Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Si tarixi
SI birliklarining kelib chiqish tarixlari

Soniya

E-mail Chop etish PDF

Soniya

SI ning asosiy birliklaridan yana biri bu - soniyadir. Uning amaldagi ta'rifi 1967-yilda qabul qilingan bolib, unga kora, soniya - Seziy-133 atomining ikkita ota nozik sathlari orasidagi bir-biriga otishiga muvofiq keladigan yoruglik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng ekanligi belgilangan. Seziy-133 atomining ota nozik sathlari orasidagi kvant otishi deganda, asosiy holat S1/22 uchun, F=4, mF = 0?F=3, mF=0 qozgalmas otish nazarda tutiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, vaqt birligining mazkur ta'rifi, huddi metrniki kabi, uzoq yillar davomida, turli variantlardagi aniqlash va ta'riflash usullariing murakkab evolyutsion bosqichlardan otib kelishi natijasida shakllangandir. Vaqtning olchov birligini aniqlash, uzunlik va masofa olchov birliklarini aniqlashga nisbatan birmuncha murakkabliklarga ega, chunki, metr va kilogrammlar uchun bir marotaba mukammal etalon tayyorlab olib, uni ishonchli joyda saqlash va zaruriyat bolganda, undan namunalar olish mumkin. Biroq vaqt esa, doimiy harakatda bolib, uning olchov birligini aniqlashda, nisbiy solishtirish ishlarini bajarish kerak boladi.

Yangilаndi: 12.09.2018 12:23
 

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

XIX asr oxiri va XX asr boshida SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari paydo bo'ldi. Shu tahlit, xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari kopayib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni ozini esa har xil tariflashga majbur bolinadigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari amalda kop qollaniladigan lekin tizimlashmagan nostandart birliklar, hamda koplab davlatlarda mahalliy ijtimoiy tuzumda uzoq asrlardan beri muqim ornashib qolgan milliy birliklarning ham amaliy ahamiyati yuqoriligicha qolgan bolib, bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi. Xususan, biror birlikni bir tizimdan ikkinchi tizimga otkazishda kattaliklar qiymatlarining oldiga otkazish koefitsientlarini qoyish, bir qancha matematik amallarni qoshimcha bajarishga majbur bolinardi. Natijada, fizik kattaliklarning metrik tizimiga asoslangan yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish va dunyo miqiyosida joriy etish, kun tartidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu tizimga qoyiladigan asosiy talablarga binoan, qabul qilinishi lozim bolgan yangi tizim, amaldagi barcha tarqoq xalqaro birliklar tizimlarining va tizimlashmagan nostandart birliklarning ornini butunlay bosa olishi hamda, amaliy foydalanishga qulay bolishi shart edi.

 

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Olchov va tarozilar xalqaro qomitasi hamda, Metr Konvensiyasi

Olchov va Tarozilar Xalqaro Qomitasi (OTXQ) 1875-yilning 20-may kunida, 17 davlat delegatlari ishtirokidagi Metr diplomatik Konferensiyasining yakuniy qaroriga kora Metr Konvensiyasiga binoan ta'sis etilgan. Konvensiyaga 1921-yilda ozgartirish va tuzatishlar kiritilgan.

OTXQ, farang hukumati tomonidan ajratib berilgan, Parij yaqinidagi Pavillon de Breteuil (Parc de Saint-Cloud) dagi 43 520 m2 maydonda joylashgan shtab - kvartirasida faoliyat yuritadi va Metr Konvensiyasining a'zo davlatlari tomonidan moliyalashtiriladi.

OTXQning asosiy vazifasi - butun jahon boyicha olchovlarning yagona, unifikatsiyalashgan tizimini ta'minlash; bu borada:

  • Asosiy fizik kattaliklar uchun olchov birliklarining fundamental standartlarini ornatish hamda, xalqaro etalonlarni saqlash;
  • Milliy va Xalqaro standartlarni muvofiqlashtirish;
  • Olchov texnikalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish;
  • Fundamental fizik konstantalarning miqdoriy qiymatlarini va olchamlarini yuqori aniqlik darajasida ishlab chiqish va muvofiqlashtirsh;
Yangilаndi: 17.09.2018 10:00
 


Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 780
O'qilgan sahifalar soni : 3594385

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)