Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq...
Bu-qiziq

Kvant kompyuteri: u qanday tuzilgan?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Kvant kompyuteri: u qanday tuzilgan?

Kvant kompyuterlari haqida deyarli hamma eshitgan. Lekin, kvant kompyuteri qanday ko‘rinishi va uning tuzilishi haqida hamma ham aytarli tasavvurga ega emas. Biz quyida, kvant kompyuterlarining ishlash tamoyillari va tuzilishi haqida imkon qadar tushunarli tilda bayon qilmoqchimiz.

Dunyo bo‘ylab axborot hajmi kundan-kunga ortib bormoqda. Statistikaga ko‘ra, raqamli formatdagi axborot hajmining o‘zi yiliga 30% ga ko‘paymoqda ekan. Yana o‘sha statistikada qayd etilishicha, oxirgi 5 yil ichida insoniyat tomonidan, undan avvalgi butun tarix mobaynida ishlab chiqarilgan axborot hajmidan ko‘ra ko‘proq axborot ishlab chiqarilgan emish. Buning qanchalik to‘g‘ri ekani ushbu manba mualliflarining vijdoniga havola albatta. Lekin, nima bo‘lganda ham, qachonlardir shunchaki ko‘l bo‘lgan va keyinchalik «axborot dengizi»ga aylangan informatsiya yig‘indisi, endilikda allaqachon «axborot ummoni»ga aylanib bo‘lgani ham inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Boz ustiga, zamonaviy dunyoda – paypoqdan tortib, kir mashinagacha bo‘lgan - deyarli hamma narsa internetga ulanmoqda.

Yangilаndi: 14.12.2017 17:28
 

MRT

E-mail Chop etish PDF

MRT

1970-yillar boshida AQSHlik olimlar Reymond Damian, Pol Loterbur hamda, Angliyalik fizik Piter Mensfild birgalikda, magnit rezonans vositasida tana a’zolarining tasvirini olish va qayta ishlash uslubini ixtiro qilishdi. Aniqrog‘i, magnit rezonansi yordamida odam a’zolarini tomografiya qilish g‘oyasi, dastlab 1971-yilning 2-avgust sanasida, kimyo professori Pol Loterburdan chiqqan edi. Uning bu boradagi tadqiqotlari bayon qilingan «Induksiyalangan mahalliy o‘zaro ta’sir vositasida tasvir hosil qilish; magnit rezonansiga asoslangan misollar» - deb nomlangan ilmiy maqolda «Nature» jurnalida chop etilgan. Bugungi kunda tibbiyot muassasalarining eng asosiy tibbiy uskunalaridan bo‘lmish MRT shu tarzda ommalasha boshlagan.

Yangilаndi: 08.12.2017 13:03
 

Sayyora va yulduzlargacha parvoz qancha davom etadi?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Sayyora va yulduzlargacha parvoz qancha davom etadi?

Siz ham yovuz Gryu singari raketa modeli yasab, Quyosh tizimidagi sayyoralarga, yoki, olis yulduzlarga parvoz qilmoqchimisiz? Unda raketangiz yoqilgi zahirasini hisoblashda sizga yordam bermoqchimiz ??????. Quyidagi infografikada Koinotdagi ayrim obyektlargacha qancha muddatda yetib borishingiz mumkinligi keltirilgan. Ushbu hisob-kitoblar, hozirgacha inson qoli bilan yasalgan mashinalar ichida eng tez harakatlanadigani - «Voyajer-1» tezligiga nisbatan olingan bolib, agar Sizning raketangi bunday tezlikda ucha olmasa, tabiiyki, muddat yanada uzoqlashadi. Eslatib otamiz, «Voyajer-1» hozirda Quyosh tizimini tark etgan va u 17 km/soniya tezlikda harakatlanmoqda. Qaysi obyektga uchishingizga qarab, oziq-ovqat zahirasini ham koproq oling. Masalan, Qutb yulduzigacha naq 7,5 million yildan koproq uchish kerak boadi. Agar, dinozavrlar davrida ulardan biri raketada osha yoqqa yolga chiqqan bo'lsa, hozir manzilga yaqinlashib qolgan bolardi...

Yangilаndi: 11.12.2017 18:08
 

Ummonli dunyolar

E-mail Chop etish PDF

Ummonli dunyolar

Ona sayyoramiz - Yerda okeanlarning o‘rni beqiyos. Okeanlar hayotning shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Yerdan boshqa samoviy jismlarda ham okeanlar bormikan? Agar bo‘lsa, o‘sha okeanlarda ham hayot mavjud bo‘lishi mumkinmi? Hozirda olimlar shu savollar yuzasidan izlanishlar olib borishmoqda. Hozirda Quyosh tizimidagi ayrim mitti sayyoralarda va tabiiy yo‘ldoshlarda ummonlar borligini aniq bilamiz. Shuningdek, ayrim osmon jismlarida ham okean mavjudligi haqida taxminlarga egamiz. Ular haqida yaqinroq va to‘liqroq bilish uchun esa, mazkur osmon jismlari tomon kosmik apparatlar uchirilgan.

Keling, Quyosh tizimidagi yirik osmon jismlarida mavjud okeanlar haqida infografika usulida tanishib chiqamiz. Osmon jismida okean mavjudligi, unda hayot nishonasini izlashga eng asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli ham, okeanga ega osmon jismlari, hayot uchun sharoitga ega deb taxmin qilish uchun eng asosiy da'vogar bo‘lishadi.

Yangilаndi: 13.12.2017 15:20
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 5 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog‘liq bo‘lmasa, u matematika,

agar bog‘liq bo‘lsa u - buxgalteriya...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 766
O'qilgan sahifalar soni : 2646206

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)