Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Skandinaviya elementlari

E-mail Chop etish

Skandinaviya elementlari

1794-yili asl millati fin bolgan Yoxann Gadolin ismli olim, Shvetsiyaning Itterbyu shaharchasi yaqinidan ilgari ilm-fanga nomalum bolgan, yangi mineral topib oldi. Gadolin shaharcha nomiga ishora qilgan holda, ushbu topilmani ittria deb nomlagan edi. Sinchiklab tekshirishlar orqali, olim ushbu mineral tarkibida kimyogarlarga shu choqqacha nomalum bolgan kimyoviy element mavjudligini ham aniqladi. Tabiiyki, ushbu kimyoviy elementni ham, osha shaharcha nomi bilan ittriy deb atay boshlashdi.

Biroq, ittriyning kashf qilinishi haqidagi hikoya shuning ozi bilan yakunlanmagan. Bazi paytlarda ittriy jahonning eng nufuzli kimyogarlarini ham boshi berk kochaga olib kirib qoygan bolib, uning atrofidagi bahslar ancha uzoq davom etgan.

Yangilаndi: 15.10.2016 10:51
 

Kechayu-kunduz atrofingda parvona..

E-mail Chop etish

Kechayu-kunduz atrofingda parvona...

(Ayzek Azimovdan tarjima)

Sarlavha lirik chekinish emas. Balki, sof astronomik hodisaning tavsifidir.

Astronomiya haqida oddiy kitobxon uchun maqola yozish istagida bolgan har qanday muallif oldida, bir kunmas bir kun, qanday qilib Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani, shu bilan birga u yana oz oqi atrofida ham, Yer atrofida ham aylanishini tushuntirish masalasi kondalang boladi.

Astronomiyada chuqur bilimga ega bolmagan kishi uchun ushbu fakt yaqqol tushunarsiz, bir-birga zid fikrdek korinadi. Shunga qaramay, Oyning Yerga faqat bir tarafi bilan yuzlangani hammaga oydek ravshan. Chunki, Oy har safar Yerga faqat bir tarafi bilan qarab turishini hech qanday qoshimcha asbob uskunalarsiz, hamda hisob-kitoblarsiz ham, shunchaki koz bilan kuzatish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Har safar oydin kechada Oyga qaraganimizda, uning yuzidagi qoramtir joylari (doglari) oz joyida turganini guvohi bolamiz. Agar u aylanganida edi. Bu joylari asta-sekin siljib, korinmay qolishi va keyinroq yana korina boshlashi lozim edi. Shunday holatda, biz Yerdan turib ham, Oyni hamma tomonini korishimiz mumkin bolardi.

Yangilаndi: 08.10.2016 15:41
 

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Nobel-2016. Mukofot sohibi roza tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab bergan.

2016 yil 3-oktyabr sanasida, ya'ni, dushanba kuni jahonning barcha ilm-fan xodimlari katta qiziqish bilan kutadigan Nobel haftaligi ochildi. Ananaga binoan, bu hafta davomida biz ilm-fanning tibbiyot va fiziologiya (3-oktyabrda), fizika (4-oktyabrda), hamda, kimyo (5-oktyabrda) yonalishlarida eng muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirganligi uchun ushbu nufuzli xalqaro ilmiy mukofotga loyiq korilgan olimlarning ism-shariflarini bilib olamiz.

Umuman olganda, bu yilgi Nobel mukofotining birinchi laureati allaqachon malum. Dushanba kuni Nobel mukofoti hayati tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel-2016 mukofotiga loyiq korilgan olim ismini malum qildi. Bu 71 yoshli yapon olimi, Tokio Texnologiya Instituti professori, molekulyar biologiya yonalishidagi jahonning eng ilgor mutaxassislaridan biri Yosinori Osumi boldi.

Yangilаndi: 28.10.2016 17:45
 

Entropiya uchun Bolsman tenglamasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Entropiya uchun Bolsman tenglamasi

Millionlab odamlar shuurini uygotish uchun bir tomchi siyoh kifoya qiladi - deb yozgan edi bir paytlar Jorj Jordan Bayron. Avstriyalik fizik Lyudvig Bolsman sistemadagi kop sonli zarrachalarning xatti-harakatini matematik jihatdan bayon qiluvchi statistik termodinamika bilan shugullangan. Masalan, stakandagi suvga tomizilgan siyoh tomchisidagi zarrachalarning harakatini ifodalash uchun, statistik termodinamikadan foydalanish mumkin. 1875 yilda Lyudvig Bolsman sistemaning entropiyasi S va sistemaning mavjud bolishi mumkin bolgan holatlarining soni W ortasidagi bogliqlikni ifodalovchi ixcham, lekin juda aniq formulani keltirib chiqardi. Uning formulasi S=k lnW korinishida bolib, bu yerda k Bolsman doimiysi deyiladi. Ushbu doimiyni Bolsman doimiysi deb atash fikri keyinroq Maks Plankdan chiqqandi. Bolsman doimiysi, sistemaning harorati va energiyasi orasidagi bogliqlikni ifodalaydi.

Yangilаndi: 29.09.2016 08:47
 


Maqolaning 7 sahifasi, jami 21 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2653465

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)