Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Kompas tarixi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Kompas tarixi

Kompasni Xitoyliklar juda qadimda ixtiro qilishgan. Milodgacha bolgan III-asrda Xitoylik faylasuf Hen Fey-Szi oziga zamondosh bolgan kompas tuzilishini shunday tavsiflagan: U magnetitdan tayyorlangan erigan qoshiq shakliga ega, ingichka dastagi va sharsimon, puxta sayqallangan bortma qismilari bor. Bu bortma qismida qoshiq huddiy shunday puxta sayqallangan mis yoki yogoch plastina gadastgi plastinaga teginmaydigan, lekin uning ustida erkin harakatlanigan shu bilan birga, qoshiq oz oqi atrofida va bortma ichida aylana oladigan qilib ornatilgan. Plastinada olam tomonlari tsiklik burj belgilari orqali tasvirlangan. Qoshiq dastasini qimirlatib itarib uni aylanuvchi harakatga keltirishgan. Muvozanatlashib, kompas dastasi aniq Janubni korsatadi.

Bu dunyo tomonlarini korsatuvchi eng qadimgi asbob sifatida e'tirof etiladi.

Yangilаndi: 14.09.2018 10:12
 

Arximed qonunining kashf etilishi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 14
Juda yomon!A'lo! 

Arximed (mil.avv. 287-212 y.) Yunonistonning Sirakuza shahrida deyarli butun umr shu shaharda yashab otgan. Uning otasi Fidiy ismli munajjim bolib, shahar hokimi Gieron huzuridagi kozga koringan arboblardan biri bolgan. Arhimed ham koplab zmondoshlari singari, Misrdagi Ptolomeylar sulolasi tomonidan asos solingan ilgor ilm-fan, yetuk mutafakkirlar olimlar va eng katta kutubxonalar maskani - Iskandariyada ta'lim oldi.

Iskandariyadagi ta'lim yakunlanganidan song, Arximed Sirakuzaga qaytdi va oz otasining hizmat vazifasini davomchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Nazariy fan sohasida ushbu buyuk olimning mehnatlari tahsinga loyiq bolgan. Arximedning asosiy ilmiy ishlari matematika va geometriya, gidrostatika, mexanika hamda fizika sohalaridagi muammolarining amaliy yechimlarga tadbiqi bolgan. Parabola kvadraturasi asarida Arximed parabolaik segmentning maydonini hisoblash usulini batafsil bayon etdi. Shuni ta'kidlash kerakki, Arximed, integral hisoblashlar kashf etilishidan ikki ming yil avval ushbu yechimni uddalagan. Aylana olchamlari haqida asarida esa Arximed pi sonini qiymatini aniqladi va uning har qanday aylana uchun ozgarmas qiymat ekanligini isbotladi. Biz hozirgacha butun sonlarni Arximed oylab topgan usul bilan hisoblaymiz.

Yangilаndi: 14.09.2018 09:07
 

Koinotdan xabarlar: Qora materiya mavjudmi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Jenevada otkazilgan matbuot anjumani orqali, Nobel mukofoti laureati, olim Samuel Ting yaqin 2 yil davomida Xalqaro Kosmik Stantsiya (XKS) da ornatilgan AMS-02 magnit alfa-spektrometri yordamida otkazilgan qora materiyani qidirish boyicha tadqiqotlarning dastlabki natijalarini ommaga malum qildi.

Yangilаndi: 14.09.2018 09:40
 

Ming yillik masalalari. Million dollar mukofot...!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Kley matematika instituti tomonidan e'lon qilingan "ming yillik masalalari" (Millennium Prize Problems) uzoq yillardan beri isboti topilmayotgan yetita matematik muammodan iborat. Bu masalalarning har birining yechimi uchun Kley instituti million AQSH dollari miqdorida mukofot va'da qilgan. Kley instituti mukofotni e'lon qilarkan, uni 1900-yilda e'lon qilingan Gilbert muammolari bilan qiyosladi. O'sha muammo uchun va'da qilingan mukofot XX-asr matematiklariga juda katta ta'sir o'tkazgani ta'kidlandi. Gilbert muammolari 23 ta masaladan iborat edi. Ulardan aksariyati hozir yechimi topilgan. Yechimsiz qolganlaridan biri-Riman gipotezasi "Ming yillik masalalari"ga ham kiritilgan.


Hozirgacha ushbu yetti masaladan faqat bittasigina yechimini topdi: Peterburglik matematik olim Grigoriy Yakovlevich Perelman "Puankare" gipotezasi isbotini topib, yechimini e'lon qildi.

Qolgon oltita muammo esa hamon yechimini kutmoqda, ular:

P- NP klasslarining tengligi nazariyasi

Xodj gipotezasi

Riman gipotezasi

Yang - Mills nazariyasi

Navy - Stoks tenglamalari

Berch va Svinerton-Dayer gipotezasi


P.S. Peterburglik matematik olim Grigoriy Yakovlevich Perelman 2010-yil "Puankare" gipotezasi isbotini topib, yechimini e'lon qildi. Ammo u mukofotdan voz kechdi. U o‘zi va yolg‘iz onasi uchun beriladigan arzimagan nafaqa hisobiga g‘aribona kun kechiradi, Kompyuter va yana boshqa allambala hisoblash texnikalaridan foydalanmaydi. Peterburg chetidagi kichik kulbasida doimiy bir nuqtaga tikilganicha muttassil o‘ylanib o‘tiradi. Undan intervyu olmoqchi bo‘lgan jurnalistlarni va voz kechilgan mukofotni o‘z hisobiga o‘tkazib berishni so‘rab va talab qilib(!) kelayotganlarni esa sanog‘i ham yo‘q. Lekin Perelman o'z onasidan boshqa hech kim bilan gaplashmaydi. Onasining aytishicha hozir u qolgan muammolardan birining ustida bosh qotiryotgan bo‘lishi mumkin ekan. Mukofotni olish yoki "Hayriya fondi" kabi boshqa tashkilotlarga o‘tkazish haqidagi fikrga esa uni javobi qat'iy: "Ilm pul bilan o‘lchanmaydi!!!"

qiziquvchilar uchun: http://www.claymath.org/

http://www.claymath.org/millennium/


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 05.03.2019 14:01
 


Maqolaning 27 sahifasi, jami 27 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 804
O'qilgan sahifalar soni : 4207736

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis