuk tarixiy hodisa, SSSR koinotni o‘zlashtirishda AQSHdan ancha ilgarilab ketganligidan dalolat berardi. Sovuq urush holatida ikki qarama-qarshi siyosiy qutblar, hamma soha qatori koinotga parvozlar borasida ham o‘zaro kuchli raqobatlashar edi. SSSRning kosmik parvozlar yuzasidan qo‘lga kiritgan ilk ulkan muvaffaqiyati, AQSH hukumatini ham otni qamchilashga majbur qildi.

Gagarinning parvozidan atiga bir oy o‘tib AQSH ham koinotga odam uchirishga urinib ko‘rdi. AQSHlik birinchi fazogir Alan Sheppard «Fridom-7» kosmik kemasida koinotga parvoz qildi. Biroq, NASA raketalarining imkoniyatlari Sheppardni faqat suborbital parvozga olib chiqa olgan xolos. Bu AQSHning «kosmik poyga»da SSSR oldidagi yana bir alamli mag‘lubiyati bo‘ldi. AQSH haqiqiy kosmik parvozni amalga oshirishi uchun yana bir yil vaqt ketdi va 1962-yil fevralidagina fazogir Jon Glen haqiqatan ham orbital parvozni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilаndi: 20.02.2017 17:41
 

Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

E-mail Chop etish PDF

Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

1848-1919 yillarda yashab o‘tgan vengr alpinisti va fizigi Lorand fon Etvyosh ikkita massaning o‘zaro gravitatsion tortishishini o‘lchash uchun burama tarozidan foydalangan. Bunday tarozilar ipning chirpirak bo‘lib aylanishi evaziga, juda bo‘sh, zaif kuchlarni ham o‘lchash imkonini beradi. Garchi, Etvyosh bunday tarozidan foydalanib gravitatsion tortishuvni o‘lchashga uringan birinchi olim bo‘lmasa-da, lekin u mazkur tarozini takomillashtirib, uning sezgirligini yanada orttirishga erishganligi bilan nom qozongan. Etvyosh gravitatsion tarozisi Yer sirtida gravitatsion kuchlarni o‘lchash uchun ishlatiladigan eng yaxshi vositalardan biriga aylangan. Shuningdek, uning vositasida nafaqat Yer sirtidagi gravitatsiya, balki, yer ostidagi turli strukturalarni aniqlash ham mumkin bo‘lgan. Garchi, Etvyoshning o‘zi asosan fundamental tadqiqotlarga ko‘proq e’tibor qaratgan bo‘lsa hamki, lekin u takomillashtirgan mazkur asbob keyingi geologik qidiruv ishlarida, ayniqsa, neft va tabiiy gaz konlari ochilishida o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi.

Yangilаndi: 14.02.2017 13:58
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 762
O'qilgan sahifalar soni : 2507463

Tafakkur durdonalari

Hitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis