Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz

Peano egri chizig‘i

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Peano egri chizig‘i

1890-yilda italyan matematigi Juzeppe Peano, fazoni to‘ldiruvchi egri chiziqlar turkumidan eng dastlabki misolni keltirish orqali, butun matematika olamini ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi. Egri chiziqlarning bunday yangi turkumi haqida so‘z yuritarkan, rus matematigi Naum Vilenkin «ular tufayli, matematikadagi eng asosiy ta’riflar ham o‘z ma’nosini yo‘qotdi» - deb ta’kidlagan edi.

Peano egri chizig‘i termini odatda, fazoni to‘ldiruvchi egri chiziq terminiga sinonim sifatida qo‘llaniladi. Bunday egri chiziqlarni odatda, zigzagsimon chiziqning uzluksiz davom ettirilishi va oqibatda ushbu chiziqning o‘zi joylashgan fazoni butunlay to‘ldirilishi bilan yasaladi. Peano chiziqlari haqiqatan ham matematikada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Chunki, bunday egri chiziqning chiziqlari bir o‘lchamlikka ega bo‘lib ko‘ringani bilan, aslida ular ikki o‘lchamli maydonni egallaydi. Shunga ko‘ra, Peano egri chiziqlarini aslida egri chiziq deyishning o‘zi to‘g‘rimikin? Ustiga ustak, Peano egri chiziqlari kub, yoki, giperkub singari uch o‘lchamli fazoni ham to‘ldiradi! Peano egri chiziqlari uzluksiz bo‘ladi. Lekin, Kox qorparchasi, yoki, Veyershtrass funksiyasidan farqli o‘laroq, Peano egri chiziqlari o‘zining biror-bir nuqtasiga o‘zi urinma bo‘lmaydi. Fazoni to‘ldiruvchi egri chiziqlar uchun Xausdorf o‘lchamligi 2 ga teng.

Yangilаndi: 09.12.2017 10:00
 

Temir – mustahkam element.

E-mail Chop etish PDF

Temir – mustahkam element.

Jahon mumtoz adabiyotining eng qadimiy namunalaridan biri Gomerning «Iliada» dostoni sanaladi. Ushbu doston taxminan eramizdan avvalgi 800-yilda yozilgan bo‘lib, taxminan eramizdan avvalgi 1000-yil atrofida bo‘lib o‘tgan Troya qal’asi qamali haqida hikoya qiladi. Afsonalarga ko‘ra, o‘sha qamal 10 yil davom etgan emish.

Dostonda naql qilinishicha, o‘sha janglarda qatnashgan jangchilarda qurol-aslaha, o‘q-yoy va sovutlar bronzadan yasalgan bo‘lgan.

Yangilаndi: 09.12.2017 09:55
 

Astronomik gid

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Astronomik terminlar uchun izohlar

(Koinotga oid terminlar uchun izohlar)

Koinot shu qadar hayratlanarli va aqlni shoshirib qo‘yadigan darajada jozibadorki, uning ta’rifini mukammal qilishga shoirlarning qalami ham, suhandonlarning tili ham ojiz qolishi aniq. Koinotning asl haybati va miqyosini ifodalashga eng pixini yorgan fantast yozuvchining ham tasavvur doirasi torlik qiladi. Undagi jarayonlarning manzarasini esa hech qaysi musavvir hech qanday tasvirga sig‘dira olmaydi.

Biz Koinot haqidagi ilmiy filmlarni ko‘rganimizda, yoki, maqola va kitoblarni o‘qiganimizda, astronomiyaga oid o‘nlab ilmiy terminlarga duch kelamiz. Tanish va notanish bo‘lgan o‘sha terminlarning ma’nosini esa har doim ham tushunavermaymiz. Ushbu maqolada, Koinotga aloqador eng asosiy ilmiy terminlarning ma’nolari va sharhlarini havola etamiz. O‘ylaymizki, bu sizning bilimingiz oshishida va mustahkamlanishida qo‘l keladi.

Yangilаndi: 08.12.2017 13:03
 

Gravitatsion to‘lqinlar bu olamda oltin qayerdan paydo bo‘lishi sirini ochib berdi.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Gravitatsion to‘lqinlar bu olamda oltin qayerdan paydo bo‘lishi sirini ochib berdi.

Oltin olma duo ol... yoxud Koinot ismli alkimyogarning hunarlari haqida...

Xalqimizda ajoyib bir maqol bor: «Oltin olma duo ol...» deyishadi. Biz hozir falsafaga yo‘grilgan odobnoma darsi o‘tmoqchi emasmiz. Shunchaki, Koinotda oltin aslida qayerdan olinishini ilmiy isbotlangani haqida ma’lumot bermoqchimiz Смешно.

Xabaringiz bor, 2016-yilda gravitatsion to‘lqinlarni qayd etgani bilan dunyoga tanilgan LIGO rasadxonasi olimlari fizika bo‘yicha Nobel-2017 mukofotiga loyiq ko‘rildilar. Aslida, o‘sha 2016-yilgi kashfiyot, ya’ni, gravitatsion to‘lqinlarning aniqlanishi shunchaki ularning mavjudligini tasdiqlashdangina iborat emasdi. Balki, uning ahamiyatini yanada oshiradigan jihat ham borki, u ham bo‘lsa, LIGO rasadxonasi, astronomiyada mutlaqo yangi yo‘nalish – gravitatsiya to‘lqinlari vositasida Koinotni kuzatish usulini ham ochib bergani bo‘lgan. Ya’ni, mazkur rasadxona olimlari, Koinotdagi favqulodda yirik obyektlarning, masalan, qora tuynuklar, yoki, neytron yulduzlarning to‘qnashishi natijasida, butun Koinot bo‘ylab yoyilgan fazo-vaqt kontinuumining (zamon-makon uyg‘unligining) tebranishlarini «eshitish»ga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangilаndi: 08.12.2017 13:04
 

Arximed qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Arximed qonuni

Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz og‘irligiga teng gidrostatik (gazlarda aerostatik) «ko‘tarish kuchi» ta’sir qiladi.

Afsonaga ko‘ra, hammomdan qip-yalang‘och chiqa solib, saroy tomon yugurarkan, qadimgi yunon olimi Arximed «Evrika!» - deb xitob qilgan ekan. Yunon tilida bu so‘zning ma’nosi «Topdim!» degani bo‘ladi. O‘sha afsonada aytilishicha, qadimgi Yunoniston podshosi Geron II olimga, o‘z tojining sof oltindan yasalganmi, yo‘qmi, aniqlash vazifasini topshirgan ekan. Shartga ko‘ra, olim, tojni o‘ziga ziyon yetkazmasdan (ya’ni, buzmay va sindirmay) turib, uning metalli sof tilladanmi, yoki, biror boshqa arzonroq metall, masalan, mis yoki, kumush qo‘shilganmi – shuni aniqlashi lozim edi. Tojni tarozida tortib ko‘rish Arximedga qiyinchilik tug‘dirmagan. Lekin, masalani hal qilish uchun shuning o‘zi yetarli emasdi. Shuningdek, olim tojning hajmini ham o‘lchashi va bu orqali metallning zichligini aniqlab, natijada, uning sof oltindan ekanini bilib olishi mumkin bo‘lgan.

Yangilаndi: 08.12.2017 12:05
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 82 sаhifа
Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy malumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 374
Kiritilgan mаqolalar soni : 764
O'qilgan sahifalar soni : 2574763

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)