Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi.

E-mail Chop etish PDF

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi. Sirkada ritmlarining molekulyar mexanizmlarini kashf qilgan olimlar Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.

Yerdagi hayot sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida ayanishi jarayoniga qat'iy moslashgan. Ilm-fanda ko‘p yillardan beri ma'lumki, Yerdagi barcha tirik organizmlar, shu jumladan odam ham, kundalik muntazam ritmga moslashgan ichki biologik soatlarga egadir. Ushbu biologik soat, tirik organizmning kun va tun almashinishi natijasida yuz beradigan tashqi omillarga tayyorlanishi va moslashishini nazorat qiladi. Biologik soat ilm-fanda ancha yillardan buyon ma'lum mexanizm bo‘lsa-da, lekin olimlar uning qanday ishlashini aniqlashganiga hali uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ushbu, 2017-yilgi Fiziologiya va Tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan olimlar uchligi - Jeffri Xoll, Maykl Rosbash hamda, Maykl Yung aynan ushbu biologik soatlarning ishlash mexanizmini kashf qilishganliklari uchun oliy ilmiy mukofotga loyiq ko‘rildilar. Ularning ilmiy ishlari silsilasi - o‘simliklar, hayvonlar, hamda odam organizmning biologik ritmlari qay tarzda Yerdagi kun va tun almashinishi jarayonlari bilan sinxronlanishini mohiyatini ochib beradi.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:05
 

Kompton effekti

E-mail Chop etish PDF

Kompton effekti

Tasavvur qiling, siz aks-sado qaytadigan joyda qattiq qichqirdingiz. Albatta, sizning tovushingiz o‘zingizga bir necha martadan qayta-qayta eshitiladi va u siz qanday qichqirgan bo‘lsangiz, o‘sha tovush chastotasida qaytadi. Tovushingiz hech qachon bir oktava past bo‘lib qaytmaydi. Ammo lekin, rentgen to‘lqinlari borasida bunday deyishning iloji yo‘q. 1923-yilda fizik olim Artur Kompton (1892-1962) rentgen nurlarining elektronlarga tushishi natijasidagi tarqoq nurlanishlarning chastotasi va energiyasi pastroq bo‘lishini ko‘rsatib bergan. Bu ko‘pchilik olimlar uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Chunki, elektromagnit nurlanishlarning klassik to‘lqin nazariyasida bunday effekt ko‘zda tutilmagan edi.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:06
 

Gugol

E-mail Chop etish PDF

Gugol

Siz internetda biror narsani qidirish asnosida, albatta Google qidiruv tizimiga duch kelgansiz. «Google», ya'ni, gugl atamasi aslida «gugol» so‘zining buzib aytilishidan kelib chiqqan. Gugol so‘zining o‘zi esa 1 dan keyin ketma-ket yuzta nol bilan yoziladigan sonning nomidir. Tasavvur qilish uchun, 1 dan keyin atiga bitta nol kelsa, ya'ni, raqam «10» shaklida yozilsa, bu so‘n «o‘n» deyiladi. Birdan keyingi uchta nol - mingni, oltita nol - millionni, to‘qqiztasi esa, milliardni anglatadi. Endi, tasavvur qiling, birdan keyin yuzta nol kelsa! Bu sonni, ya'ni, gugolni raqamlar bilan yozib ifodalash ham qiyin. Axir nollar sonida adashib ketish ham hech gap emas Смешно.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:09
 

Sayyora va yulduzlargacha parvoz qancha davom etadi?

E-mail Chop etish PDF

Sayyora va yulduzlargacha parvoz qancha davom etadi?

Siz ham yovuz Gryu singari raketa modeli yasab, Quyosh tizimidagi sayyoralarga, yoki, olis yulduzlarga parvoz qilmoqchimisiz? Unda raketangiz yoqilgi zahirasini hisoblashda sizga yordam bermoqchimiz ??????. Quyidagi infografikada Koinotdagi ayrim obyektlargacha qancha muddatda yetib borishingiz mumkinligi keltirilgan. Ushbu hisob-kitoblar, hozirgacha inson qoli bilan yasalgan mashinalar ichida eng tez harakatlanadigani - «Voyajer-1» tezligiga nisbatan olingan bolib, agar Sizning raketangi bunday tezlikda ucha olmasa, tabiiyki, muddat yanada uzoqlashadi. Eslatib otamiz, «Voyajer-1» hozirda Quyosh tizimini tark etgan va u 17 km/soniya tezlikda harakatlanmoqda. Qaysi obyektga uchishingizga qarab, oziq-ovqat zahirasini ham koproq oling. Masalan, Qutb yulduzigacha naq 7,5 million yildan koproq uchish kerak boadi. Agar, dinozavrlar davrida ulardan biri raketada osha yoqqa yolga chiqqan bo'lsa, hozir manzilga yaqinlashib qolgan bolardi...

Yangilаndi: 25.08.2018 15:10
 

Messye obyektlari

E-mail Chop etish PDF

Messye obyektlari

Sharl Messye aslida, kometalarni izlash bilan shug‘ullanuvchi ashaddiy kometashunos astronom bo‘lgan. Lekin, ilm-fan tarixida uning nomini abadiylashtirgan narsa kometalar emas. U na yulduz va na kometa bo‘lgan obyektlarning tasnifini (katalogini) tuzganligi bilan tarixga kirdi.

Messye kometalarni izlab topishga shu darajada mukkasidan ketgan ediki, u deyarli har tun mijja qoqmay teleskop bilan qora osmonga sinchiklab termulardi. Lekin, olimning har safargi urinishlari muttasil besamar ketar, qilayotgan ishidan biror naf chiqarolmay xunob bo‘lardi. Odatda, Messyening muvaffaqiyatsiz kuzatishlari quyidagicha kechgan: u osmonning biror qismidan, avval hali hech kim kuzatmagan, yangi kometani aniqlash maqsadida, kuchli teleskopda sinchiklab kuzatardi. Uning nigohiga esa, asosan, xira, tashqi ko‘rinishidan ham yulduzga, ham kometaga o‘xshab ketadigan obyektlar ko‘rinardi. Bunday obyektlarni Messye keyingi bir necha kun yoki, oy davomida kuzatardi va lekin, har doim ham hafsalasi qattiq pir bo‘lardi.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:12
 

Eksponensial ko‘payish

E-mail Chop etish PDF

Eksponensial ko‘payish

Agar populyatsiyaning miqdoriy o‘sishi bosh soniga proporsional bo‘lsa, unda, populyatsiya eksponensial ko‘payadi.

«Eksponensial o‘sish» iborasi bizning leksikonimizda odatda qandaydir shiddatli, to‘xtovsiz o‘sish jarayonini ifodalaydi. Masalan, matbuotda shahar aholining shiddatli o‘sishini shunday ta'riflashadi. Yoki, shaharlar sonining ortishini o‘zi ham eksponensial o‘sish deyiladi. Biroq, o‘z nomi bilan aniq fan bo‘lgan matematikada ushbu termin aniq bir turdagi o‘sish jarayonini ifodalaydi.

Eksponensial o‘sish deganda, populyatsiyaning o‘sishi populyatsiyaning joriy umumiy soniga proporsionalligi tushuniladi. Populyatsiyaning o‘sishi esa, tug‘ilishlar sonidan o‘limlar soni ayirmasiga teng bo‘ladi. Masalan, odam populyatsiyasi uchun, tug‘ilishi koeffitsienti, joriy paytdagi reproduktiv yoshdagi juftliklar soniga taxminan teng bo‘ladi; o‘lim koeffitsienti esa, populyatsiyadagi odamlar soniga taxminan teng bo‘ladi (uni N bilan belgilaymiz). Shunda, taqribiy yaqinlashish bilan:

Yangilаndi: 25.08.2018 15:15
 

Plazma

E-mail Chop etish PDF

Plazma

Plazma bu ko‘p sonli ionlar va elektronlardan tashkil topgan kuchli ionlashgan gazdir. Plazma hosil qilish uchun, energiyaning turli shakllaridan - issiqlik energiyasi, elektr, yoki, nurlanish energiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan, gazni shunchalik kuchli qizdirilsaki, unda, atomlarning o‘zaro to‘qnashishi natijasida, bir-biridan elektronlarni urib chiqarib yuborsa, ushbu gaz plazma holatiga o‘tadi. Gazning o‘zi singari, plazma ham, o‘zi turgan idish shakliga kiradi. Oddiy gazlardan farqli o‘laroq, plazma magnit maydoni ta'sirida turli xil strukturalar hosil qiladi va ularning ko‘rinishi xuddi naqshlar singari, turli katakchalar, qatlamlar va chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, oddiy gazlarda uchramaydigan yana bir holat - uning muhitida tarqaladigan to‘lqinlar xilma-xilligi bilan ham plazma gazdan farqlanadi.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:16
 

Quyma po‘lat

E-mail Chop etish PDF

Quyma po‘lat

Temir metallurgiyasi tarixida, butun bashariyat sivilizatsiyasiga katta ta'sir o‘tkazgan uchta inqilobiy burilishlar yuz bergan. Ulardan birinchisi juda qadim zamonlarda, rudadan temirni ajratib olishni va unga termik ishlov berishni yo‘lga qo‘yilgan maxsus gorn pechlarining o‘ylab topilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi o‘rta asrlarda o‘zlashtirilgan temir va cho‘yanni o‘zaro qayta ishlash jarayoni bo‘lgan. Uchinchi inqilobiy burilish esa XIX asrning ikkinchi yarmiga tegishli bo‘lib, u quyma po‘latning yalpi ishlab chiqarila boshlashi bilan bog‘liq.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:19
 

Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

E-mail Chop etish PDF

Toza suv: osmos haqida 5 ta fakt

Yoz kunlarida tarvuzni suvga solib qoyib sovitishni deyarli hammamiz qilib korganmiz. Avvallari muzlatgichlar bolmagan zamonlarda, ichimliklarni sovitish uchun ham shunday usul keng qollanilgan: meshga toldirilgan sut, sharbat yoki sharobni muzdek suv oqayotgan ariqqa solib qoyishardi va natijada, osha ichimlik ham muzdek bolib, ichganda odamga yanada lazzat baxsh etardi.

Farang fizik olimi, abbat Antuan Nolle (1700-1770) ham buzoq terisidan qilingan meshlarda sharob (vino) saqlardi. 1748-yilning issiq yoz kunlarining birida, Nolle shunday meshda saqlanayotgan sharobni sovitib ichish uchun, uni muzdek suvli hovuzga solib qoyadi. Biroq, tamaddi qilishga choglanarkan, u xayolida allaqachon muzdek bolib turgan sharobni olish uchun hovuzdan meshni chiqarib oldi va ne koz bilan korsinki, buzoq terisidan tayyorlangan mesh yorilib, ichiga suv kirib ketgan edi...

Yangilаndi: 25.08.2018 15:21
 

Golf koptogi fizikasi

E-mail Chop etish PDF

Golf koptogi fizikasi

Golf butun dunyoda eng ommabop o‘yinlardan biri sanaladi. Uni avvallari faqat villasida keng yaylovi bor kiborlar o‘ynashgan bo‘lsa, keyinchalik golf juda keng ommalashdi va hozirda olimpiya sport turlari dasturiga ham kiritilgan. Tabiat qo‘ynida faol hordiq chiqarish uchun golf eng yaxshi variantlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Golfga qiziqqan va muntazam o‘ynaydigan shinavandalar yaxshi bilishadiki, golfchi uchun eng rasvo ish - koptokning qumloqqa o‘tirib qolishi, aksincha, golfchining eng yaqin do‘sti - golf koptogidagi g‘adir-budirliklar bo‘ladi. Ko‘pchilik golf koptogidagi o‘sha g‘adir-budirliklarni shunchaki dizayn uchun qilingan deb o‘ylaydi. Aslida, golf koptogining fervey bilan olis parvoz qilishini ta'minlovchi mukammal «aerodinamika» aynan o‘sha g‘adir-budirliklarda yashiringan.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:23
 


Maqolaning 6 sahifasi, jami 45 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, qisqacha izohi va amalda qo‘llanishi
ekodunyo.uz
O‘simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O‘zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
Oshxona.Uz
O‘zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3590166

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)