Angstrem
Angstrem - o‘zbekcha va xalqaro belgilanishi - (shved alifbosidagi harf), SI tizimiga kirmaydigan, tizimlashmagan maxsus uzunlik o‘lchov birligi. 1 angstrem 10−10 metrga (1 metrning o‘n ming milliarddan bir ulushiga), boshqacha aytganda, 0,1 nanometrga teng. Ushbu birlikni 1868-yilda shved fizigi va astronomi Anders Yonas Angstrem (1814-1874) tomonidan fanga taklif etilgan va keyinchalik olimning o‘z familiyasi bilan atala boshlangan. Qoidaga ko‘ra, birlik belgisi sifatida yozilganda - tarzida yozilaveradi. Lekin, matn ichida to‘liq yozma shaklda keltirilganda, kichik harflar bilan, "angstrem" ko‘rinishida yoziladi. Ushbu o‘rinda, olim familiyasi emas, aynan birlik nomi yozilayotgani e'tiborga olinadi (olim familiyasi bo‘lsa har qanday o‘rinda albatta katta harf bilan yozilishi shart).