Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

Rim raqamlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Rim raqamlari

Qadimgi Rimliklar hozirgi kunda ham "Rim raqamlari" nomi bilan saqlanib kelayotgan raqamlash tizimidan foydalanishgan. Biz bu tizimda, asrlarni ifodalashda, konferensiyalar, libos o‘lchamlari, kitob boblari kabilarni belgilashda hali hanuz foydalanamiz. Masalan, XIX-asr, XXL o‘lchamli kiyim, kitobning XXII bobi, yoki, qirolicha Yelizaveta II kabi so‘zlarda rim raqamlarini qo‘llaymiz. Rim raqamlarining eng keyingi shakllari quyidagicha:

I=1, V=5, X=10, L=50, C=100, D=1000, M=10000

Yangilаndi: 29.07.2019 10:08
 

Qadimgi Bobilliklarda o‘rin qiymatiga qarab raqamlash

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Qadimgi Bobilliklarda o‘rin qiymatiga qarab raqamlash

Eramizdan taxminan 40 asr ilgari qadimgi Bobilda o‘rin qiymatiga qarab (pozitsion) raqamlash tizimi, ya'ni, aynan bir raqamning qaralayotgan sondagi o‘rniga ko‘ra turli qiymatlar oladigan usulda raqamlash tizimi vujudga kelgan. Bizning hozirgi muomaladagi raqamlash tizimimiz ham aynan shunday, ya'ni, pozitsion raqamlash tizimidir. Masalan, biz qo‘llaydigan 52 sonidagi 5 ning ma'nosi 50, ya'ni, 5×10 ni bildiradi. 576 sonidagi 5 esa, 500 ni, ya'ni, 5×10×10 ni anglatadi. Bizda 10 raqamai qanday ahamiyat kasb etsa, Bobilliklarning pozitsion raqamlashida 60 shunday o‘rin tutgan. Shuning uchun ham bu usul oltmishli sanoq tizimi deb ataladi. Bobilliklar 60 dan kichik sonlarni ikki xil belgi bilan yozishgan:

1 soni uchun belgi, 10 uchun -belgi ishlatilgan.

Yangilаndi: 29.07.2019 10:06
 

Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi?

Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi? - degan hazilakam savol hammaga ma'lum. Odatda o‘ylamasdan turib, bir tonna temir og‘ir degan javobni beradilar, bu qaltis javobdan o‘tirganlar o‘rtasida qahqaha ko‘tariladi. Agar bir tonna temirdan ko‘ra bir tonna yog‘och og‘ir degan javob berilsa, hazilkashlar yana ham qattiqroq kulgi ko‘tarishsa kerak. Bunday deyish kelishmagandek ko‘rinadi, lekin qat'iy aytganda - shu to‘g‘ri javob!

Masala shundaki, Arximed qonuni faqat suyuqliklar uchungina emas, balki gazlar uchun ham to‘g‘ridir. har bir jism havoda o‘zi siqib chiqargan havoning og‘irligicha o‘z og‘irligidan "yo‘qotadi". Temir ham, yog‘och ham o‘z og‘irligini, albatta qisman yo‘qotadi. Ularning asl og‘irligini topish uchun yo‘qotilgan og‘irlikni qo‘shish kerak. Binobarin, bizning misolimizda yog‘ochning asl og‘irligi = 1 tonna + yog‘och hajmidagi havoning og‘irligi; temirnnng asl og‘irligi = 1 tonna + temir hajmidagi havoning og‘irligi. Ammo bir tonna yog‘och bir tonna temirga qaraganda ancha (deyarli 5 marta) katta hajmni ishg‘ol qiladi, shuning uchun bir tonna yog‘ochimnzning asl og‘irligi bir tonna temirning asl og‘irligidan ko‘proq! Aniqroq qilib aytmoqchi boo‘lsak, shunday deyishimiz kerak edi: havoda bir tonna keladigan yog‘ochning asl og‘irligi havoda bir tonna keladigan temirning asl og‘irligidan ko‘proq

Bir tonna temir 1/8 kub metr, bir tonna yog‘och esa 2.5 kub metr joyni ishg‘ol qilganidan ular siqib chiqargan havoning og‘irligi o‘rtasidagi ayirma 2.5 kg ga yaqin bo‘lishi kerak. Bir tonna yog‘och bir tonna temirdan haqiqatda mana shuncha og‘ir!!!

Yangilаndi: 17.01.2019 14:41
 

Optika yordamida laqillatish: Gapiruvchi kesilgan bosh g'avg'osi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Gapiruvchi kesilgan bosh

Bu "mojiza" kopincha kichik shaharlarda kezib yuruvchi sayyor sirk, muzey va "panoptikum"larda korsatilar edi. Oz shaharlariga kelgan ana shunday kochma teatrlarga tushgan tamoshobinlar hambunga oxshash nayrangbozlikni korganlar. Siri bilan oshno bolmaganlarni u chindan hayron qoldiradi: siz oz oldingizda ustiga tarelka qoyilgan stolni korasiz, tarelkaning ustida esa... kozlari miltillatib, gapirib va ovqatlanib turgan odamning tirik boshini korasiz! Goyo stolning ostida tanasini berkitadigan joy yoqdek korinadi. Tosiq bolgani sababli stolga yaqin kelish mumkin bolmasada, siz stol ostida hech narsa yoqligini korib turasiz. Agar sizga bunday "mojiza" ni oz kozingiz bilan korishga togri kelsa, siz stol ostiga gijimlangan qogozni tashlab koring. Sir darrov ochiladi: qogoz... kozguga tegib qaytadi! Qogoz stolga yetmagan taqdirda ham, kozguning borligini oshkor qiladi, chunki unda qogozning tasviri korinadi.

Yangilаndi: 14.09.2018 09:53
 


Maqolaning 27 sahifasi, jami 28 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 817
O'qilgan sahifalar soni : 4664808

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov