Men haqimda
Nokamtarlikka yo'ymangu, lekin nimagadir o'zim haqimda gapirishni va yozishni yoqtirmayman.
Qisqasini aytganda, 1985-yilda Marg'ilon shahrida tug'ilganman. 1992-yilda, Mirzo Ulug'bek nomli 14-o'rta maktabga, 1-sinfga borgan edim. Maktabning ilk kunida, nima sababdandir, sinf xonaga kech kirib oxirgi partaga o'tirganman. Shu-shu ba'zi kam sonli qisqa o'zgarishlar bilan, maktabni bitirguncha 11 yil oxirgi partada o'tirdim. Turli sabablarga ko'ra, maktabimni 3 marta o'zgartirganman: 14-maktabda 3 yil o'qib keyin Oybek nomli 27-maktabga, 7-sinfdan esa Aniq Fanlar litseyiga (hozirgi Marg'ilon shahar 2-IDUM) o'tib o'qiganman. Litseydagi esda qolgan eng yorqin xotiralarimdan biri, 2001-yili, 9-sinfligimda Tarix fanidan shahar olimpiadasida g'olib bo'lgan edim. Qolaversa, litsey menga chuqur bilim bergan talabchan va professional pedagog ustozlar bilan xotiramda o'chmas iz qoldirgan.