Tasviru-tasavvurga sig‘mas miqyos
Musavvir mo‘yqalami uning tasavvuriga kelgan aql bovar qilmas narsalarni ham qog‘ozga tushirishga qodir. Salvador Dali, Pablo Pikasso va ho kazo rassomlar esa nafaqat sof fantaziya va xayolot mahsulini, balki, g‘irt illiyuzion tasvirlarni ham chizib ko‘rsatishgani bilan san’at shinavandalarini lol qoldirishgan. (Xususan, menga ko‘pincha, Dali xuddi o‘z gallyustinatsiyalarini ham qog‘ozga tushiravergandek tuyuladi ).
Lekin, rassomning abstrakt xayoloti u yoqda tursin, ko‘z ongimizda, real voqe’likda bo‘lib turgan ayrim narsalar borki, ularni har qanday mohir rassom ham hech qachon qog‘ozda tasvirlab, ifodalay olmasligi aniq. Shunday narsalardan biri – Quyosh sistemasini barcha sayyoralari bilan birga, real miqyosga nisbatan proporsiyasining qog‘ozda tasvirlash masalasidir. Ishonavering, aynan shu masalani na eng kuchli rassom va na eng kuchli chizmachilik mutaxassisi uddalay olmaydi.