Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Alyuminiy - oshxona elementi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Alyuminiy - oshxona elementi

Yer qobig‘ida eng keng tarqalgan metall – alyuminiydir. U shuningdek, eng ko‘p uchraydigan kimyoviy elementlar ichida ham uchinchi o‘rinda turadi. Alyuminiydan ko‘ra ko‘proq uchratish mumkin bo‘lgan kimyoviy elementlar bu – kislorod va kremniy bo‘lib, ular metallmaslar turkumiga mansubdirlar. Foiz hisobida oladigan bo‘lsak, yer qobig‘ining 7% dan ziyodrog‘ini aynan alyuminiy tashkil qiladi. Alyuminiy ko‘pincha tuproq tarkibidagi alyumosilikatlar ko‘rinishida tarqalgan bo‘ladi.

Alyumosilikatlar – alyuminiy, kislorod va kremniyning yana bir, yoki ikkita boshqa element bilan birikmasi hisoblanadi. Qizil rangli qimmatbaho toshlar – granatlar ham alyumosilikatlarning bir turi hisoblanadi.

Yangilаndi: 05.02.2018 16:57
 

Kalkulyatorlar haqida ikki og‘iz

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kalkulyatorlar haqida ikki og‘iz

Kalkulyatorlar matematikani o‘rgatmaydi, lekin ayrim hisob-kitoblarni yaxshiroq tushunishda, yoki, hisoblashlarni tezroq bajarishda ko‘mak beradi. Ularning ayniqsa katta sonlar bilan ishlashdagi amaliy ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Biroq, kalkulyator bilan hisoblash va miyani ishlatib qo‘lda hisoblash qo‘llaniladigan matematik uslublar o‘rtasida katta farq bor...

Aytaylik, bizga 183 sonining 5 darajali ildizini, ya'ni, ni chiqarish kerak. Quyida, ushbu nisbatan sodda matematik amalni ikki xil yo‘l bilan hisoblab chiqish usullarini ko‘rsatamiz. Birinchisida maktabda olingan matematik bilimlar asosida, o‘qituvchilarimiz aytganidek, «miyani ishlatib», qog‘oz va qalam vositasida hisoblaymiz. Ikkinchisida esa, cho‘ntak kalkulyatoridan foydalanib, xuddi bozordagi savdogarlar singari hisoblaymiz (lekin bozorda hecham ni hisoblashga to‘g‘ri kelmasa kerak ??????).

Yangilаndi: 05.02.2018 17:20
 

Dunyoning turli mamlakatlarida jahon xaritasi qanday tasvirlanadi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Dunyoning turli mamlakatlarida jahon xaritasi qanday tasvirlanadi?

Agar qadimgilar o‘ylaganidek, Yer - uchta fil va xo‘kiz ko‘tarib turadigan yassi shakldagi makon bo‘lganida, xaritashunoslarning ishi birmuncha yengil bo‘lardi. Biroq Yer faqat «lokal» yassi bo‘lib, uning faqat kichik-kichik qismlarinigina xaritaga tushirish, ya'ni, tekislikka proyeksiyalash oson xolos. Lekin, katta hududlar, mamlakat va mintaqalar, qit'a va materiklar xaritasini proyeksiyalashda xaritashunoslar turli xil ilmiy yondoshuvlar bilan asoslangan xaritalarni tuzishga majburdirlar va bunda shunchaki Yer sirti topologiyasini qog‘ozga tushirish bilan ish bitib qolmaydi. Qadimgi tamaddunlar o‘z chegaralarini kengaytirar ekanlar, o‘z sarhadlarining imkon qadar aniq xaritalarni yaratishga muttasil urinib kelganlar.

Yangilаndi: 07.02.2018 17:52
 

Pit Xeyn superellipsoidi

E-mail Chop etish

Pit Xeyn superellipsoidi

1965-yilda Daniyalik olim, ixtirochi va konstruktor Pit Xeyn (1905-1996) turli obyektlar uchun badiiy bezak va interyer elementi sifatida ishlatish maqsadida «supertuxum» yoki, «superellipsoid» ixtiro qildi. Ushbu ellipsoidning o‘ziga xosligi shundaki, u har ikki tarafida o‘ta barqaror tik tura oladi va ag‘anab ketishi amri maholdir.

Superellipsoidning uch o‘lchamli shakli |x/a|2,5+|y/b|2,5=1 formula orqali aniqlanadigan superellipsning x o‘q atrofida a/b=4/3 bo‘yicha aylanishidan hosil qilinadi. Umumiy holatda superellipsoidning tenglamasi (|x|2/a+|y|2/a)a/b+|z|2/a=1 ko‘rinishida bo‘lib, bunda a va b albatta noldan katta sonlar bo‘lishi lozim.

Yangilаndi: 07.02.2018 17:55
 


Maqolaning 8 sahifasi, jami 21 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 768
O'qilgan sahifalar soni : 2756157

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis