Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Mikroto‘lqinli pech

E-mail Chop etish PDF

Mikroto‘lqinli pech

Hozirgi kund mikroto‘lqinli pech uy bekalarimizning oshxonadagi yaqin dastyorlaridan birig aylangan. Lekin bunday pechlar ota-bobolarimiz avvaldan ishlatib kelgan an'anaviy pechlardan ko‘r boshqacharoq ishlaydi. An'anaviy pechlar masalliqni, yoki, taomni tashqaridan qizdiradi. Mikroto‘lqinli pech es taomni o‘z nomig ko‘ra, taomg mikroto‘lqinlar vositasid ishlov beradi.

Har qanday modd singari, ovqat v uning masalliqlari ham molekulalardan tashkil topgan bo‘ladi. Biz iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarning molekulalari asosan suv v yog‘ molekulalaridan iborat bo‘ladi. Mikroto‘lqinli pechg joylashtirilgan taomni tashkil qiluvchi molekulalar mikroto‘lqinlar ta'sirid jud tezkor titrash v tebranish jarayonig duchor bo‘ladi. Texnikad bu jarayonni vibratsiy ham deyiladi. Aynan shu vibratsiy natijasid ovqatni tashkil qiluvchi molekulalar bir-birig ishqalanadi. Ishqalanish es qizishg olib keladi. Siz ham sovuqd qo‘llaringizni beixtiyor bir-birig ishqab isitganingiz esingizdami? Mikroto‘lqinli pechg joylangan taom molekulalari ham xuddi shuning singari bir-birig ishqalanib qiziydi. Natijad ovqat isiydi. Eng qizig‘i shundaki, mikroto‘lqinli pechg qo‘yilgan taom isib, qizigani bilan, lekin pech v uning detallari o‘zi umuman isimaydi. Bunday pechning an'anaviy oddiy pechdan farqi ham shunda. Oddiy pechg o‘tin, yoki, ko‘mir yoqsangiz, pechning o‘zi bilan birga. Uning yaqin atrofidagi hamm nars qiziydi. Mikroto‘lqinli pechd es faqat taom qiziydi xolos!

Yangilаndi: 25.08.2018 13:53
 

Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari

E-mail Chop etish PDF

Faradeyning elektromagnit induksiya qonunlari

Yuza orqali o‘tayotgan magnit oqimining o‘zgarishi, ushbu yuzani chegaralab turgan kontur bo‘ylab elektr maydoni hosil bo‘lishiga olib keladi.

Elektr maydoni intensivligi magnit oqimining o‘zgarish tezligiga bog‘liq.

XIX-asr boshlarida elektr toki magnit maydonini yuzaga keltirishi aniqlangach, olimlar aynan shu hodisa teskarisiga ham bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ya'ni, magnit maydoni ham qandaydir tarzda, elektr toki yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi kerak edi. Bunday taxminni ilgari surgan va uni tekshirishga jiddiy kirishgan olimlardan biri - Mayk Faradey bo‘lgan. Olimning yon daftarchasidagi 1822-yilga taalluqli yozuvda u o‘zi uchun «magnetizmni elektr tokiga aylantirish» vazifasini qo‘yganligi qayd etilgan. U o‘zi uchun belgilab olgan mazkur vazifani uddalashiga deyarli o‘n yil sarfladi.

Yangilаndi: 25.08.2018 13:55
 

Jonatan Sviftdan salomlar: Fobos va Deymosning kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF

Jonatan Sviftdan salomlar: Fobos va Deymosning kashf etilishi

XIX-asrning ikkinchi yarmida astronomlar sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlarining aniq sonini bilib bo‘ldik degan fikrga kelib bo‘lgan edilar. Ya'ni, Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi - Oy bo‘lib, Merkuriy, Venera va Marsning tabiiy yo‘ldoshlari yo‘q deb hisoblanardi. Yupiterda to‘rtta, Saturnda esa sakkizta tabiiy yo‘ldosh mavjud degan ishonch hattoki fizika darsliklarida ta'kid bilan keltirilardi. E'tibor bering: Yerda 1 ta, Yupiterda 4 ta, Saturnda esa 8 ta. Agar, Yer va Yupiter orasidagi sayyora - Marsda ham 2 ta yo‘ldosh bo‘lganida, sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlari soni, ularning Quyoshdan uzoqlashish tartibi bo‘yicha geometrik progressiyani hosil qilgan bo‘lardi.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:09
 

Oltingugurt - sariq element

E-mail Chop etish PDF

Oltingugurt - sariq element

16-raqamli element hammaga yaxshi tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan olim mashhur farang kimyogari Antuan Lavuaze (1743-1794) bo‘ladi.

Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, «sulfur»ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi «oltin» va forscha «gugurt» so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning «yonish», «olov» so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni seraсера») deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:12
 

Entropiya? Bu juda oddiy...

E-mail Chop etish PDF

Entropiya? Bu juda oddiy...

Entropiya. Bu tushuncha ne-ne kallalarni qotirmagan deysiz. To‘g‘rirog‘i, bu tushunchani mohiyatini anglash uchun ne-ne kallalar qotimagan, ne-ne miyalar qiynalib qolmagan deysiz. Chunki, mavzular o‘ta jiddiy izchillik bilan yoritiladigan fizika darsliklarida entropiya tushunchasi biroz murakkab ta'riflanadi. Odatda, entropiya tushunchasining ta'rifini birinchi marta o‘qigan o‘quvchi yoki talaba taxminan quyidagi memda tasvirlangan holatga tushadi.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:22
 

Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan

E-mail Chop etish PDF

Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan

Tan olish kerak, bizga maktabda o‘rgatiladigan fizika odatda anchayin zerikarli bo‘ladi. Maktab fizika kursining asosiy qismini asosan XIX-asrga taalluqli ulug‘vor fizika mavzulari tashkil qiladi va bu fizikada, tasodiflarga, hamda, tan olingan haqiqatlarga nisbatan shubhaga borishga o‘rin yo‘q. Taassufki, biz maktab yoshidagi bolalarni fizikaning eng qiziqarli va maftunkor qismi - kvant fizikasi bilan deyarli tanishtirmaymiz.

Ushbu kitob, kvant fizikasiga qiziquvchan kishilarni ilm-fanning mazkur juda garoyib, ta'bir joiz bo'lsa, aql bovar qilmas, lekin, ota muhim sohasi bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Kitobda kvant fizikasiga oid 50 ta eng muhim va eng qiziqarli hodisalar haqida 3 daqiqadan, londa-londa tarzda hikoya qilinadi. Mavzuni yoritishning ushbu formati, mutolaachi uchun, bayon qilingan ilmiy fenomenni tushunishda qol keladi degan umiddamiz.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz korsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:23
 

Kox qorparchasi

E-mail Chop etish PDF

Kox qorparchasi

Kox qorparchasi - matematika yo‘nalishida ta'lim olayotgan talabalar duch keladigan eng birinchi fraktal obyektlardan biri bo‘ladi. Shuningdek, Kox qorparchasi matematika tarixida ham, eng birinchi bo‘lib o‘rtaga tashlangan fraktallardan biri sanaladi. Ushbu ajoyib va chiroyli, shu bilan birga, murakkab geometrik shakl tasviri ilmiy manbalarda 1904-yilda e'lon qilingan, «Oddiy geometrik yasashlar vositasida olingan urinmalarsiz uzluksiz egri chiziq haqida» deb nomlangan maqola orqali paydo bo‘lgan edi. Muallif - shved matematigi Nils Fabian Xelge fon Kox (1870-1924). Shunisi qiziqki, Kox qorparchasining yasash jarayoni uchburchak chizishdan emas, balki, to‘g‘ri chiziqdan, aniqrog‘i, kesmadan boshlanadi.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:27
 

Kvant kompyuteri: u qanday tuzilgan?

E-mail Chop etish PDF

Kvant kompyuteri: u qanday tuzilgan?

Kvant kompyuterlari haqida deyarli hamma eshitgan. Lekin, kvant kompyuteri qanday ko‘rinishi va uning tuzilishi haqida hamma ham aytarli tasavvurga ega emas. Biz quyida, kvant kompyuterlarining ishlash tamoyillari va tuzilishi haqida imkon qadar tushunarli tilda bayon qilmoqchimiz.

Dunyo bo‘ylab axborot hajmi kundan-kunga ortib bormoqda. Statistikaga ko‘ra, raqamli formatdagi axborot hajmining o‘zi yiliga 30% ga ko‘paymoqda ekan. Yana o‘sha statistikada qayd etilishicha, oxirgi 5 yil ichida insoniyat tomonidan, undan avvalgi butun tarix mobaynida ishlab chiqarilgan axborot hajmidan ko‘ra ko‘proq axborot ishlab chiqarilgan emish. Buning qanchalik to‘g‘ri ekani ushbu manba mualliflarining vijdoniga havola albatta. Lekin, nima bo‘lganda ham, qachonlardir shunchaki ko‘l bo‘lgan va keyinchalik «axborot dengizi»ga aylangan informatsiya yig‘indisi, endilikda allaqachon «axborot ummoni»ga aylanib bo‘lgani ham inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Boz ustiga, zamonaviy dunyoda - paypoqdan tortib, kir mashinagacha bo‘lgan - deyarli hamma narsa internetga ulanmoqda.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:31
 

MRT

E-mail Chop etish PDF

MRT

1970-yillar boshida AQSHlik olimlar Reymond Damian, Pol Loterbur hamda, Angliyalik fizik Piter Mensfild birgalikda, magnit rezonans vositasida tana a'zolarining tasvirini olish va qayta ishlash uslubini ixtiro qilishdi. Aniqrog‘i, magnit rezonansi yordamida odam a'zolarini tomografiya qilish g‘oyasi, dastlab 1971-yilning 2-avgust sanasida, kimyo professori Pol Loterburdan chiqqan edi. Uning bu boradagi tadqiqotlari bayon qilingan «Induksiyalangan mahalliy o‘zaro ta'sir vositasida tasvir hosil qilish; magnit rezonansiga asoslangan misollar» - deb nomlangan ilmiy maqolda «Nature» jurnalida chop etilgan. Bugungi kunda tibbiyot muassasalarining eng asosiy tibbiy uskunalaridan bo‘lmish MRT shu tarzda ommalasha boshlagan.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:33
 

Arximed qonuni

E-mail Chop etish PDF

Arximed qonuni

Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz og‘irligiga teng gidrostatik (gazlarda aerostatik) «ko‘tarish kuchi» ta'sir qiladi.

Afsonaga ko‘ra, hammomdan qip-yalang‘och chiqa solib, saroy tomon yugurarkan, qadimgi yunon olimi Arximed «Evrika!» - deb xitob qilgan ekan. Yunon tilida bu so‘zning ma'nosi «Topdim!» degani bo‘ladi. O‘sha afsonada aytilishicha, qadimgi Yunoniston podshosi Geron II olimga, o‘z tojining sof oltindan yasalganmi, yo‘qmi, aniqlash vazifasini topshirgan ekan. Shartga ko‘ra, olim, tojni o‘ziga ziyon yetkazmasdan (ya'ni, buzmay va sindirmay) turib, uning metalli sof tilladanmi, yoki, biror boshqa arzonroq metall, masalan, mis yoki, kumush qo‘shilganmi - shuni aniqlashi lozim edi. Tojni tarozida tortib ko‘rish Arximedga qiyinchilik tug‘dirmagan. Lekin, masalani hal qilish uchun shuning o‘zi yetarli emasdi. Shuningdek, olim tojning hajmini ham o‘lchashi va bu orqali metallning zichligini aniqlab, natijada, uning sof oltindan ekanini bilib olishi mumkin bo‘lgan.

Yangilаndi: 25.08.2018 14:34
 


Maqolaning 4 sahifasi, jami 45 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, qisqacha izohi va amalda qo‘llanishi
Oshxona.Uz
O‘zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
ekodunyo.uz
O‘simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o‘zaro o‘girish uchun mo‘ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug‘at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 778
O'qilgan sahifalar soni : 3395294

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis