Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Bor – sahro elementi

E-mail Chop etish

Bor – sahro elementi

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining IIIA guruhi joylashgan ustunda bor, alyuminiy, galliy, indiy, hamda, talliy elementlari o‘rin egallagan. Bu elementlar ichida alyuminiydan tashqari qolgan barchasi kamyob elementlar sanaladi. Lekin, ularning alyuminiydan farqi faqat kambyobligida emas.

Masalan, davriy jadvalda alyuminiyning tepasida 5-raqam bilan bor elementi joylashgan. Bu elementning ustun bo‘yicha qo‘shnilarida, xususan alyuminiydan keskin farqlab turuvchi jihati shuki, bor – metall emasdir. U metallmaslar safidagi eng muhimlaridan biri bo‘lib, keyingi suhbatimiz ushbu element haqida bo‘ladi.

Yangilаndi: 18.12.2017 17:22
 

Platina guruhi metallari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Platina guruhi metallari

Ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) va platina (Pt) metallaridan iborat guruh «Platina metallari» deb yuritiladi. Ularning hammasi, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VIII b-guruhchasiga mansub bo‘lib, birinchi uchlik, ya'ni, Ru-Rh-Pd beshinchi davrda, ikkinchi uchlik, ya'ni, Os-Ir-Pt esa oltinchi davrda joylashgan.

Tabiatda ushbu metallar asosan sof holda uchraydi. Ba’zan esa, ularni ayrim ruda va minerallar tarkibida qo‘shimcha (yo‘ldosh) holida ham uchratish mumkin. Ushbu metallarning sof holdagi yirik yombilari ham topilgan. Ulardan eng yirik yombining vazni 10 kg atrofida bo‘lgan.

Yangilаndi: 18.12.2017 17:35
 

Mashhur son haqida eski va yangi gaplar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Mashhur son haqida eski va yangi gaplar

Muqaddima

Siz ayrim sonlarning «xosiyatli» va ayrimlarining «bexosiyat» ekani haqidagi uzun-quloq uydirmalarni albatta eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, ayrimlar 7 raqamiga boshqacha (ijobiy) ko‘z bilan qarashsa, aksincha 13 ga salbiy yondoshuv bilan boqishadi. Aslida sanoq tizimidagi hech bir son xosiyatli yoki bexosiyat bo‘la olmaydi. Sonlarga nisbatan salbiy yoki ijobiy xususiyat nuqtai-nazaridan yondoshish va ulardan qandaydir g‘ayritabiiy «xosiyatlar» kutish - bo‘lmag‘ur irim-sirimdan boshqa narsa emas.

Lekin matematikada shunday son borki, ushbu sonni matematik mutaxassislar va ayniqsa geometriya shinavandalari haqiqatan ham «ardoqlashadi». U haqida ming yillardan buyon butun boshli jild-jild kitoblar bitilgan. Ushbu son riyoziyot va handasa ilmining eng o‘tkir zehnli olimlarini-yu, qiziquvchan talabalarini hali hanuz o‘ziga maftun etib kelmoqda. Hatto bu son haqida Gollivudda kinofilm ham ishlangan! Ha mayli, gapni cho‘zmaylik. So‘z - π soni haqida bormoqda. Keling, ushbu maqolamizda biz ham mazkur ajoyib va qiziqarli sonning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr almashinamiz.

Yangilаndi: 16.02.2018 09:11
 

Qop-qora qoralik

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Qop-qora qoralik

Qop-qorong‘u xonada qora mushukni topish mushkul, ayniqsa, aslida qora mushuk qorong‘u xonada yo‘q bo‘lsa!

Falsafiy bahslarda ishlatiladigan ushbu so‘z o‘yini odatda ba'zi fiziklarning g‘ashini keltiradi. Aslida «qop-qorong‘u xona» yoki «qora mushuk» - ko‘rib bo‘lmaydigan narsalarni ramziy ifodalash uchun unchalik ham omadli o‘xshatish emas. Sababi, tabiatdagi barcha narsalar, hatto eng qora ko‘mir ham qandaydir miqdordagi yorug‘lik nurini akslantiradi. Faqat bizning ko‘zimizning bunday akslangan nurlarni ilg‘ash xususiyati juda past bo‘lgani uchun, ularni ko‘ra olmaymiz.

Lekin biz keltirgan ushbu xulosa, fantast yozuvchilarga va orzumand fizik mutaxassislarga xalaqit qila olmaydi. o‘zida har qanday yorug‘lik nurini yutib qoladigan va o‘zidan hech qanday yorug‘lik akslantirmaydigan mutlaq qora jism haqida orzu fiziklarning azaliy orzulari sirasiga kiradi. Mutlaq qora jism haqidagi farazlar avvalo mumtoz va zamonaviy fizika chegarasida - Maks Plank izlanishlarida jiddiy ko‘rib chiqilgan edi. Uzoq yillar mobaynida mutlaq qora jism aslida tabiatda uchramaydigan, faqat olimlar tasavvuridagi faraziy narsa sifatida qaralgan. Lekin, mutlaq qora jism haqidagi fikrlar, 2008-yilga kelib ancha o‘zgara boshladi. Aynan o‘sha yili «qop-qora qoralik», «eng qora jism», yoki, «superqora jism» olishga muvaffaq bo‘lgan amerikalik olimlar haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur g‘ayrioddiy material uglerod nanotrubkalaridan tayyorlangan bo‘lib, uning mohiyati, uglerodning bitta atom qalinligida silliqlangan plastinasidan iboratdir. Nazariy jihatdan ta'riflanishicha, mutlaq qora jism o‘ziga kelib tushayotgan har qanday to‘lqin uzunligidagi nurlarni, ularning tushish burchagidan qat'iy nazar, to‘liq o‘ziga yutib yuborishi kerak.

Yangilаndi: 16.02.2018 09:17
 


Maqolaning 10 sahifasi, jami 21 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo darsida oqituvchi bolalarda sorayapti:

-Nodira senda eritma qanday rangda chiqdi?

-Qizil.

-A'lo, bahoing 5.

Doston senda-chi?

-Pushti rangda.

-Yaxshi, bahoing 4.

-Boltavoy sendachi, eritma rangi qanaqa?

-Qora...

-Boltavoy bahoing ikki! Sinf!!! Partalar tagiga yotinglaaaaaar....


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 768
O'qilgan sahifalar soni : 2756156

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!