Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar
Maqolalar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Elektr va Magnetizm hodisalalrining bogliqligi. Ersted qonuni.

Elektr va magnetizm hodisalarining o'zaro uzviy bogliqligi, parranda pati va hayvon junining qahraboga, temir qirindilarining magnitga tortilishi kabi oddiy fizik jarayonlar orqali,butun Yevropaning eng yuksak zehn zakovat egalarining farazlarida mavjud edi. Ilmiy adabiyotlarda polat ignaning elektr uchqunlari bilan magnitlanib qolganligi hamda, kompas magnit strelkasining chaqmoq ta'sirida magnit xususiyatidan mosuvo bo'lganligi haqida faktlar allaqachon mavjud edi. Galvanizm boyicha risolasida (1804 yil) Aldini, Volt ustuni tufayli magnitlanib qolgan polat igna haqida, Romanozi esa, magnit strelkasining Volt ustuni ta'sirida magnitsizlanib qolganligi haqida yozgan edi. Lekin, bu faktlarning barchasi tasodifiy kuzatuvlar shaklida bolib, ular umumlashtirilmagan va mufassal yoritilmagan edi.

Bu hodisalarning mohiyati va ahamiyatini birinchi bolib, Daniyalik fizik olim, Hans Xristian Ersted angladi va unga butun dunyo olimlarining diqqatini jalb etdi.

Daniyalik olim, professor, - deb yozgan edi Amper, - ozining buyuk kashfiyoti bilan fiziklar uchun yangi tadqiqotlar yolini ochib berdi. Bu tadqiqotlar oz samarasini bermay qolmadi; ular, taraqqiyotning keyingi yonalishiga befarq bolmagan insonlar uchun e'tiborga molik bo'lgan koplab faktlarning ochilishiga turtki bo'ldi.

Hans Xristian Ersted (1777-1851) Daniyaga qarashli Langeland orolidagi kichik Ryudkobing shaharchasida, ortahol dorixonachi oilasida tugildi. Oilaning moliyaviy holati, Hans va uning akasi Anderslarga boshlangich ta'limni uzluksiz olishga imkoniyat bermagan. Shu sababli, ularning oqishi betartib ravishda, to'gri kelgan joyda davom etgan. 12 yoshidan boshlab Hans, otasining dorixonasida sotuvchi bolib ishlay boshlagan. Aynan shu davrda uning istiqboli uchun tibbiyot birinchi oringa chiqib, adabiyot, kimyo, tarix va boshqa sohalarni ikkinchi darajaga surib qoygan edi. U Kopengagen universitetiga kirganida, aynan tibbiyot sohasining mutaxassisi bolishni reja qilgan edi. Lekin u talabalik yillaridayoq, tibbiyot bilan birgalikda, birvarakayiga fizika, astronomiya, falsafa va she'riyat sohalarini ham puxta ozlashtirib bordi.

Yangilаndi: 29.09.2018 09:55
 

Aristotel masalasi

E-mail Chop etish

Aristotel masalasi

Galileo Galiley mexanika faniga asos solishidan (1630) ikki ming yil muqaddam, qadimgi Yunonistonning mashhur olimlaridan biri Aristotel ozining Mexanika muammolari risolasini yozgan edi. Mazkur risolada Aristotel, oz zamonasi ilm-fani darajasi tufayli, yecha olmagan 36 ta dolzarb masalalarni sanab otgan edi. Ular ichida quyidagi masala ham bor: Nima sababdan daraxtga ogir yuk bilan qoshib boglangan bolta bilan zarb berilsa, daraxt nisbatan kam zararlanadi; lekin, agar boltani yuksiz ursak, u aganaydi? qaytanga bu holatda yiqilayotgan yuk, bosayotgandan ancha kichik.

Bu masalani Aristotel oz zamonasining tor tushunchalariga kora yecha olmagan. Uni hozirgi zamon kishilarining aksariyati ham hal qilishi gumon. Keling yunon faylasufining masalasini batafsilroq korib chiqamiz.

 

18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 115
Juda yomon!A'lo! 

18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Davlatimiz rahbarlari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilganida, xorij safarlarida, o‘zga davlatlar hududida O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘rganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrog‘i hilpiraganida odamning qalbi allanechuk bo‘lib ketadi. Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e'zozlaydi. Zero milliy bayrog‘imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Yangilаndi: 21.11.2018 10:38
 

Robert Oppengeymer - atom bombasining «otasi»

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Robert Oppengeymer - atom bombasining «otasi»

 

-Aytingchi, suvda atom bormi?

-Ie, domlajon, suvda atom nima qilsin. Axir atom - Bombaku!

Mashhur kinofilmdagi, mashhur qanotli ibora. Lo‘ttiboz talabaning domlaga qilgan nag‘masida uning modda tuzilishi haqidagi tasavvuri qanchalik yuzaki ekanligi namoyon bo‘lgan. Biroq u nazarda tutgan narsa - atom bombasi esa, insoniyat o‘ylab topgan va yasagan eng dahshatli, eng vayronkor va eng xavfli ommaviy qirg‘in qurolidir. Bu haqda sevimli shoirimiz Erkin Vohidov ham kuyunib:

Atomni ijod etib,

dahshat balo bunyod etib,

oqibatni yot etib,

hayron o‘zing...

deb yozgan edilar.

Haqiqatan ham, atom bombasi - yadroviy parchalanish natijasidagi reaksiya zanjiriga asoslangan katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan xarakterli bo'lgan, ommaviy qirg‘in vositasi bo‘lib, uning qo‘llanilishi tufayli bus butun shaharlar vayron, yuz minglab insonlar qurbon bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada atom bombasi va uning «otasi» - yadroshunos olim Robert Oppengeymer haqida fikr almashamiz. Va maqolamiz davomida, ushbu dahshat qurolining yasalishi borasida ba'zi bir jihatlarda, butun bashariyatni Xudo saqlagani haqidagi muhim tarixiy faktlarni bilib olasiz...

Yangilаndi: 21.11.2018 11:35
 


Maqolaning 21 sahifasi, jami 26 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 784
O'qilgan sahifalar soni : 3672977

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis