Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Robert Oppengeymer - atom bombasining «otasi»

E-mail Chop etish PDF

Robert Oppengeymer - atom bombasining «otasi»

 

-Aytingchi, suvda atom bormi?

-Ie, domlajon, suvda atom nima qilsin. Axir atom - Bombaku!

Mashhur kinofilmdagi, mashhur qanotli ibora. Lo‘ttiboz talabaning domlaga qilgan nag‘masida uning modda tuzilishi haqidagi tasavvuri qanchalik yuzaki ekanligi namoyon bo‘lgan. Biroq u nazarda tutgan narsa - atom bombasi esa, insoniyat o‘ylab topgan va yasagan eng dahshatli, eng vayronkor va eng xavfli ommaviy qirg‘in qurolidir. Bu haqda sevimli shoirimiz Erkin Vohidov ham kuyunib:

Atomni ijod etib,

dahshat balo bunyod etib,

oqibatni yot etib,

hayron o‘zing...

deb yozgan edilar.

Haqiqatan ham, atom bombasi - yadroviy parchalanish natijasidagi reaksiya zanjiriga asoslangan katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan xarakterli bo'lgan, ommaviy qirg‘in vositasi bo‘lib, uning qo‘llanilishi tufayli bus butun shaharlar vayron, yuz minglab insonlar qurbon bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada atom bombasi va uning «otasi» - yadroshunos olim Robert Oppengeymer haqida fikr almashamiz. Va maqolamiz davomida, ushbu dahshat qurolining yasalishi borasida ba'zi bir jihatlarda, butun bashariyatni Xudo saqlagani haqidagi muhim tarixiy faktlarni bilib olasiz...

Yangilаndi: 07.08.2019 09:10
 

HAFTANING QAYSI KUNI?

E-mail Chop etish PDF

HAFTANING QAYSI KUNI?

Ishonchim komilki, xuddi men kabi Siz ham, ancha avval bo‘lib o‘tgan biror voqeaning haftaning qaysi kunida bo‘lgani eslashingizga, yoki, kutilayotgan kunning haftaning qaysi kuniga to'g'ri kelishi haqida hisob-kitob qilishingizga ko‘p marta to'g'ri kelgan. Masalan, tug‘ilgan kuningiz haftaning qaysi kunida bo‘lganini, yoki, kelasi yilgi Navro‘z bayrami haftaning qaysi kunida bo‘lishi bilan qiziqqan bo‘lsangiz kerak. Aksariyat hollarda, biror bir bayram kunining haftaning qaysi kunida bo‘lishini bilish, dam olish kunlarining taqsimotini tasarruf qilish uchun qiziqish uyg‘otadi. Bunday hollarda, odatda, uyali telefon apparati ilovasidagi, yoki, devorga ilingan yil taqvimigatezkorlik bilan ko‘z yugurtiriladi. Bu albatta oson usul.

Lekin siz qidirgan sana bir necha yil avvalgi bo‘lsachi? (masalan, o‘zingiz dunyoga kelgan kun). O‘sha yilga taalluqli taqvimni topishingiz mushkul. Keyingi yillarning taqvimi ham qo‘l ostingizda bo‘lmasa, kelajak sanalarning hafta kunini ham aniqlashingiz mushkul bo‘lib qoladi. Bunday hollarda bizga - matematika yordamga keladi!

Biz foydalanayotgan joriy taqvimning o‘ziga xosliklarini bilgan holda, istalgan yilning istalgan sanasi uchun haftaning qaysi kuni bo‘lishini oddiy arifmetika orqali hisoblab topish mumkin.

Dastavval shuni ta'kidlaymizki, dunyoning aksariyat davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham rasman foydalaniladigan taqvim - Grigorian taqvimidagi oddiy yil - 365 kundan iborat. Biroq, bir kecha kunduz (sutka) aslida biz qabul qilganimizdek to‘liq 24 soat emas. Ya'ni, taqvim sutkasi, haqiqiy tabiiy sutka - Yerning o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqtdan 3 daqiqa va 56.5 soniya qisqa. Mazkur ≈4 daqiqa kundalik «ortiqcha» vaqt yig‘ilib borib, uch yilda 1440 daqiqaga yetib qoladi. Bu esa to‘liq bir kunni tashkil etadi. Shu tufayli, har 4 yilda bir marta kabisa yili keladi va o‘sha yig‘ilib qolgan ortiqcha daqiqalardan iborat bir kun, fevral oyining oxirgi - 29 sanasi qilib belgilanadi. Bu orqali, amaliy taqvimni tabiiy taqvim bilan muofiqlashtiriladi.

Yangilаndi: 17.03.2018 14:33
 

Fransua Viet

E-mail Chop etish PDF

Fransua Viet

(1540-1603)

"Vietning barcha asarlaridan uning yuksak zakovati toshib, sizib chiqib turar edi..."

V.V. Seyten

Fransua Viet - mashhur farang matematigi, u algebraik shakl almashtirishlarning zamonaviy ko‘rinishiga asos solgan bo‘lib, tenglamalar uchun umumiy formulalarni harflar orqali ifodalashning asoschilaridan biri.

Viet tenglamadagi noma'lumlarnigina emas, balki, berilganlarni ham harfiy ifodalashni birinchi bo‘lib fanga joriy qildi. Bu orqali matematikaga yangicha yo‘nalish, tenglamalarni ma'lum tamoyillar orqali umumlashtirish - universal formulalar ko‘rinishiga keltirish kabi buyuk g‘oyani ilm fanga tadbiq etdi. Vietning bu ilmiy innovatsiyasi, uyg‘onish davri matematikasining mantiqiy yakunlanishi, va zamonaviy algebraning tamal toshi qo‘yilishi bo‘lib, Nyuton, Ferma, Dekartlaring ilmiy natijalari aynan Vietning matematik poydevori ustiga qurilgan desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Yangilаndi: 15.01.2019 10:08
 

Jonivorlarda elektr toki yoki, doimiy tok manbaining kashf qilinishi

E-mail Chop etish PDF

Jonivorlarda elektr toki

yoki, doimiy tok manbaining kashf qilinishi.

XVIII-asrning ikkinchi yarmida, elektr hodisalarining ancha to‘liq o‘rganilishi, biologiya fani uchun ham bir qancha muhim xulosalar yasashga imkon berdi. Jon Uolsh va La-Roshelning ilmiy tajribalari elektr skatning tok chiqarish tabiatini yoritib bergan bo‘lsa, anatomiya mutaxassisi Gunter, elektr skatning elektr chiqaruvchi organlarining aniq tafsilotlarini bayon qildi. Uolsh va Gunterlarning tadqiqotlarining natijalari 1733-yilda e'lon qilindi.

Shunday qilib, Galvanining tajribalarigacha, 1786-yildayoq psixik va fiziologik hodisalarning ilmiy asosi tayyorlangan bo‘lib, jonivorlar tanasidagi elektr hodisalari bo‘yicha ilmiy poydevor allaqachon qo‘yilgan edi. Shu sababdan Liudji Galvani (1737-1798) elektr hodisalarini o‘rganishda avvalo Uolsh va Gunterning jonivorlarda elektr hosil bo‘lishi borasidagi ilmiy xulosalarini o‘rganish bilan boshladi.

Yangilаndi: 18.02.2019 07:51
 

Teleskop

E-mail Chop etish PDF

Teleskop

Ko‘zoynaklar singari, ko‘rish trubasi ham, ilm-fandan yiroq odam tomonidan ixtiro qilingan. Dekartning "Dioptrika" asarida ushbu muhim ixtiro haqida shunday hikoya bor: "Fanimizning uyatga qoldirgan holatda, shunday ajoyib va muhim ixtiro, dastavval, mutloq amaliy tajriba asosida va unda ham, tasodif tufayli amalga oshirilgan. Taxminan, 30 yilcha avval, Yakov Metsius, "hech qachon fanlarni o‘qimagan odam", qo‘l ostida har xil shakldagi linzalarga va oynalarga ega bo‘lgan holatda, ularning ketma-ketligidagi kombinatsiyasidan, o‘t oldirish, olov hosil qilish uchun foydalanish maqsadida, ularni tasodifan, omadli ravishda shunday joylashtirishga muvaffaq bo‘ldiki, u orqali qarab, umuman kutilmagan tarzda, dastlabki ko‘rish trubasini yasab oldi". Aytishlaricha, bunga sabab bo‘lgan narsa, Metsiusning ishlari ustida kuzatuvchanlik bilan o‘ynab yurgan bolalarining, o‘yin asnosida truba orqali unga qaraganlari bo'lgan ekan...

Yangilаndi: 08.12.2018 20:01
 

Hisoblash texnikasi

E-mail Chop etish PDF

Hisoblash texnikasi

Mening bolaligim 90-yillarning boshiga to'g'ri kelgan. Boshlang‘ich sinfga borganimda o‘qituvchimiz avval sanoq cho‘plarda, keyinchalik kichik cho‘t yordamida sanashni o‘rgatganlar. Eng sodda arifmetik amallar - qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish, bo‘lishni o‘qituvchilarim doim yozma ravishda bajarishni o‘rgatishar edi.

U vaqtlarda do‘konlarda sotuvchilar hisob kitoblar uchun cho‘tlardan foydalanishardi. Men ularning cho‘t donachalarini «shaq-shuq» etib u yoqdan buyoqqa urib, hisoblashlarini hayrat bilan kuzatgan paytlarim esimda. Biroq, XXI asr - axborot texnologiyalari eshik qoqayotgan bir jarayonda, o‘sha cho‘tlarning amaliy o‘rni va ahamiyati yo‘qolib, o‘zi esa muzey va kolleksiyalarning eksponatiga aylanib borayotganini tasavvur qilmagan ekanman...

Bugungi kunda har qanday matematik hisob kitoblarni bir zumda bajara oladigan elektron vositalar - kompyuterlar va kalkulyatorlar doimo qo‘l ostimizda. Hozirgi zamon do‘kondorlariga o‘sha cho‘tlar endi beso‘naqay matohdek tuyuladi. Uyali aloqa apparatimizning ilovasidagi kalkulyatorda nafaqat oddiy arifmetik amallar, balki, murakkab algebraik hisoblashlar, trigonometrik yechimlar, logarifmlar, hosilalar, va hattoki mantiqiy operatsiyalarni, muhandislik yechimlarini ham bajarish imkoniyati bor. Bozor va do‘konlarda esa savdogarlar qo‘lida kalkulyator doimiy hoziru-nozir. Jamoatchilikda bu jarayon borasida albatta ijobiy fikr hukmron. Biroq, yakdillikka raxna solayotgan ba'zi mulohazalar ham borki, ular ham o‘z o‘rnida to'g'ri albatta. Xususan, maktab o‘quvchilarining ham, misol va masala yechishda faqat kalkulyatorga suyanib qolayotgani, bu esa, ularning mantiqiy fikrlashi qobiliyatiga salbiy ta'sir qilishi haqida fikrlar mavjud. Mayli, bu boshqa masala. Bu maqolamda men Sizlarga, bugungi kundagi benazir dastyorimiz - kalkulyatorlargacha bo‘lgan vaqtda insoniyatga xizmat qilib kelgan hisoblash vositalari haqida so‘z yuritmoqchiman.

Yangilаndi: 18.03.2018 12:01
 

Quyma ichiga nazar...

E-mail Chop etish PDF

Quyma ichiga nazar...

Solishtirma og’irlik ajoyib narsa. U haqida bilish ko’p hollarda insonga naf keltirishi tayin. Masalan men, yaqindagina xorij safaridan yaqinlarim uchun sovg’a salomlar oldim. Qo’l mehnati bilan tayyorlanadigan suvenirlar do’konida savdo qilayotgan habash yigit menga, vazni taxminan 1.5 kg keladigan globuschani tavsiya qildi. Narxi esa bir oz qimmat. Sababini so’raganimda, u globuschaning maqtash asnosida, uning to’liq mis metallidan ekanligini va qolipga quyilishda u g’ovaklarsiz, yaxlit holatda quyilishini, shu tufayli narxi bir oz qimmatligini tushuntirdi. Qolaversa, namunaga badiiy bezak berish, materiklar va okeanlar, orollar, davlatlar chegaralarini o’yib tushirish ancha mashaqqatli mehnat ekan. Buni tushunaman, albatta, qo’l mehnati oson yumush emas. Qolaversa, suvenir menga juda yoqib qolgandi. Uni sotib oldim...

Lekin, habash yigitning (o’zini aytishicha u usta ekan) suvenir misdan yaxlit quyilganligi haqidagi gapi menda shubha uyg’otdi. Men, o’zimni xayolan, zargarga buyurtma asosida tayyorlatilgan tojning tarkibini aniqlagan Arximed kabi tasavvur qildim.  Mehmonxonaga kelgach suvenirning haqiqatan to’liq misdan yasalganligi yoki, habash «usta» menga lag’mon ilganmi-yo’qmi tekshirib ko’rishga qiziqdim. Albatta, shunday chiroyli suvenirni o’rtasi bo’shliqmi, yoki yaxlitmi, shuni bilish uchun qiziqish yuzasidan ichini teshib ko’rish yaramaydi. Bu jarayonda menga – fizika yordam beradi.

Yangilаndi: 18.03.2018 12:24
 

Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi.

E-mail Chop etish PDF

Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi.

Kino sanoati oxirgi yillarda fazoviy janglar, o‘zga sayyoraliklar, boshqa galaktikalik kelgindilar bilan insoniyat o‘rtasidagi urush tasvirlangan mahsulotlar bilan tez-tez chiqish qilmoqda. Ayniqsa xorij kinosida bunga misollar bisyor. «Oblivion», «Dunyolar jangi», «Yulduzlar darvozasi» kabi filmlarni ko‘pchiligingiz ko‘rgansiz. Bu filmlar ssenariychi va rejissorlarning boy fantaziyalarini namoyon etadi. Lekin, tangri bunday ofatdan barchamizni saqlasin deyman...

Yuqorida sanab o‘tganimiz kabi filmlarda, ko‘pincha jang sahnalari ochiq koinotda yoki, biror bir osmon jismida, masalan Oyda yuz beradi. Film qahramoni, kelgindilarga qarata biror quroldan o‘t ochadi. Kelgindi o‘zga galaktikalik ham qandaydir bizga notanish quroldan foydalanadi. Endi, kelgindining qurolini qo‘ya turaylik.Lekin, masalan, o‘zimizning qurollar, xususan artilleriya to‘pchisi shunday jangda ishtirok etsa qanday effekt berarkin? Rejissorlarning koinotda quroldan o‘t ochish bo‘yicha fantaziyalari haqiqatga to'g'ri kelarmikin?

Yangilаndi: 18.03.2018 12:29
 

Vanadiy

E-mail Chop etish PDF

Vanadiy

 

«Juda qadim, zamonlarda uzoq shimolda go’zal va hamma yaxshi ko’radigan ma’buda Vanadis yashar edi. Kunlarning birida kimdir uning eshigini taqillatdi. Ma’buda kresloga o’rnashib o’tirdi va «Yana bir marta taqillatsin» deb o’yladi.

Lekin eshik taqillamadi va eshikda uzoqlashayotgan qadam tovushi eshitildi. Vanadis bu odobli, lekin, qat’iyatsiz kishi kim ekanligiga qiziqdi. U derazani ochib ko’chaga qaradi. Bu saroydan shoshib uzoqlashayotgan valer ismli kimsa edi.

Bir necha kun o’tgach uning eshigini kimdir yana taqillatdi. Bu gal u o’rnidan turib eshikni ochmagunicha taqillayverdi. Ma’buda turib, eshikni o’chgach, yosh va kelishgan Nils Sevstryomga ro’baro’ bo’ldi. Tez orada ular bir birlarini sevib qoldilar va tug’ilgan o’gillariga Vanadiy deb ism qo’ydilar.»

Yangilаndi: 18.03.2018 12:33
 

Uglerod zanjirlari

E-mail Chop etish PDF

Uglerod zanjirlari

Organik birikmalarning xilma xilligi Uglerod atomining boshqa atomlar bilan o‘zaro bog‘lanib, zanjir hosil qila olishi tufaylidir. Bunday zanjirlarning uzunligi hech narsa bilan cheklanmaydi va ular o‘ta murakkab yo‘nalishlarda tarmoqlanishi mumkin.

Eng sodda organik birikmalar faqatgina uglerod (C) va vodorod (H) atomlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday bog‘lanishga ega moddalar uglevodorodlar deyiladi. Uglevodorodlar juda foydali moddalardir. Ular aralashma holatida neft mahsulotlari va tabiiy gaz tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Bundan tashqari uglevodorodlar turli tuman mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy hom-ashyo hisoblanadi.

Yangilаndi: 18.03.2018 12:45
 


Maqolaning 42 sahifasi, jami 48 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 817
O'qilgan sahifalar soni : 4664821

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)