Kosmik tezliklar
Birinchi kosmik tezlik - jismning sayyora tortish kuchini yengib chiqib, uning sun'iy yo‘ldoshiga aylanishi uchun berilishi zarur bo‘lgan eng kichik boshlangich tezlik. Ba'zan "Birinchi kosmik tezlik" jumlasi o‘rniga "aylanish tezligi" jumlasi qo‘llaniladi.
Ikkinchi kosmik tezlik - jismning sayyora yoki boshqa osmon jismlarining tortish kuchini butunlay yengib chiqib ketib, lekin Quyosh tizimida qolishi uchun berish kerak bo‘lgan zarur bo‘lgan eng kichik boshlang‘ich tezlik. Ba'zan ikkinchi kosmik tezlikni Parabolik tezlik yoki halos bo‘lish tezligi deyiladi. Chunki, bu tezlikka erishgan jism, o‘zi turgan osmon jismi tortish kuchidan halos bo‘ladi.
Uchinchi kosmik tezlik - jismning avval Yer, keyin esa Quyoshning tortish kuchini yengib, Quyosh tizimini butunlay tark etishi uchun yetarli bo‘lgan eng kichik bo‘shlang‘ich tezlik.
Yangilаndi: 17.01.2019 14:27
|
Al-Xorazmiy. Algebraning boshlanishi...
Al Xorazmiy
Hayoti
Abu Ja'far Muhammad in Muso al-Xorazmiy - dunyo ilm faniga mislsiz ulkan hissa qo‘shgan alloma, Algebra fani va Algoritm terminlarining “otasi”, buyuk matematik, tarixchi, falakkiyotshunos, geograf sifatida butun dunyoga mashhur. Buyuk alloma vatandoshimizning shaxsiy hayoti haqidagi ma'lumotlar nihoyatda kam miqdorda saqlanib qolgan.
Manbalarda ko‘rsatilishicha Al Xorazmiy 783 yilda Xorazmda tavallud topgan. Bu davr musulmon sharqida ilmiy uyg‘onish, ilm fanning gurkirab rivojlanayotgan davri bo‘lib, al-Xorazmiy Movarounnahr va Xorazmdagi o‘z zamonasining yetuk olimlaridan ilm tahsil qiladi. U qadimgi hind va yunon ilm fani bilan mukammal tanishib, ular asosida va o‘z ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha risolalar yozishni Xorazmdaligida boshlagani ma'lum.
Yangilаndi: 13.12.2018 09:19
Atmosfera bosimining kashf etilishi
Atmosfera bosimining kashf etilishi
Havoning moddiy mavjudligi insoniyatga qadimimdan ma'lum. Eramizdan avvalgi VI-asrda yashagan yunon faylasufi Anaksimen havo barcha unsurlarning asosi deb hisoblagan. Shu bilan birga havo odam ko‘zi ilg‘amas qandaydir kuchga ega, xuddiki moddiyatdan holi (ushlab, hidlab yoki ko‘rib bo‘lmaydigan) "ruh"ga o‘xshaydi deb fikr bildiradi. Qadimgi dunyo allomalari - Demokrit, Epikur va Lukretsiylar havoning modda xususiyatiga shubha qilmaganlar va ular havoning yumaloq shakldagi mayda zarralar - atomlardan tuzilgan degan ta'limotni ilgari surganlar. Bundan tashqari ular inson qalbi ham atom tabiatiga ega ekanligini, qalb atomlari favqulodda yengil va kamharakat ekanligini ta'kidlaganlar. Aristotel havoni tabiatni tashkil etuvchi asosiy to‘rt unsurdan biri sifatida e'tirof etar ekan, u havoning vazni mavjudligini va bu vaznni uning o‘zi ichiga havo puflangan va puflanmagan sharlarning vaznini o‘lchash orqali tajribada isbotlaganini yozadi. Aristotel siyrak havoli bo‘shliq (manfiy bosimli)ning so‘rish xususiyatini yaxshi bilgan va bu faktdan "Tabiat bo‘shliqdan qo‘rqadi" degan o‘zining mashhur noo‘rin iborasini asoslagan. Reron esa havo mayda zarrachalardan iborat va ular kichik bo‘shliqlar orqali bir biridan alohidalangan deb ta'kidlaydi. U siyrak havoli fazoda "katta bo‘shliq" lar bo‘lishi mumkinligini inkor etgan va buni tabiat qonunlariga zid deb tushuntirgan. Shuni ta'kidlash kerakki, ko‘plab pnevmatik asboblarning dastlabki ixtirochisi aynan Reron hisoblanadi.
Yangilаndi: 17.01.2019 14:39
"Buyuk San'at"
"Buyuk San'at"
1545-yili Jerolamo Kardanoning (lotincha "Arsmagna" deb nomlangan) kitobi bosilib chiqdi. Kitob asosan 3-va 4-darajali tenglamalarni yechishga bag‘ishlangan edi. Ammo uning matematika tarixidagi ahamiyati bu muayyan masala chegarasidan ancha chiqnb ketdi. XX-asrda Feliks Klyayn kitobni baholab, bunday deb yozgan edi: "Bu eng yuqori darajadagi qimmatbaho asar, qadimgi matematika chegarasidan chikuvchi hozirgi zamon algebrasining kurtagiga ega".
XVI-asr Yevropa matematikasi uchun o‘rta-asr tushkunligidan keyingi uyg‘onish-asri bo‘ldi. Buyuk yunon geometrlarining ishlari ming yillar davomida unutilgan, bir qismi esa yo‘qotilgan edi. Yevropaliklar arabcha matnlardan faqat Sharq matematikasi haqida emas, balki qadimgi matematika haqida ham xabardor bo‘lishdi. Yevropada matematikaning tarqalishida savdogarlar katta rol o‘ynagani xarakterli, ularning safarlari axborot yig‘ish va uni tarqatish vositasi edi. Ayniqsa Pizalik Leonardo (1180-1240) alohida ajralib turadi, u ko‘proq Fibonachchi (Bonachchining o‘g‘li) sifatida mashhur edi. Uning nomi ajoyib son ketma-ketligi (Fibonachchi sonlari) orqali abadiylashtirilgan. Fan eng yuqori darajasini juda tez yo‘qotishi mumkin. Uni tiklash uchun esa-asrlar talab qilinadi. o‘sha Fibonachchida so‘zsiz ajoyib kuzatishlar natijalari bo‘lsa-da, Yevropa matematiklari muttasil uch-asr o‘quvchi bo‘lib qoldi. Faqat XVI-asrdagina Yevropa matematikasida qadimgi dunyo matematiklari ham, Sharq matematiklari ham bilmagan prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan matematik natijalar yuzaga keldi. Gap 3-va 4-darajali tenglamalarni yechish haqida boryapti.
Yangilаndi: 13.12.2018 09:06
Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi?
Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi? - degan hazilakam savol hammaga ma'lum. Odatda o‘ylamasdan turib, bir tonna temir og‘ir degan javobni beradilar, bu qaltis javobdan o‘tirganlar o‘rtasida qahqaha ko‘tariladi. Agar bir tonna temirdan ko‘ra bir tonna yog‘och og‘ir degan javob berilsa, hazilkashlar yana ham qattiqroq kulgi ko‘tarishsa kerak. Bunday deyish kelishmagandek ko‘rinadi, lekin qat'iy aytganda - shu to‘g‘ri javob!
Masala shundaki, Arximed qonuni faqat suyuqliklar uchungina emas, balki gazlar uchun ham to‘g‘ridir. har bir jism havoda o‘zi siqib chiqargan havoning og‘irligicha o‘z og‘irligidan "yo‘qotadi". Temir ham, yog‘och ham o‘z og‘irligini, albatta qisman yo‘qotadi. Ularning asl og‘irligini topish uchun yo‘qotilgan og‘irlikni qo‘shish kerak. Binobarin, bizning misolimizda yog‘ochning asl og‘irligi = 1 tonna + yog‘och hajmidagi havoning og‘irligi; temirnnng asl og‘irligi = 1 tonna + temir hajmidagi havoning og‘irligi. Ammo bir tonna yog‘och bir tonna temirga qaraganda ancha (deyarli 5 marta) katta hajmni ishg‘ol qiladi, shuning uchun bir tonna yog‘ochimnzning asl og‘irligi bir tonna temirning asl og‘irligidan ko‘proq! Aniqroq qilib aytmoqchi boo‘lsak, shunday deyishimiz kerak edi: havoda bir tonna keladigan yog‘ochning asl og‘irligi havoda bir tonna keladigan temirning asl og‘irligidan ko‘proq
Bir tonna temir 1/8 kub metr, bir tonna yog‘och esa 2.5 kub metr joyni ishg‘ol qilganidan ular siqib chiqargan havoning og‘irligi o‘rtasidagi ayirma 2.5 kg ga yaqin bo‘lishi kerak. Bir tonna yog‘och bir tonna temirdan haqiqatda mana shuncha og‘ir!!!
Yangilаndi: 17.01.2019 14:41
Eyfel minorasining balandligi qancha?
Eyfel minorasining balandligi qancha?
Sizning Eyfel minorasi balandligi haqidagi savolingizga "Yozdami yoki, qishdami?" deb aks savol bilan javob berishsa hayron bo'lishingiz mumkin. Ammo bu butunlay o'rinli savol. Sababi, maktab fizika kursida jismlarning issiqlik ta'sirida kengayishi hodisasi bilan albatta tanishsiz. Shinday ekan, bundayin katta metall inshootning balandligi ham turli haroratlarda bir xil bo'lmasligi tabiiy ekanligiga ha tezda zehningiz yetsa kerak...
Yangilаndi: 14.09.2018 09:47
Uch og'ayni botirlar haqida masala
Ertakdagi uch o'gayni botirlar: Botir, Qorajon, Jonibek va ularning hotinlari, ya'ni ovsinlar Oysuluv, Saxrizoda va Parizodlarning yoshlarini birga qo'shganda 151 yosh. Shu bilan birga, har bir erkak o'zining hotinidan 5 yosh katta.
Botir - Saxrizodadan 1 yosh katta: Oysuluv va Botirning yoshini bir-biriga qo'shganda 48, Jonibek bilan Oysuluvning yoshi esa 52 bo'ladi. Qaysi erkak qaysi ayolning eri va to'ng'ich botir kim ekanini toping.
Yangilаndi: 14.09.2018 08:50
Uzunlik va Masofa
SI halqaro birliklar tizimida uzunlik va masofa birligi deb Metr qabul qilingan.
Belgilanishi - m
O'lchamligi - L (inglizcha "Length" so'zidan)
Ta'rifi: Metr yorug'likning vakuumda 1/299 792 458 sekund vaqt oralig'ida bosib o'tgan masofasiga teng.
Etimologik tarixi: yunoncha metron, Lotincha metrum so'zlaridan XIV-asrda Yevropa tillariga kirib kelgan, XVII-asr Fransuzcha METRE'- o'lchov, o'lchagich
Uzunlik va masofa birligining nomi sifatida, polyak olimi Tit Burattini (1615-1682) tomonidan fanga taklif etilgan.
Yangilаndi: 17.01.2019 14:47
Volgadagi paraxodlar haqida masala
Volga dayosi dunyodagi eng serqatnov daryolar sirasiga kiradi. Bu mashxur daroning kema qatnovi orqali bir nechta shaharlar, shuningdek oq dengiz va - Kaspiy dengizlari o'zaro tutashadi. Yuk tashish salohiyati boэyicha ham Volga eng yaxshi ko'rsatkichlarga ega. Bu daryo haqida qo'shiqlar yozilgan, filmlar ishlangan, hatto mashxur «Burlaki na Volge» tasviriy san'at asarini ham yaxshi bilasiz.
Masala ham aynan Volga daryosining kema qatnovi haqida:
Yangilаndi: 14.09.2018 08:51
|
|
|
Maqolaning 54 sahifasi, jami 54 sаhifа |