Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Orbita.uz - Ilm-fan fazosi uzra!

Rind papirusi

E-mail Chop etish PDF

Rind papirusi

Qadimgi Misr matematikasiga oid saqlanib qolgan tarixiy ashyolar ichida Rind papirusi eng muhimi sanaladi. Eni 30 sm, uzunligi taxminan 5 m atrofida bo‘lgan ushbu o‘rog‘liq qog‘oz Nil daryosining sharqiy sohilidagi Fiva shahrida joylashgan sag‘analardan birida topilgan. Uni Axmes ismli odam yozgani ma'lum. Papirusda ierogliflar tizimiga o‘xshash bo‘lgan ieratik yozuv sistemasidan foydalanilgan. Papirusning yozilgan vaqtini tarixchilar eramizdan avvalgi 1650-yillarga taalluqli deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, Axmes matematika tarixida nomi bizgacha yetib kelgan birinchi odam ham bo‘lib chiqadi! Bundan tashqari, aynan ushbu papirus - yozuvda turli matematik amallarni ifodalovchi belgilar qo‘llangan ilk yozma manba hamdir. Masalan, «qo‘shish» amalini ushbu papirusda bir juft oyoq ko‘rinishida belgilangan. Oyoqlar qo‘shilayotgan qiymatga qarab turgan tarzda chizilgan.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:16
 

Xoll effekti

E-mail Chop etish PDF

Xoll effekti

1879-yilda amerikalik fizik Edvin Xoll qiziq bir fizik tajriba o‘tkazdi. U yupqa to‘rtburchak oltin plastinani kuchli magnit maydoniga, ushbu magnit maydoni tekisligiga perpendikulyar tarzda joylashtirdi. Keling, x va x’ o‘sha tilla to‘rtburchakning ikkita qarama-qarshi tomonini ifodalasin; y va y‘ esa qolgan yana ikkita qarama-qarshi tomoni bo‘lsin. Olim tilla to‘rtburchakning x va x’ tomonlariga batareykaning qutblarini uladi va tok x yo‘nalishda oqishni boshladi. Shunda Xoll hayrat bilan shuni kuzatdiki, y va y’ tomonlar orasida ham muayyan elektr kuchlanishi yuzaga keldi. Ushbu kuchlanish esa, tokning zichligi va magnit maydoni qiymati Bz ning ko‘paytmasiga proporsional ekan. Ko‘p yillar mobaynida, Xoll effektidan amaliy foydalanish sohasini topish qiyin bo‘ldi. Chunki, bunda hosil bo‘layotgan kuchlanish qiymati juda past edi. Lekin, ushbu effekt, XX-asrning ikkinchi yarmida butun dunyo bo‘ylab son-sanoqsiz sondagi ilmiy tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlanmalarida anchayin foydali manba sifatida qo‘llanildi. Aytish joizki, Xoll tomonidan bunday past kuchlanishni kashf qilishi, elektron kashf qilinishidan naq 18-yil avvalroq sodir bo‘lgan edi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:20
 

Moddaning agregat holatlari

E-mail Chop etish PDF

Moddaning agregat holatlari

Modda oddiy sharoitda qattiq, suyuq, yoki, gaz holatida bo‘lishi mumkin, shuningdek, moddaning plazma holati ham mavjud.

Har qanday narsa molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, uning fizik xossalari, o‘sha molekulalarning o‘zaro qanday ta'sirlashayotgani, hamda, qanday tartibda joylashgani bilan bog‘liq. Kundalik turmushda, ya'ni, oddiy sharoitlarda biz moddalarning uch xil agregat holatini, ya'ni, qattiq, suyuq, va gaz holatlarini kuzatamiz.

Gaz o‘zi egallagan hajmni to‘liq to‘ldirmaguncha kengayaveradi. Agar biz gaz moddaga molekulyar miqyosda nazar solsak, unda har yoqqa betartib harakatlanib, ora-sirada o‘zaro to‘qnashib ham turgan ko‘p sonli molekulalarni ko‘ramiz. Lekin bu molekulalar bir-biri bilan deyarli ta'sirlashmaydi. Agar hajmni kichraytirilsa, yoki, kattalashtirilsa, molekulalar yangi hajm ichida ham bir me'yorda, ravon tarqaladi. Gazlarning harorati va bosimi singari makroskopik xususiyatlari bilan uning molekulyar xossalari o‘rtasidagi aloqadorlikni molekulyar-kinetik nazariya o‘rganadi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:22
 

Seni qutlayman, notanish!

E-mail Chop etish PDF

Seni qutlayman, notanish!

Hamma joyda bo‘lgani singari, ilm-fanda ham moda ketidan quvish degan narsa mavjud. Agar siz biror ilmiy yangilikka qo‘l urib, ko‘pchilik uchun kutilmagan, noodatiy va eng muhimi - muvaffaqiyatli tajribani uddalasangiz, siz hali fikringizni jamlab olishingizdan avval sizga taqlid qilib, muvaffaqiyatingizni o‘z nomi ostida takrorlashni istovchi bir gala odamlar paydo bo‘ladi.

Ilm-fandagi bunday misollar talaygina. Xususan, 1898-yilda Uilyam Ramzay va Moris Uilyam Travers tomonidan kashf qilingan ksenon elementini olish mumkin. U tegishli bo‘lgan kimyoviy element guruhidagi boshqa elementlar singari, ksenon ham suyuq havodan ajratib olingan. Qizig‘i shundaki, havoda ushbu elementning mavjudligini, havo tarkibi qizg‘in tadqiq etilgan o‘sha asr mobaynida hatto taxmin ham qilinmagan edi. Tadqiqotchilar havo tarkibida g‘alati va notanish elementni ko‘rib ozmuncha hayratga tushishmagan o‘shanda. Shuning uchun ham, ksenon nomining o‘zi o‘sha paytdagi kimyogarlarning hayrat va ajablanishi ifodasi o‘laroq dunyoga kelgan. Uning ma'nosi yunon tilidagi notanish, begona va g‘alati ma'nolarini beruvchi xenon so‘zidan kelib chiqqan edi.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:52
 

Buyumlar interneti - bu nima degani o‘zi?

E-mail Chop etish PDF

Buyumlar interneti - bu nima degani o‘zi?

Insoniyat o‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan. Birinchisi - yozuvning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo‘lgan.

Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o‘z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yo‘q. Qizig‘i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qo‘ymoqdamiz.

Yangilаndi: 21.11.2018 11:27
 

Geliy - o‘ziga to‘q element

E-mail Chop etish PDF

Geliy - o‘ziga to‘q element

Quyosh nuri aslida biz ko‘rganimizdek zarrin sariq emas, balki, tabiatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ranglar yig‘indisidan iboratdir. Agar Quyoshdan kelayotgan yorug‘lik nurlarini uchburchak shisha shaklidagi prizmadan o‘tkazilsa, yorug‘lik tarkibiy ranglarga taqsimlanib, xuddi kamalak misol jilvalana boshlaydi. Yorug‘likning bu tarzda tarkibiy ranglarga taqsimlanishini spektr deyiladi.

Kimyoviy elementlar ham yuqori haroratlargacha qizigan chog‘da ulardan chiqayotgan yorug‘lik nurlarining spektrdan o‘tkazilsa, hosil bo‘lgan spektr turli ranglardagi yorqin chiziqlar namoyon qiladi. Bu chiziqlar ketma-ketligini spektral chiziqlar deyiladi. Tabiatda har bir element faqat o‘zigagina xos bo‘lgan va boshqa elementda takrorlanmaydigan shunday spektral chiziqlar ketma-ketligiga ega.

Yangilаndi: 21.11.2018 16:19
 

Intermetallidlar

E-mail Chop etish PDF

Intermetallidlar

Intermetallidlar - hali unchalik yaxshi o‘rganilmagan, lekin, ajoyib xossalarga ega noyob birikmalardir. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, intermetallidlar - metallarning birikmalari bo‘ladi.

Bu tushunchaning turli xil tariflari keltirilgan. Lekin, nisbatan tushunarliroq va sodda ta'rifni XX-asrning 60-yillarida nemis kimyogari Shults tomonidan keltirilgan edi. U quyidagicha ifodalanadi: Intermetallid deb, kamida ikkita metalldan tashkil topgan va shuningdek, yana biror metalloidga ham ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan kimyoviy birikmalardir. Intermetallid birikma kimyoviy jihatdan kristall strukturaga ega bo‘lishi lozim; lekin, uning kristall strukturasi tuzilishi, intermetallid tarkibidagi metallarning kristall strukturasidan farq qiladi.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:23
 

Kunning ilmiy manzarasi: Parker yo‘lga chiqdi.

E-mail Chop etish PDF

Kunning ilmiy manzarasi:

Parker yo‘lga chiqdi.

-o‘rtoq fazogirlar! Amerikaliklar Oyga qadam qo‘yishdi. Biz maslahatlashib, endi sizlarni Quyoshga uchirmoqchimiz!

-Leonid Ilich, axir kuyib ketamizku?!

-Qo‘rqmanglar o‘rtoqlar, partiya hammasini puxta o‘ylab qo‘ygan. Sizlar Quyoshga qishda kechasi qo‘nasizlar.

 

XX-asrning 70-80 yillariga, ya'ni, AQSH va SSSR o‘rtasidagi "kosmik poyga" zamonasiga tegishli ushbu hazil latifa albatta o‘z nomi bilan hazil xolos. Uning reallikka hech qanday aloqasi yo‘q.

Yangilаndi: 21.11.2018 17:33
 

Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

E-mail Chop etish PDF

Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

Kitob muallifning 1959-1965 yillarda nufuzli ilmiy jurnallar uchun yozgan maqolalari asosida chop etilgan bo‘lib, unda insoniyat tarixida dastlabki taqvimlarning paydo bo‘lishi va ularning hozirgi ko‘rinishda qanday yetib kelganligi; o‘lchov birliklari sistemalari, fizika va kimyoga oid ajoyib paradokslar, hamda, matematika va astronomiyaga oid qiziqarli hikoyalar keltirilgan. Quruq faktlarning ajoyib fantaziyalar bilan bog‘lab tushuntirilishi, tabiatdan va kundalik turmushdan qoyilmaqom misollar keltirilishi sizni muallifning nechog‘lik bilimdon va ajoyib yozuvchi bo‘lganiga lol qoldiradi. Hikoyalar kishini maftun qilar darajada sodda va shu bilan birga, mukammal yozilgan. o‘qigan vaqtingizga achinmaysiz.

Kitobning asl talqini 17 ta katta maqolalarni o‘z ichiga olgan. Lekin, ulardan ikkitasi o‘ziga xos sabablarga ko‘ra, o‘zbek tiliga o‘girilmadi va ushbu kitobdan o‘rin olmadi. Shuningdek, kitob uzoq 1965-yilda yozilgani va o‘tgan 50 yildan ziyod vaqt mobaynida ilm-fanda anchayin yuksak rivojlanish sodir bo‘lganini e'tiborga olib, tarjimon tomonidan muallifning ayrim hikoyalari zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida to‘ldirildi va kengaytirildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:28
 

Go o‘yini

E-mail Chop etish PDF

Go o‘yini

Go o‘yini - ikki kishi o‘ynaydigan stol o‘yini bo‘lib, uni taxminan eramizdan 2000 yillar muqaddam qadimgi Xitoyda o‘ylab topishgan. Aniq dalil hisoblanadigan qo‘lyozma manbalar ichida esa, eng qadimiysi eramizdan avvalgi 548-yilga taalluqli bo‘lib, unda Szchao ismi xitoy muallif go o‘yiniga mukkasidan ketgan odam haqida nasriy ko‘rinishda ma'lumot yozib qoldirgan. o‘yin Xitoydan Yaponiyaga ham o‘tgan va eramizning XIII-asrida kunchiqar yurt aholisi mazkur o‘yinga qattiq berilib ketgani haqida tarixiy ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. Klassik go o‘yinida 19×19 o‘lchamdagi doska kataklarining tutashgan joylariga o‘yinchilar navbat bilan oq va qora toshlarni qo‘yib chiqishadi. Hozirda doska kataklari o‘lchami 19×19 dan kattalari ham, kichiklari ham mavjud. o‘yin qoidasiga ko‘ra, o‘yinchi o‘z toshlari bilan raqibining toshlarini har tomonlama butunlay o‘rab olishi kerak. o‘rab olingan, ya'ni, qurshovda qolgan tosh (yoki toshlar guruhi) o‘yindan chiqadi. o‘yin maqsadi - doskaning imkon qadar katta qismini raqibdan tortib olish (raqibdan ko‘ra ko‘proq joyni egallash) bo‘ladi.

Yangilаndi: 21.11.2018 18:10
 


Maqolaning 2 sahifasi, jami 45 sаhifа
Banner

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.uz Facebookda:

.

Tashriflar xaritasi:

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
ekodunyo.uz
O'simliklar va hayvonlarning onlayn ensiklopediyasi
http://hujayra.uz/
Biolog olim Baxtiyor Sheraliyev va shogirdlari tomonidan yuritiladigan ajoyib veb-sayt! Biologiya va uning tarkibidagi fanlarga oid qiziqarli maqolalar shu yerda!
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 784
O'qilgan sahifalar soni : 3660217

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis