Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Mikroblarning antibiotiklarga bardoshliligi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Mikroblarning antibiotiklarga bardoshliligi

Mikroorganizmlarning populyatsiyasida (alohida bir a’zosida emas) vaqt o‘tishi bilan muayyan kimyoviy moddalarga, xususan, antibiotiklarga va pestitsidlarga qarshi chidamlilik shakllanishi mumkin.

Albatta, antibiotik dorilarga nisbatan chidamli bo‘lgan va dori ta’sir qilmaydigan mikroblar haqidagi vahimali gaplar ba’zan quloqqa chalinib turadi. Bu to‘g‘risida tibbiyot sohasi mutaxassislari yaxshiroq bilishadi albatta. Ayrim bemorlarda davolash jarayonida foydalanilgan muayyan bir antibiotikni boshqasiga, ya’ni, yanada kuchlirog‘iga almashtirishga to‘g‘ri kelganligi turgan gap. Mikroorganizmlar populyatsiyasida dori preparatlariga nisbatan bunday chidamlilik shakllanishi hodisasi, ba’zi hissiyotga beriluvchan jurnalist va yozuvchilar aytganidek, «ona tabiatning odamzotdan o‘ch olishi» emas, balki, tabiiy evolyutsiya qonuniyatlarining amaldagi ifodasi xolos.

Yangilаndi: 08.12.2017 12:40
 

Temir – mustahkam element.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Temir – mustahkam element.

Jahon mumtoz adabiyotining eng qadimiy namunalaridan biri Gomerning «Iliada» dostoni sanaladi. Ushbu doston taxminan eramizdan avvalgi 800-yilda yozilgan bo‘lib, taxminan eramizdan avvalgi 1000-yil atrofida bo‘lib o‘tgan Troya qal’asi qamali haqida hikoya qiladi. Afsonalarga ko‘ra, o‘sha qamal 10 yil davom etgan emish.

Dostonda naql qilinishicha, o‘sha janglarda qatnashgan jangchilarda qurol-aslaha, o‘q-yoy va sovutlar bronzadan yasalgan bo‘lgan.

Yangilаndi: 09.12.2017 09:55
 

Peano egri chizig‘i

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Peano egri chizig‘i

1890-yilda italyan matematigi Juzeppe Peano, fazoni to‘ldiruvchi egri chiziqlar turkumidan eng dastlabki misolni keltirish orqali, butun matematika olamini ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi. Egri chiziqlarning bunday yangi turkumi haqida so‘z yuritarkan, rus matematigi Naum Vilenkin «ular tufayli, matematikadagi eng asosiy ta’riflar ham o‘z ma’nosini yo‘qotdi» - deb ta’kidlagan edi.

Peano egri chizig‘i termini odatda, fazoni to‘ldiruvchi egri chiziq terminiga sinonim sifatida qo‘llaniladi. Bunday egri chiziqlarni odatda, zigzagsimon chiziqning uzluksiz davom ettirilishi va oqibatda ushbu chiziqning o‘zi joylashgan fazoni butunlay to‘ldirilishi bilan yasaladi. Peano chiziqlari haqiqatan ham matematikada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Chunki, bunday egri chiziqning chiziqlari bir o‘lchamlikka ega bo‘lib ko‘ringani bilan, aslida ular ikki o‘lchamli maydonni egallaydi. Shunga ko‘ra, Peano egri chiziqlarini aslida egri chiziq deyishning o‘zi to‘g‘rimikin? Ustiga ustak, Peano egri chiziqlari kub, yoki, giperkub singari uch o‘lchamli fazoni ham to‘ldiradi! Peano egri chiziqlari uzluksiz bo‘ladi. Lekin, Kox qorparchasi, yoki, Veyershtrass funksiyasidan farqli o‘laroq, Peano egri chiziqlari o‘zining biror-bir nuqtasiga o‘zi urinma bo‘lmaydi. Fazoni to‘ldiruvchi egri chiziqlar uchun Xausdorf o‘lchamligi 2 ga teng.

Yangilаndi: 09.12.2017 10:00
 

Bregg qonuni

E-mail Chop etish

Bregg qonuni

Muayyan matematik shartlarga amal qilinsa, kristalldan akslangan rentgen nurlari shunday aniq difraksion manzarani namoyon qiladiki, undan kristallning panjara strukturasining tasvirini hosil qilish mumkin bo‘ladi.

Kristallarda atomlar muntazam takrorlanuvchi geometrik struktura tarzida tartiblangan bo‘lib, ushbu strukturani fanda kristall panjara deyiladi. Qattiq jism fizikasi sohasining asosiy vazifalaridan biri – kristalllarning struktura tuzilishini aniqlashdan iboratdir. Kristallarning struktura tuzilishini aniqlash uchun odatda fiziklar Avstraliyalik olim ser Uilyam Lourens Bregg (1862-1942) tomonidan kashf qilingan va uning nomi bilan ataladigan qonunga asoslanuvchi usuldan foydalanadilar.

Yangilаndi: 09.12.2017 10:02
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3056888

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov