Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Jonatan Sviftdan salomlar: Fobos va Deymosning kashf etilishi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Jonatan Sviftdan salomlar: Fobos va Deymosning kashf etilishi

XIX-asrning ikkinchi yarmida astronomlar sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlarining aniq sonini bilib bo‘ldik degan fikrga kelib bo‘lgan edilar. Ya'ni, Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi - Oy bo‘lib, Merkuriy, Venera va Marsning tabiiy yo‘ldoshlari yo‘q deb hisoblanardi. Yupiterda to‘rtta, Saturnda esa sakkizta tabiiy yo‘ldosh mavjud degan ishonch hattoki fizika darsliklarida ta'kid bilan keltirilardi. E'tibor bering: Yerda 1 ta, Yupiterda 4 ta, Saturnda esa 8 ta. Agar, Yer va Yupiter orasidagi sayyora - Marsda ham 2 ta yo‘ldosh bo‘lganida, sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlari soni, ularning Quyoshdan uzoqlashish tartibi bo‘yicha geometrik progressiyani hosil qilgan bo‘lardi.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:45
 

Oltingugurt - sariq element

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

Oltingugurt - sariq element

16-raqamli element hammaga yaxshi tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan olim mashhur farang kimyogari Antuan Lavuaze (1743-1794) bo'ladi.

Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur"ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. o'zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "oltin" va forscha "gugurt" so'zlarining qo'shilishidan yasalgan. Uning "yonish", "olov" so'zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:23
 

Entropiya? Bu juda oddiy...

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Entropiya? Bu juda oddiy...

Entropiya. Bu tushuncha ne-ne kallalarni qotirmagan deysiz. To‘g‘rirog‘i, bu tushunchani mohiyatini anglash uchun ne-ne kallalar qotimagan, ne-ne miyalar qiynalib qolmagan deysiz. Chunki, mavzular o‘ta jiddiy izchillik bilan yoritiladigan fizika darsliklarida entropiya tushunchasi biroz murakkab ta'riflanadi. Odatda, entropiya tushunchasining ta'rifini birinchi marta o‘qigan o‘quvchi yoki talaba taxminan quyidagi memda tasvirlangan holatga tushadi.

Yangilаndi: 23.11.2018 11:49
 

Arximed qonuni

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 97
Juda yomon!A'lo! 

Arximed qonuni

Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz og‘irligiga teng gidrostatik (gazlarda aerostatik) "ko‘tarish kuchi" ta'sir qiladi.

Afsonaga ko‘ra, hammomdan qip-yalang‘och chiqa solib, saroy tomon yugurarkan, qadimgi yunon olimi Arximed "Evrika!" - deb xitob qilgan ekan. Yunon tilida bu so‘zning ma'nosi "Topdim!" degani bo‘ladi. o‘sha afsonada aytilishicha, qadimgi Yunoniston podshosi Geron II olimga, o‘z tojining sof oltindan yasalganmi, yo‘qmi, aniqlash vazifasini topshirgan ekan. Shartga ko‘ra, olim, tojni o‘ziga ziyon yetkazmasdan (ya'ni, buzmay va sindirmay) turib, uning metalli sof tilladanmi, yoki, biror boshqa arzonroq metall, masalan, mis yoki, kumush qo‘shilganmi - shuni aniqlashi lozim edi. Tojni tarozida tortib ko‘rish Arximedga qiyinchilik tug‘dirmagan. Lekin, masalani hal qilish uchun shuning o‘zi yetarli emasdi. Shuningdek, olim tojning hajmini ham o‘lchashi va bu orqali metallning zichligini aniqlab, natijada, uning sof oltindan ekanini bilib olishi mumkin bo‘lgan.

Yangilаndi: 23.11.2018 12:00
 


Maqolaning 9 sahifasi, jami 32 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12108353

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)