Snelliusning sindirish qonuni
Snellius qonuni nurning (yoki, boshqa to'lqinlarning) bir muhitdan ikkinchisiga o'tishidagi sinishi, yoki, boshqacha aytganda, yo'nalishini o'zgartirishini bayon qiladi. Masalan, yorug'lik nuri havo orqali o'tib kelib, shishaga tushganda, u sinadi va yo'nalishini o'zgartiradi. Nur yo'nalishining o'zgarishi, ushbu muhitdagi to'lqin tezligining farq qilishi bilan bog'liqdir. Siz Snellius qonunini juda oddiy tajriba orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin. Buning uchun, shaffof shisha stakandagi suvga qalamni solib qo'yib, yon tomondan qarasangiz, qalam sizga sinib qolgandek ko'rinadi.