Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar
Horijiy olimlar

Hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘lgan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. «Olim»va «Ilm» so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Saytimizning ushbu bo‘limida, jahon ilm fani osmoni yulduzlari haqida suhbatlashamiz. Ularning hayoti, faoliyati, va ilm fanga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar almashinamiz.



Maykl Faradey

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Maykl Faradey

Faradey o‘z umri davomida shunchalik ko‘p ixtiro va kashfiyotlar qilganki, ular asosida yana boshqa o‘nlab olimlar o‘z nomini fan tarixiga muhrlashi mumkin edi.

Maykl Faradey 1791-yilning 22-sentyabrida Londonda tavallud topdi. U tug‘ilgan joy Londonning eng qashshoq mahallalaridan biri edi. Faradeyning otasi oddiy temirchi usta, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. Ular otxona ustiga qurilgan bostirma uyda yashashgan. Faradeyning bolalik yillari shunday og‘ir sharoitda, moddiy nochor ahvolda o‘tgan. U muttasil to‘yib ovqatlanmaslik va yupun kiyinishga majburligi tufayli juda nozik bola bo‘lgan.

Maykl Faradey maktab yoshiga yetgach, ota-onasi unga boshlang‘ich ta’lim berish uchun yaqin oradagi maktabga berishadi. Maktabda esa kambag‘al oila farzandlari uchun mo‘ljallangan eng birlamchi minimum o‘quv dasturi bilan cheklanilgan. Shunga ko‘ra, Maykl o‘qishni, yozishni va sanashni o‘rganib olishi bilan uni yana maktabdan chiqarib yuborishgan. Boshqa bilimlar, xususan, matematika, biologiya, tarix singari jiddiy fanlarni o‘zlashtirishga maktabda imkon berilmasdi va buning uchun pullik maktablarga borsh kerak edi. Lekin bunga Faradeylar oilasining moddiy imkoni yetmasdi.

Yangilаndi: 22.09.2018 10:53
 

Enriko Fermi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Enriko Fermi
(1901-1954)

Aslida Fermini XX-asrning eng buyuk fizigi desak ham aslo xato bo‘lmaydi. Chunki, garchi uning dovrug‘i Eynshteyn singari mashhurlikka erishmagan bo‘lsa-da, lekin, boshqa ko‘plab jihatlari bilan, ayniqsa, olingan ilmiy natijalarni dadillik bilan amaliyotga tadbiq qila olishga qaratilgan jiddi-jahdiga ko‘ra, Fermi Eynshteyndan birmuncha ustun ham bo‘lgan. Uning shogirdlari, «Fermi shunchaki Eynshteynning soyasida qolgandi» - deyishardi.

Haqiqatan ham, Fermi ilmiy faoliyati va shaxsiyatiga diqqat qaratilsa, u fan-texnika mislsiz inqiloblar bilan taraqqiy etgan XX-asr ham favqulodda noyob shaxs ekaniga amin bo‘lasiz. Bu asrda fanlar juda-juda tor ichki yo‘nalishlarga bo‘linib ketdi va o‘sha tor fan sohasini o‘zlashtirishning o‘zi ham kishidan katta ilmiy zehn va salohiyat talab qiladigan bo‘ldi. Masalan, endi bu paytga kelib, shunchaki «fizik olim» degan gap o‘tmay qolgandi. Uning o‘rniga «yadro fizikasi», «optik fizika», «astrofizika» va shu singari ho kazo alohida fundamental fanlar shakllandi. Bu nafaqat fizikada, balki barcha aniq va tabiiy fanlar sohasida shunday bo‘ldi. Shunday sharoitda, ilm-fanning deyarli barcha zamonaviy tendensiyalari bilan hamnafas bo‘lgan, istalgan fan sohasidagi yetakchi olim bilan tengma-teng bahslasha oladigan universial olim - Enriko Fermi dahosi - ilm-fan ayvoni uchun haqiqiy fenomen edi. Chunonchi fiziklar o‘z ixtiyorlari bilan, o‘zlari «nazariyotchi fizik» va «amaliyotchi fizik» (yoki, fizik-eksperimentator) kabi «qutb»larga bo‘linib olgan bir zamonda, Fermi ham nazariy fizikaga, ham uning amaliyotga tatbiqiga mislsiz jonbozlik ko‘rsatgan olimdir. U ta'bir joiz bo‘lsa, bir tanaga joylashgan ham buyuk nazariyotchi fizik, ham buyuk muhandis bo‘lgan. Undan tashqari, olimning astrofizika, struktura kimyosi, hamda matematika sohalariga qo‘shgan favqulodda katta hissasini ham tasavvur qilishning o‘zi qiyin.

Siz bu so‘zlarni o‘qib, orbita.uz oshirib yubormadimikin? - deb o‘ylayotgandirsiz? Maqolani batafsil o‘qib chiqsangiz, buning hecham mubolag‘a emasligiga ishonch hosil qilasiz deb o‘ylayman.

Yangilаndi: 25.08.2018 13:04
 

Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Karolina Lukretsiya Gershel (1750-1848)

Biz foydalanadigan yulduzlar xaritalari aksariyat hollarda real voqe'likka unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi: chunki, odatda biz samoni faqat tunda va qurollanmagan ko‘z bilan kuzatamiz. Aslida esa, har soniya, har lahzada koinotda ulkan, favqulodda ulkan miqyosli tomoshalar ijro etiladi: o‘ta yangi yulduzlar portlaydi; qora tuynuklar materiyani o‘z komiga tortadi; ko‘z ongimizda hayratlanarli rang va shakllarga ega ulkan galaktikalar namoyon bo‘ladi. Lekin ushbu beqiyos va favqulodda go‘zal tomoshani faqat kam sonli mutaxassis kishilar - kuchli va sifatli teleskoplarga ega astronomlargina kuzatishadi. Qurollanmagan ko‘z bilan esa deyarli hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi.

Yangilаndi: 27.08.2018 08:46
 

Amaliya (Emmi) Nyoter - matematikaning toj-taxtsiz qirolichasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Amaliya (Emmi) Nyoter - matematikaning toj-taxtsiz qirolichasi

Zamonamizning saralangan eng yetuk matematiklarining fikricha,
ayollar uchun oliy ma'lumot eshiklari ochilganidan
buyon dunyoga kelganlar orasida Emmi Nyoter
eng yuksak matematik ijodiy iste'dod sohibasi bo‘lgan.

Albert Eynshteyn.

Eynshteyn haq edi. Emmi Nyoter (1882-1935) haqiqatan ham, hayratlanarli darajada o‘ta iste'dodli ajoyib matematik olima bo‘lgan. Eynshteyn Emmi Nyoter bilan Prinston Istiqbolli Tadqiqotlar Institutida birga ishlashni istagandi. Biroq, XX asr fizikasi dahosining bu niyati amalga oshmagan. Ular birgalikda, hamkasb bo‘lib ishlashga muvaffaq bo‘lishmadi. Bunga sabab, Emmi Nyoterning bevaqt o‘limi bo‘lgan edi.

Yangilаndi: 28.08.2018 20:23
 

Lev Davidovich Landau

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Lev Davidovich Landau

(1908-1968)

Lev Davidovich Landau 1908-yilning 22-yanvar sanasida Ozarbayjonning Boku shahrida tug‘ilgan. Uning otasi mahalliy korxonalarning birida neftchi-muhandis, onasi esa vrach bo‘lib ishlagan.

O‘zining bolalik yillari haqida eslaganda Landau «hamma qatori bola edim, vunderkind bo‘lmaganman. Insho yozganimda eng yuqori olgan baho 3 bo‘lgan. Matematikaga qiziqardim. Barcha nazariyotchi fiziklar ilm-fanga matematika orqali kirib kelishadi. Men ham istisno emasman. 12 yoshimda differensiallashni, 13 yoshimda esa integrallashni bilardim» - degan edi.

Albatta, ushbu xotiralarida Lev Landau olimlarga xos tarzda kamtarlik qilgan. U o‘rta maktabda shu darajada yaxshi o‘qiganki, o‘zlashtirishda tengqurlaridan o‘zib ketganidan, uni juda tez sinfdan-sinfga o‘tkazishgan. Lev Landau 13-yoshidayoq maktabni a'lo baholar bilan tamomlagan. Biroq, o‘spirin yoshdagi farzandlarini oliygohda qiynalib qolishidan cho‘chigan ota-onasi uni o‘sha yiliyoq oliy o‘quv yurtiga kirishini istashmagan. Shu sababli Landau dastlab Boku iqtisodiyot bilim yurtiga kirib o‘qiy boshlagan.

Yangilаndi: 28.08.2018 08:29
 


Maqolaning 1 sahifasi, jami 10 sаhifа
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 778
O'qilgan sahifalar soni : 3395843

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)