28-sentyabr - Butunjahon quturishga qarshi kurash kuni
Bugun 28-sentyabr - Butunjahon quturishga qarshi kurash kuni. Ushbu sana 2007-yildan boshlab, har yili sentyabr oyining 28-sanasida, buyuk mikrobiolog olim Lui Paster vafot etgan sanada nishonlanib kelinadi. Albatta, ushbu sana Lui Paster xotirasini abadiylashtirish, hamda, hozirgi kunda ham eng xatarli kasalliklardan biri bo'lib qolayotgan quturish kasalligiga qarshi kurashga oid targ'ibot ishlarini keng rivojlantirishni maqsad qiladi. Ushbu xotira kunining asosiy maqsadi - quturish kasalligining odamlar va hayvonlar uchun olib keladigan oqibatlariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, kasallikning oldini olish choralari haqida aholining xabardorligini oshirish hamda quturishga qarshi kurashda erishilgan muvaffaqiyatli natijalarni keng targ‘ib qilishdir.



Maqolalar


Butunjahon kvant kuni, yoki, butunjahon kvant fani kuni – 2021-yildan buyon, har yili 14-aprel kuni nishonlanishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu bayram sanasiga butun dunyo bo‘ylab kvant mexanikasi sohasida izlanib kelayotgan olimlar tomonidan asos solingan bo‘lib, sanani nishonlashdan maqsad – keng jamoatchilik uchun kvant fani va texnologiyalarini tushunishda yordam ko‘rsatish, hamda, ushbu fanning ilg‘or jabhalaridagi yutuqlar bilan yaqindan tanishtirishdir.
2024-yilning eng so'nggi kunlarida «Parker Solar Probe» kosmik zondi Quyosh tojiga yana bir bor sho'ng'ib chiqdi v bu orqali qator yangi rekordlarni ham o'rnatdi. U dastlab 2021-yild 

