Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

«Molekulyar yaproq»: Sof energiya manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan molekula sintez qilindi

E-mail Chop etish PDF

«Molekulyar yaproq»:
Sof energiya manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan molekula sintez qilindi

Sezyapsizmi, sayyoramizda iqlim o‘zgarishlari tobora yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda. Bu esa, olimlarni butun sayyora iqlimi va biosferasi uchun xavfsiz bo‘lgan sof energiya manbalarini ishlab chiqish masalasi ustida bosh qotirishga majbur qilmoqda. Albatta, bu yo‘nalishdagi ayrim amaliy ilmiy-texnik yutuqlar haqida siz allaqachon yaxshi bilasiz. Zero, bugungi kunda shamol parraklari, quyosh panellari kabi energiya manbalari bilan hech kimni hayron qoldirib bo‘lmaydi. Lekin, sof energiya manbalari haqida gap ketganda, kam tilga olinadigan va keng ommaga deyarli oshkor qilinmagan bir yo‘nalish borki, yaqin istiqbolda aynan ushbu yo‘nalish toza va arzon energiya manbasi sifatida inqilobiy burilish yasashi mumkin.

Biz aytmoqchi bo‘lgan muqobil, sof arzon energiya manbasi «molekulyar yaproq» deb nomlanadi. Olimlarning g‘oyasiga ko‘ra, ushbu «yaproq»tabiatdagi eng asosiy energiya o‘zgartirgichi bo‘lmish - fotosintez jarayonini sun'iy takrorlashi kerak. Qisqa qilib aytganda, olimlar fotosintez jarayonini sun'iy yo‘l bilan amalga oshiradigan moddalarni va materiallarni ixtiro qilishmoqchi. Ya'ni, bu sun'iy yaproq bo‘ladi desak aslo yanglishmaymiz. Faqat uning tashqi ko‘rinishi biz bilgan oddiy yaproq va barglarni aynan takrorlashiga kafolat yo‘q.

Yangilаndi: 13.12.2017 12:58
 

Messye obyektlari

E-mail Chop etish PDF

Messye obyektlari

Sharl Messye aslida, kometalarni izlash bilan shug‘ullanuvchi ashaddiy kometashunos astronom bo‘lgan. Lekin, ilm-fan tarixida uning nomini abadiylashtirgan narsa kometalar emas. U na yulduz va na kometa bo‘lgan obyektlarning tasnifini (katalogini) tuzganligi bilan tarixga kirdi.

Messye kometalarni izlab topishga shu darajada mukkasidan ketgan ediki, u deyarli har tun mijja qoqmay teleskop bilan qora osmonga sinchiklab termulardi. Lekin, olimning har safargi urinishlari muttasil besamar ketar, qilayotgan ishidan biror naf chiqarolmay xunob bo‘lardi. Odatda, Messyening muvaffaqiyatsiz kuzatishlari quyidagicha kechgan: u osmonning biror qismidan, avval hali hech kim kuzatmagan, yangi kometani aniqlash maqsadida, kuchli teleskopda sinchiklab kuzatardi. Uning nigohiga esa, asosan, xira, tashqi ko‘rinishidan ham yulduzga, ham kometaga o‘xshab ketadigan obyektlar ko‘rinardi. Bunday obyektlarni Messye keyingi bir necha kun yoki, oy davomida kuzatardi va lekin, har doim ham hafsalasi qattiq pir bo‘lardi.

Yangilаndi: 11.12.2017 18:11
 

Kompton effekti

E-mail Chop etish PDF

Kompton effekti

Tasavvur qiling, siz aks-sado qaytadigan joyda qattiq qichqirdingiz. Albatta, sizning tovushingiz o‘zingizga bir necha martadan qayta-qayta eshitiladi va u siz qanday qichqirgan bo‘lsangiz, o‘sha tovush chastotasida qaytadi. Tovushingiz hech qachon bir oktava past bo‘lib qaytmaydi. Ammo lekin, rentgen to‘lqinlari borasida bunday deyishning iloji yo‘q. 1923-yilda fizik olim Artur Kompton (1892-1962) rentgen nurlarining elektronlarga tushishi natijasidagi tarqoq nurlanishlarning chastotasi va energiyasi pastroq bo‘lishini ko‘rsatib bergan. Bu ko‘pchilik olimlar uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Chunki, elektromagnit nurlanishlarning klassik to‘lqin nazariyasida bunday effekt ko‘zda tutilmagan edi.

Yangilаndi: 11.12.2017 17:58
 

Gugol

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Gugol

Siz internetda biror narsani qidirish asnosida, albatta Google qidiruv tizimiga duch kelgansiz. «Google», ya’ni, gugl atamasi aslida «gugol» so‘zining buzib aytilishidan kelib chiqqan. Gugol so‘zining o‘zi esa 1 dan keyin ketma-ket yuzta nol bilan yoziladigan sonning nomidir. Tasavvur qilish uchun, 1 dan keyin atiga bitta nol kelsa, ya’ni, raqam «10» shaklida yozilsa, bu so‘n «o‘n» deyiladi. Birdan keyingi uchta nol – mingni, oltita nol – millionni, to‘qqiztasi esa, milliardni anglatadi. Endi, tasavvur qiling, birdan keyin yuzta nol kelsa! Bu sonni, ya’ni, gugolni raqamlar bilan yozib ifodalash ham qiyin. Axir nollar sonida adashib ketish ham hech gap emas Смешно.

Yangilаndi: 11.12.2017 18:02
 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e’lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo‘yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi «ko‘rsatgan karomati» uchun mukofotga loyiq ko‘rilgani ham ma’lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o‘sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya’ni, «xo‘sh, bundan odamlarga nima naf?» - qabilidagi savol albatta o‘rtaga tashlanadi.

Yangilаndi: 09.12.2017 10:10
 


Maqolaning 10 sahifasi, jami 82 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 764
O'qilgan sahifalar soni : 2574762

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)