Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Erkinjon Karimov

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Erkinjon Karimov

Orbita.Uz minbarining birinchi ishtirokchisi - fizika-matematika fanlari doktori Erkinjon aka Karimov bo‘ldilar.

Erkinjon Karimov

 

Suhbatdoshimizni savolga tutishdan avval, u kishi haqida qisqacha ma’lumot keltirsak:
Karimov Erkinjon To‘lqinovich, 20.05.1977 yilda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 1993-1998 yillarda Farg‘ona davlat Universiteti, matematika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini dastavval Bag‘dod tumanidagi o‘rta maktabda matematika o‘qituvchiligidan boshlagan (1998-2001 yillar). 2001-2002 yillarda Farg‘ona Davlat universitetida ishlagan. 2005-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va Axborot Texnologiyalari Institutida faoliyat ko‘rsatgan. 2006- yildan e’tiboran to 2008 yilgacha qo‘shni Qozog‘istonning Sirdaryo Davlat universitetida katta o‘qituvchi sifatida mehnat qilgan. 2009 yildan boshlab shu kungacha O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika Institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlamoqda. Biz suhbatdoshimizning ilmiy ishlari va chop etgan maqolalari haqidagi odatiy standart ma’lumotlarni uning shaxsiy sahifasi: http://mathinst.uz/karimov/resume.html dan olishingiz mumkinligini aytib, e’tiborimizni suhbatga qaratamiz:

Yangilаndi: 06.01.2016 10:25
 

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Qisqichbaqasimon tumanlikning paydo bo‘lishi

1054 yilda shimoliy yarimsharda istiqomat qiluvchi ko‘plab xalqlar osmon sferasida ilgari hecham kuzatilmagan g‘alati yorqin obyektning paydo bo‘lishiga guvoh bo‘lishdi. Buzoq yulduz turkumida yangi, nihoyatda yorqin yulduz paydo bo‘lgandi. Yangi paydo bo‘lgan yulduz keyingi ikki yil davomida asta-sekinlik bilan xiralashib, so‘ngra yana ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. O‘sha voqea haqida eng mufassal ma’lumotlarni Xitoy munajjimlari yozib qoldirishgan. Zamonaviy astronomlar tilida o‘ya yangi yulduz (supernova) chaqnashi deb yuritiladigan mazkur hodisadan keyin, koinotning o‘sha qismida eng o‘tkir ko‘z ham arang ilg‘aydigan juda xira tarqoq gaz buluti qolgan. Keyinchalik ushbu gaz bulutini astronomlar «Qisqichbaqasimon tumanlik» deb atay boshlashgan.

Yangilаndi: 11.04.2016 15:47
 

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari. (2-qism)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari.
(2-qism)

 

Ko‘plab sport turlarida rekordlar muntazam qayd etib, tarixga muhrlanib boriladi. Rekordlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida avvalo o‘sha mashhur Ginnesning rekordlar kitobi gavdalanadi. Ushbu kitob, inson va uning faoliyati, ilm-fan, tabiat va ho kazolarga oid turli tuman, ba’zan esa, o‘ta kulgili rekordlarni ham qayd etib, muntazam ravishda chop etib boradi. Bu kitobni jahonning ko‘plab mamlakatlarida, mahalliy rekordlar bilan to‘ldirilgan shaklda qayta nashr etilib, millionlab adadlarda sotilishi barchaga ayon. Ushbu kitobda, aniq fanlarga, xususan, kimyo borasidagi «eng-eng» iborasi bilan qo‘shib yoziluvchi son va sifatlarga ham keng o‘rin berilgan.

Muhtaram saytimiz mutolaachilari, ushbu maqolamizda, Ginnes rekordlari kitobidagi, kimyoga oid qaydlar bilan tanishamiz. (Maqolaning davomi)

Yangilаndi: 26.09.2016 09:16
 

Pyer Ferma

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Pyer Ferma

(1601—1665)

Pyer Ferma (1601-1665)

Pyer Fermaga bag‘ishlangan marsiyalarda birida shunday deyilgan: «U asrimizning eng donishmand kishilaridan edi. Shunday serqirra va universal aql egasi ediki, agarda, boshqa olimlarning g‘ayirligi kelmasa, men uning aql bovar qilmas xizmatlari va olimning o‘zi haqida aytilishi lozim bo‘lgan maqtovlarda, uning biror xislatini sanamay, eslamay qoldirib ketishni ayb deb bilardim...».

Yuqoridagi marsiya kimning nutqidan olingani noma’lum. Unda Fermaning qanday ulug‘vor olim bo‘lganligi, mubolag‘adan holi tarzda ifodalanmoqda. Lekin afsuski, shu kabi maqtovnomalarda, Fermaning shaxsiyatiga ta’rif berishdan boshqa, olimning hayoti va faoliyati haqida biror jo‘yali ma’lumotlar qayd etilmagan. Ferma haqida tarix juda oz tafsilotlarnigina asrab qolgan. Quyida ularning bori bilan baham ko‘rishga harakat qilamiz:

Pyer Ferma, Fransiyaning janubidagi kichikroq Bomon-de-Loman shaharchasida dunyoga kelgan. Uning otasi, Dominik Ferma, shahar merining yordamchilaridan biri bo‘lgan. Cherkov arxividagi, 1601 yilning 20 avgust sanasi bilan ro‘yxatga olingan, Pyer Fermani cho‘qintirish marosimiga taalluqli qaydnomada shunday yozilgan: «Burjuaziya vakili hamda, Bomon shahar ikkinchi konsuli Dominikning o‘g‘li Pyer». Olimning onasi esa, huquqshunoslar oilasiga mansub bo‘lganligi, va uni Kler de-Long deb atashgani haqida uzuq-yuluq xabarlar mavjud.

Yangilаndi: 14.06.2016 13:51
 

Vatt

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Vatt

Vatt – o‘zbekcha belgilanishi Vt (кирилл алифбосида Вт), xalqaro belgilanishi W bo‘lgan, Xalqaro Birliklar Tizimi – SI dagi quvvat fizik kattaligining o‘lchov birligidir. Bundan tashqari, vatt o‘lchov birligi bilan, issiqlik oqimi, tovush energiyasi oqimi, doimiy elektr toki quvvati, o‘zgaruvchan tokning aktiv, reaktiv va to‘liq quvvatlari, nurlanish oqimi, ionlanuvchi nurlanishlar oqimi fizik kattaliklari o‘lchanadi. Ushbu o‘lchov birligi shotland-Irland ixtirochi-mexanigi, bug‘ mashinasi ixtirochisi Jeyms Uatt (Vatt) sharafiga uning familiyasi bilan nomlangan.

SI qoidalariga ko‘ra, biror olim sharafiga qo‘yilgan hosilaviy birlik nomi matn ichida yozilganida, kichik harflar bilan yoziladi. Lekin, birlikning belgilanishi katta harflar bilan yoziladi. Shu sababli, quvvat birligi haqida gap ketganda, matn ichida vatt deb yozish to‘g‘ri bo‘ladi. Olimning o‘zi haqida gap borganda esa, Vatt, yoki, Uatt deb katta harflar bilan yozish kerak. Xuddi shu qoidalar, vatt orqali keltirib chiqariladigan boshqa hosilaviy birliklar uchun ham tadbiq etiladi. Masalan, energetik yorqinlik birligi matn ichida «vatt taqsim steradian-kvadrat metr» tarzida yoziladi, birlik tarzida esa  tarzida yoziladi.

Yangilаndi: 27.09.2016 09:23
 


Maqolaning 9 sahifasi, jami 81 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 756
O'qilgan sahifalar soni : 2420227

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)