Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kutubxona
Orbita.UZ kutubxonasi

Saytimizda aniq va tabiiy fanlar, texnika, va ilmiy ommabop janrdagi kitoblarning on-layn elektron kutubxona bazasini tashkillashni maqsad qildik. Bu joyda biz asosan, kamyob kitoblar, fanlarni o‘zlashtirishda foydali bo‘lgan ilmiy-badiiy adabiyotlar va asarlarning elektron variantlarini e'tiboringizga havola qilamiz. Kutubxonamiz saytimiz foydalanuvchilarining bilimlarining ortishiga hissa qo‘sha olsa saytimiz oldiga qo‘ygan maqsadlar yo‘lida demakki to‘g‘ri yo‘ldan borayapmiz...


Agar kitoblarni yuklashda biror muammo kelib chiqsa, bu haqida ushbu e-mail mаnzil spаm-bоtlаrdаn himоyalаngаn, uni tаsvirlаsh uchun JavaScript-ni yoqishingiz lоzim. ga maktub yo‘llang. Biz Sizga zarur kitobni elektron E-mail manzilingizga albatta yuboramiz...



Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan

Tan olish kerak, bizga maktabda o‘rgatiladigan fizika odatda anchayin zerikarli bo‘ladi. Maktab fizika kursining asosiy qismini asosan XIX-asrga taalluqli ulug‘vor fizika mavzulari tashkil qiladi va bu fizikada, tasodiflarga, hamda, tan olingan haqiqatlarga nisbatan shubhaga borishga o‘rin yo‘q. Taassufki, biz maktab yoshidagi bolalarni fizikaning eng qiziqarli va maftunkor qismi - kvant fizikasi bilan deyarli tanishtirmaymiz.

Ushbu kitob, kvant fizikasiga qiziquvchan kishilarni ilm-fanning mazkur judag‘aroyib, ta'bir joiz bo'lsa, aql bovar qilmas, lekin, o‘ta muhim sohasi bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Kitobda kvant fizikasiga oid 50 ta eng muhim va eng qiziqarli hodisalar haqida 3 daqiqadan, lo‘nda-lo‘nda tarzda hikoya qilinadi. Mavzuni yoritishning ushbu formati, mutolaachi uchun, bayon qilingan ilmiy fenomenni tushunishda qo‘l keladi degan umiddamiz.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 23.11.2018 11:56
 

Электр установкаларда ишлашда хавфсизлик техникаси

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Электр установкаларда ишлашда хавфсизлик техникаси

 

Mualliflar: Voronina, N.F. Shibenko

Tematik yo‘nalishi: Elektrotexnika, xavfsizlik texnikasi

Tarixi: Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1983 yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.

Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.

Hajmi: 22 mb

Yangilаndi: 03.12.2018 11:39
 

Mariya Kyuri. Elementlar va radioaktivlik.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 26
Juda yomon!A'lo! 

Mariya Kyuri.

Elementlar va radioaktivlik

Mariya Kyuri - Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk ayoldir. Eri Pyer Kyuri bilan birgalikda u radioaktivlik hodisasini kashf qildi. Ushbu kashfiyot olimaning keyingi yorqin ilmiy faoliyatining ibtidosi bo‘lib xizmat qildi. Kyuri ilmiy faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida, uning izlanishlari evaziga Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalida ikkita yangi element - radiy va poloniy paydo bo‘ldi. Mariya Kyuri tinib-tinchimas, izlanishlardan charchamaydigan va mehnatdan qochmaydigan ayol edi. Hatto eri Pyerning bevaqt o‘limi ham uning ilm-fanga bo‘lgan jo‘shqin ishtiyoqini so‘ndira olmadi. U o‘z ilmiy tadqiqotlarini o‘ta kamtarona jihozlangan, moddiy-texnik bazasi nihoyatda g‘arib laboratoriyada olib borgan. U bajargan tajribalarda o‘z tanasiga muayyan nurlanish dozalarini qabul qilar va bu uning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirar edi. Shunga qaramay olima izlanishlarni hech qachon to‘xtatib qo‘ymagan. Birinchi jahon urushi yillarida Mariya Kyuri o‘z ilmiy izlanishlarining amaliy natijalarini, kasal va yaradorlarni davolash maqsadlarida tibbiyot xizmatiga qo‘ya oldi. Olimaning hayoti intihosi ham uning ilm-fanga bo‘lgan beqiyos muhabbati in'ikosi edi. U o‘z hayoti uchun xavfli sharoitlarda ishlab, ilmiy izlanishlar yuritgan bo‘lsa-da, lekin u qilgan kashfiyotlari minglab insonlarning hayotini saqlab qoldi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 04.12.2018 10:36
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz kutubxonasidan:

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11862324

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)