Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa O'tmishning buyuk olimlari
O'tmishning buyuk olimlari

Leonard Eyler

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Leonard Eyler
(1707-1783)

Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi. Hozirgi zamonda o‘rta maktablarda o‘tiladigan trigonometriya va logarifmlarga oid qoidalar va hisob-kitob usullarini ham aynan Eyler ishlab chiqqan izchillik asosida tushuntiriladi.

Leonard Eyler – matematika rivojiga eng salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan biridir. U o‘z ilmiy ishlarida cheksiz kichik miqdorlar analizi usullarini eng birinchi bo‘lib tadbiq qilgan bo‘lib, olimning bu boradagi uch jilddan iborat fundamental ilmiy ishi, zamonaviy matematik analizning tamal toshini qo‘yib bergan edi. O‘sha uch jild asar quyidagicha nomlangan: «Analizga kirish», «Differensial hisob», hamda, «Integral hisoblash». Eylerning ushbu asarlari hozirda insoniyat tafakkuri yaratgan eng yuksak ilmiy asarlar qatoriga kiradi. Aynan shu ishlar tufayli, analiz sohasi matematikada o‘ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanib chiqdi.

Yangilаndi: 10.04.2018 12:12
 

Robert Boyl (1627-1691)

E-mail Chop etish PDF

Robert Boyl (1627-1691)

Robert Boyl ilm-fan tarixida shunchaki kashshof olim sifatida emas, balki, ilm-fanni tizimlashtirib, tartibga solgan tashkilotchi olim sifatida ham yorqin iz qoldirgan. Uning modda tuzilishining korpuskulyar nazariyasi bo‘yicha ilmiy ishlari atom-molekulyar ta'limot yo‘lidagi eng muhim qadamlardan biri bo‘lgan edi. Robert Boylning ilmiy tadqiqotlari kimyo fanining yangitdan tug‘ilishiga sabab bo‘lgan edi. Hozirgi zamon ilm-fanida eng fundamental, eng muhim fanlardan biri bo‘lmish - kimyo fanini mustaqil fan sifatida shakllantirgan olim sifatida ham aynan Robert Boyl tan olinadi. Aynan Boyl, kimyoda o‘ziga xos yondoshuv va uslublar mavjud bo‘lishi kerakligini va bu fanni eskicha uslubda, ya'ni, tibbiyot tarkibida o‘rganishdan foyda kam ekanini isbotlab bergan edi. Juda ko‘p sonli rangdor reaksiyalar va cho‘ktirish reaksiyalarini o‘tkazish orqali, Boyl shuningdek analitik kimyo faniga ham asos solib berdi.

Robert Boyl 1627-yilning 25-yanvar sanasida dunyoga kelgan. o‘z zamondoshlari Robert Boylning otasi Richard Boylni o‘ta manfaatparast, tamagir va yulg‘ich odam sifatida eslab qolishgan. Robert Boyldek mashhur va hassos olimning shunday noinsof kishining farzandi bo‘lganiga ishongisi kelmaydi odamni... Biroq tarixiy haqiqat aynan shunday: Richard Boyl - o‘ta kalondimog‘, shuhratparast, urishqoq odam bo‘lib, qirolicha Yelizavetta zamonida u Kork gersogi maqomiga erishgan edi. U katta-katta yer egalarini qaqshatib, kerak bo‘lsa ular bilan urush, qon to‘kish orqali ko‘pchilikning yer-joylarini tortib olgan. Shu tarzda u o‘z yer-mulklarini kengaytirib, boyib borgan. Uning naq 14 nafar farzandi bo‘lgan va Robert Boyl ular ichida eng kenjalaridan biri, aniqrog‘i 13-chi farzand bo‘lgan.

Yangilаndi: 21.12.2017 15:39
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 6 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 792
O'qilgan sahifalar soni : 3294478

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov