Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Astronomik gid

E-mail Chop etish PDF

Astronomik terminlar uchun izohlar

(Koinotga oid terminlar uchun izohlar)

Koinot shu qadar hayratlanarli va aqlni shoshirib qo‘yadigan darajada jozibadorki, uning ta'rifini mukammal qilishga shoirlarning qalami ham, suhandonlarning tili ham ojiz qolishi aniq. Koinotning asl haybati va miqyosini ifodalashga eng pixini yorgan fantast yozuvchining ham tasavvur doirasi torlik qiladi. Undagi jarayonlarning manzarasini esa hech qaysi musavvir hech qanday tasvirga sig‘dira olmaydi.

Biz Koinot haqidagi ilmiy filmlarni ko‘rganimizda, yoki, maqola va kitoblarni o‘qiganimizda, astronomiyaga oid o‘nlab ilmiy terminlarga duch kelamiz. Tanish va notanish bo‘lgan o‘sha terminlarning ma'nosini esa har doim ham tushunavermaymiz. Ushbu maqolada, Koinotga aloqador eng asosiy ilmiy terminlarning ma'nolari va sharhlarini havola etamiz. O‘ylaymizki, bu sizning bilimingiz oshishida va mustahkamlanishida qo‘l keladi.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:39
 

Gravitatsion to‘lqinlar bu olamda oltin qayerdan paydo bo‘lishi sirini ochib berdi.

E-mail Chop etish PDF

Gravitatsion to‘lqinlar bu olamda oltin qayerdan paydo bo‘lishi sirini ochib berdi.

Oltin olma duo ol... yoxud Koinot ismli alkimyogarning hunarlari haqida...

Xalqimizda ajoyib bir maqol bor: «Oltin olma duo ol...» deyishadi. Biz hozir falsafaga yo‘grilgan odobnoma darsi o‘tmoqchi emasmiz. Shunchaki, Koinotda oltin aslida qayerdan olinishini ilmiy isbotlangani haqida ma'lumot bermoqchimiz Смешно.

Xabaringiz bor, 2016-yilda gravitatsion to‘lqinlarni qayd etgani bilan dunyoga tanilgan LIGO rasadxonasi olimlari fizika bo‘yicha Nobel-2017 mukofotiga loyiq ko‘rildilar. Aslida, o‘sha 2016-yilgi kashfiyot, ya'ni, gravitatsion to‘lqinlarning aniqlanishi shunchaki ularning mavjudligini tasdiqlashdangina iborat emasdi. Balki, uning ahamiyatini yanada oshiradigan jihat ham borki, u ham bo‘lsa, LIGO rasadxonasi, astronomiyada mutlaqo yangi yo‘nalish - gravitatsiya to‘lqinlari vositasida Koinotni kuzatish usulini ham ochib bergani bo‘lgan. Ya'ni, mazkur rasadxona olimlari, Koinotdagi favqulodda yirik obyektlarning, masalan, qora tuynuklar, yoki, neytron yulduzlarning to‘qnashishi natijasida, butun Koinot bo‘ylab yoyilgan fazo-vaqt kontinuumining (zamon-makon uyg‘unligining) tebranishlarini «eshitish»ga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:43
 

Xlor

E-mail Chop etish PDF

Xlor


Xlorni sof holda, alohida ajratib olishni esa 1811-yilda
Gemfri Devi uddalagan. U elektroliz vositasida oddiy osh tuzini natriy va xlorga parchalashga muvaffaq bo‘lgan edi. Devi o‘zi mazkur elementga «xlorin» deb nom qo‘yishni taklif qilgan. Bir yil o‘tib, Gey-Lyussak ushbu nomni oddiyroq qilib «xlor» tarzida qisqartirishni taklif qilgan va o‘z yozishmalari orqali butun kimyo fanida ommalashtirib yuborgan. Xlorning atom massasi 1826-yilda Yens Yakob Berselius tomonidan o‘ta katta aniqlikda hisoblab chiqilgan edi. Uning natijasi zamonaviy qiymatdan atiga 0,1% ga farq qiladi.Xlor - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr VIIA guruh elementi. Atom raqami 17. Cl (lotincha Chloros - «yashil» so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:50
 

Mikroblarning antibiotiklarga bardoshliligi

E-mail Chop etish PDF

Mikroblarning antibiotiklarga bardoshliligi

Mikroorganizmlarning populyatsiyasida (alohida bir a'zosida emas) vaqt o‘tishi bilan muayyan kimyoviy moddalarga, xususan, antibiotiklarga va pestitsidlarga qarshi chidamlilik shakllanishi mumkin.

Albatta, antibiotik dorilarga nisbatan chidamli bo‘lgan va dori ta'sir qilmaydigan mikroblar haqidagi vahimali gaplar ba'zan quloqqa chalinib turadi. Bu to‘g‘risida tibbiyot sohasi mutaxassislari yaxshiroq bilishadi albatta. Ayrim bemorlarda davolash jarayonida foydalanilgan muayyan bir antibiotikni boshqasiga, ya'ni, yanada kuchlirog‘iga almashtirishga to‘g‘ri kelganligi turgan gap. Mikroorganizmlar populyatsiyasida dori preparatlariga nisbatan bunday chidamlilik shakllanishi hodisasi, ba'zi hissiyotga beriluvchan jurnalist va yozuvchilar aytganidek, «ona tabiatning odamzotdan o‘ch olishi»emas, balki, tabiiy evolyutsiya qonuniyatlarining amaldagi ifodasi xolos.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:53
 

Temir - mustahkam element

E-mail Chop etish PDF

Temir - mustahkam element

Jahon mumtoz adabiyotining eng qadimiy namunalaridan biri Gomerning «Iliada» dostoni sanaladi. Ushbu doston taxminan eramizdan avvalgi 800-yilda yozilgan bo‘lib, taxminan eramizdan avvalgi 1000-yil atrofida bo‘lib o‘tgan Troya qal'asi qamali haqida hikoya qiladi. Afsonalarga ko‘ra, o‘sha qamal 10 yil davom etgan emish.

Dostonda naql qilinishicha, o‘sha janglarda qatnashgan jangchilarda qurol-aslaha, o‘q-yoy va sovutlar bronzadan yasalgan bo‘lgan.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:56
 

Peano egri chizig‘i

E-mail Chop etish PDF

Peano egri chizig‘i

1890-yilda italyan matematigi Juzeppe Peano, fazoni to‘ldiruvchi egri chiziqlar turkumidan eng dastlabki misolni keltirish orqali, butun matematika olamini ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi. Egri chiziqlarning bunday yangi turkumi haqida so‘z yuritarkan, rus matematigi Naum Vilenkin «ular tufayli, matematikadagi eng asosiy ta'riflar ham o‘z ma'nosini yo‘qotdi» - deb ta'kidlagan edi.

Peano egri chizig‘i termini odatda, fazoni to‘ldiruvchi egri chiziq terminiga sinonim sifatida qo‘llaniladi. Bunday egri chiziqlarni odatda, zigzagsimon chiziqning uzluksiz davom ettirilishi va oqibatda ushbu chiziqning o‘zi joylashgan fazoni butunlay to‘ldirilishi bilan yasaladi. Peano chiziqlari haqiqatan ham matematikada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Chunki, bunday egri chiziqning chiziqlari bir o‘lchamlikka ega bo‘lib ko‘ringani bilan, aslida ular ikki o‘lchamli maydonni egallaydi. Shunga ko‘ra, Peano egri chiziqlarini aslida egri chiziq deyishning o‘zi to‘g‘rimikin? Ustiga ustak, Peano egri chiziqlari kub, yoki, giperkub singari uch o‘lchamli fazoni ham to‘ldiradi! Peano egri chiziqlari uzluksiz bo‘ladi. Lekin, Kox qorparchasi, yoki, Veyershtrass funksiyasidan farqli o‘laroq, Peano egri chiziqlari o‘zining biror-bir nuqtasiga o‘zi urinma bo‘lmaydi. Fazoni to‘ldiruvchi egri chiziqlar uchun Xausdorf o‘lchamligi 2 ga teng.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:58
 

Bregg qonuni

E-mail Chop etish PDF

Bregg qonuni

Muayyan matematik shartlarga amal qilinsa, kristalldan akslangan rentgen nurlari shunday aniq difraksion manzarani namoyon qiladiki, undan kristallning panjara strukturasining tasvirini hosil qilish mumkin bo‘ladi.

Kristallarda atomlar muntazam takrorlanuvchi geometrik struktura tarzida tartiblangan bo‘lib, ushbu strukturani fanda kristall panjara deyiladi. Qattiq jism fizikasi sohasining asosiy vazifalaridan biri - kristalllarning struktura tuzilishini aniqlashdan iboratdir. Kristallarning struktura tuzilishini aniqlash uchun odatda fiziklar Avstraliyalik olim ser Uilyam Lourens Bregg (1862-1942) tomonidan kashf qilingan va uning nomi bilan ataladigan qonunga asoslanuvchi usuldan foydalanadilar.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:00
 

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

E-mail Chop etish PDF

Nobel mukofoti egalari amalga oshirgan eng muhim kashfiyotlar.

Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e'lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo‘yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi «ko‘rsatgan karomati» uchun mukofotga loyiq ko‘rilgani ham ma'lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o‘sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya'ni, «xo‘sh, bundan odamlarga nima naf?» - qabilidagi savol albatta o‘rtaga tashlanadi.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:03
 

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi.

E-mail Chop etish PDF

Nobel-2017. Biologik soat mexanizmi. Sirkada ritmlarining molekulyar mexanizmlarini kashf qilgan olimlar Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.

Yerdagi hayot sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida ayanishi jarayoniga qat'iy moslashgan. Ilm-fanda ko‘p yillardan beri ma'lumki, Yerdagi barcha tirik organizmlar, shu jumladan odam ham, kundalik muntazam ritmga moslashgan ichki biologik soatlarga egadir. Ushbu biologik soat, tirik organizmning kun va tun almashinishi natijasida yuz beradigan tashqi omillarga tayyorlanishi va moslashishini nazorat qiladi. Biologik soat ilm-fanda ancha yillardan buyon ma'lum mexanizm bo‘lsa-da, lekin olimlar uning qanday ishlashini aniqlashganiga hali uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ushbu, 2017-yilgi Fiziologiya va Tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan olimlar uchligi - Jeffri Xoll, Maykl Rosbash hamda, Maykl Yung aynan ushbu biologik soatlarning ishlash mexanizmini kashf qilishganliklari uchun oliy ilmiy mukofotga loyiq ko‘rildilar. Ularning ilmiy ishlari silsilasi - o‘simliklar, hayvonlar, hamda odam organizmning biologik ritmlari qay tarzda Yerdagi kun va tun almashinishi jarayonlari bilan sinxronlanishini mohiyatini ochib beradi.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:05
 

Kompton effekti

E-mail Chop etish PDF

Kompton effekti

Tasavvur qiling, siz aks-sado qaytadigan joyda qattiq qichqirdingiz. Albatta, sizning tovushingiz o‘zingizga bir necha martadan qayta-qayta eshitiladi va u siz qanday qichqirgan bo‘lsangiz, o‘sha tovush chastotasida qaytadi. Tovushingiz hech qachon bir oktava past bo‘lib qaytmaydi. Ammo lekin, rentgen to‘lqinlari borasida bunday deyishning iloji yo‘q. 1923-yilda fizik olim Artur Kompton (1892-1962) rentgen nurlarining elektronlarga tushishi natijasidagi tarqoq nurlanishlarning chastotasi va energiyasi pastroq bo‘lishini ko‘rsatib bergan. Bu ko‘pchilik olimlar uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Chunki, elektromagnit nurlanishlarning klassik to‘lqin nazariyasida bunday effekt ko‘zda tutilmagan edi.

Yangilаndi: 25.08.2018 15:06
 


Maqolaning 5 sahifasi, jami 45 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, qisqacha izohi va amalda qo‘llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o‘zaro o‘girish uchun mo‘ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug‘at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O‘zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
Oshxona.Uz
O‘zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 778
O'qilgan sahifalar soni : 3395230

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!