Yozuv mashinkasi
XIX-asrning 70-yillarida boshlangan mashina inqilobi bir qarashda texnikadan ancha yiroq bo‘lgan faoliyat sohalarini, xususan matn yozish sohasini ham qamrab oldi. Ming yillar mobaynida odamzot matn yozish uchun faqat o‘z qo‘lidan foydalanib kelgan edi. Yozuv mashinkasi ixtiro qilinishi bilan esa, endi matn yozish masalasi ham mexanizm zimmasiga yuklanib, bir necha barobar tezlashdi. Endilikda, muayyan harf, yoki, so‘zlarni qo‘lda yozib o‘tirmasdan, mashinkadagi tegishli klavishni bossa kifoya! Yozuv mashinkasining paydo bo‘lishi inson hayot faoliyatida juda katta ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Xususan, uning natijasida, ish yuritish va kotibiyat, devon ishlaridagi samaradorlik bir necha barobar ortdi.



Maqolalar

Borromeo halqasi
Quyosh tizimi qanday hosil bo'lgani haqida fikr yurituvchi gipotezalar kosmogoniya sohasiga taalluqlidir. Kosmogoniya - nazariy astronomiyaning eng qadimgi bo'limlaridan biri bo'lib, u aynan Quyosh sistemasining paydo bo'lishi va shakllanish evolyutsiyasiga oid turli gipoteza va nazariyalarni o'zida jamlaydi.




