Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kutubxona
Orbita.UZ kutubxonasi

Saytimizda aniq va tabiiy fanlar, texnika, va ilmiy ommabop janrdagi kitoblarning on-layn elektron kutubxona bazasini tashkillashni maqsad qildik. Bu joyda biz asosan, kamyob kitoblar, fanlarni o‘zlashtirishda foydali bo‘lgan ilmiy-badiiy adabiyotlar va asarlarning elektron variantlarini e'tiboringizga havola qilamiz. Kutubxonamiz saytimiz foydalanuvchilarining bilimlarining ortishiga hissa qo‘sha olsa saytimiz oldiga qo‘ygan maqsadlar yo‘lida demakki to‘g‘ri yo‘ldan borayapmiz...


Agar kitoblarni yuklashda biror muammo kelib chiqsa, bu haqida ushbu e-mail mаnzil spаm-bоtlаrdаn himоyalаngаn, uni tаsvirlаsh uchun JavaScript-ni yoqishingiz lоzim. ga maktub yo‘llang. Biz Sizga zarur kitobni elektron E-mail manzilingizga albatta yuboramiz...



Xalqaro Birliklar Tizimi - SI

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI

 

Mazkur risolani o‘zbek tiliga tarjima qilishda, O‘TXQ rasmiy sayti - www.bipm.org da 2006-yil may oyida e'lon qilingan va 2014 yil iyul oyida yangilangan, farang va ingliz tillaridagi 8-nashr "SI The International System of Units (SI)" risolasi asos qilib olindi.

o‘zbek variantida, fizik kattaliklar va ularning birliklarining nomlari va ramziy belgilari, o‘zbek adabiy tilining imlo qoidalariga muvofiqlashtirib yozildi. Zaruriy o‘rinlarda, tegishli izohlar kiritildi.

Kitob ikki qismdan iborat: Asosiy qism va ilova. Asosiy qism to‘liq ravishda, O‘TXQning "The International System of Units(SI)" risolasining 8-nashri (Parij, Acheve d'imprimer : mai 2006) tarjimasidan iborat.

Ilovada esa SI tizimining kelib chiqish tarixi, undagi birliklarning amaliy keltirib chiqarish usullari bayoni va boshqa qiziqarli ma'lumotlar, shuningdek, SI tizimiga kirmaydigan boshqa birliklar bilan munosabatlari ifodalanadi. Boshqa birliklar tizimlari va tizimlashmagan nostandart birliklar, shuningdek maxsus tor sohalarga oid birliklar bo‘yicha ham ma'lumotlar keltiriladi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 22.12.2018 11:00
 

Metrologiya, texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 28
Juda yomon!A'lo! 

Metrologiya, texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari

 

Muallif: B.E. Muhamedov.

Tematik yo'nalishi: metrologiya, asbobsozlik, o'lchov texnikasi, nazorat o'lchov asboblarii

Tarixi: O'qituvchi nashriyoti 1991-yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, skanerlangan.

Grafikasi: O"zbek tili kirill alifbosida.

Yangilаndi: 22.10.2019 17:32
 

Azot dunyosi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Azot dunyosi

Kitobxon e'tiboriga havola etilayotgan ushbu ilmiy-obbabop asar, mashhur amerika fantast va ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Ayzek Azimov (Isaac Asimov) tomonidan yozilgan bo‘lib, u muallifning "Uglerod dunyosi" deb nomlangan asarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Muallif, molekulyar tarkibiga uglerod, vodorod va kisloroddan tashqari shuningdek albatta azot atomi ham kiradigan organik birikmalar haqida qiziqarli va tushunarli, ravon tilda hikoya qiladi. Bunday birikmalar doirasi juda katta - aminokislotalar va oqsillardan boshlab, bo‘yoq moddalargachadir. Bu birikmalar tiriklik dunyosida ham, sanoatda ham katta ahamiyat kasb etadi. Muallif hikoyalarni tarixiy va zamonaviy faktlar asosida, ilm-fanning o‘tmishi va buguniga murojaat etgan usulda, lekin xalqchil va oson shaklda bayon qiladi. Kitob yengil va qiziqish bilan mutolaa qilinadi.

Kitob, kimyo sohasi mutaxassis bo‘lmagan, lekin mazkur g‘oyat qiziqarli fan bilan tanishish maqsadida bo‘lgan kitobxonlarga, kimyo sohasiga qiziqib kirib kelayotgan maktab o‘quvchilariga va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalariga ayniqsa qiziqarli bo‘ladi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 22.12.2018 11:06
 


Maqolaning 3 sahifasi, jami 9 sаhifа
Banner

Orbita.Uz kutubxonasidan:

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11861612

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov